15-MA‘RUZA. YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH BO‘YICHA UMUMIY
TALABLAR.
Reja: 1. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar.
2. Nollashtirish.
3. Himoyalovchi o‘chirish hamda himoyalovchi yerga ulagich.
4. Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalari.
5. Himoyalovchi yerga ulash qurilmalarni hisoblash.
6. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni
o‘rnatish.
7. Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish.
8. Sinov savollari.
1. Yerga ulagichni o‘rnatish bo‘yicha umumiy talablar
Tok o‘tkazuvchi qismga yerga ulagichni o‘rnatish, kuchlanish yo‘qligini
tekshirilgan zahotiyoq bajarilishi kerak. Ko‘chma yerga ulagich avval yerga ulanadi-
gan qurilmaga, so‘ngra kuchlanish yo‘qligi tekshirilgan zahotiyoq, tok o‘tkazuvchi
qismga o‘rnatilishi shart.
Ko‘chma yerga ulagichni olishda uni teskari tarzda, ya‘ni oldin tok o‘tkazuvchi
qismidan olib tashlab, keyin yerga ulangan uskunalardan olib qo‘yiladi.
Ko‘chma yerga ulagichni dielektrik qo‘lqopda, 1000 V kuchlanishdan yuqori
elektr uskunalarida esa, izolyasion shtangani qo‘llab qo‘yish va olish shart. Ko‘chma
yerga ulagichni tok o‘tkazuvchi qismiga shu shtanga bilan yoki dielektrik qo‘lqop
kiyib qo‘lda mahkamlash kerak.
Texnika xavfsizligi qoidalarida ko‘rsatib o‘tilganidan tashqari hollarda, yerga
ulagich uchun mo‘ljallanmagan simlardan foydalanish man qilinadi.
2. Nollashtirish
Nollashtirish, bu kuchlanish ostida qolish mumkin bo‘lgan tok o‘tmaydigan
qismlarni oldindan nolli himoyalovchi o‘tkazgich bilan biriktirib qo‘yishiga tushuni-
ladi (
24-rasm).
24-rasm. Nollashtirishning prinsipial sxemasi
Mustahkam yerga ulangan transformatorning kuchlanishi 1000 Voltgacha
bo‘lgan tarmoqlarida himoyalovchi yerga ulagich qurilmalarini
sxemalarini tahlili
shuni ko‘rsatadiki, bunda faza kuchlanishi qobiqga o‘tib ketishi holatidan sxemalar
xavfsizligini ta’minlab bera olmaydi (
25-rasm).
Shu holatda yerga ulagich qurilmalari orqali yoyilib o‘tayotgan
yer bilan
tutashuv toki, quyidagi formula
bilan aniqlanadi
:
,
A
(1)
bu yerda,
- faza-nol o‘tkazuvchi
kuchlanishi,
V;
- faza-nol o‘tkazuvchi qarshiligi,
Om;
- yerga
ulagich qarshiligi,
Om.
Kabelning qobig‘ kuchlanishi, yerga nisbatan yerga
ulagich qurilmalarining
qarshiligiga bog‘liq bo‘lib,
ularni tengligida esa, faza
kuchlanishini yarmida teng
bo‘lib qoladi:
,
V
(2)