• 31-rasm. Tashqariga chiqarib zaminlash: a –prinsipial sxemasi; b – plandagi ko‘rinishi 6
  • 28-rasm. Qadamli kuchlanish sxemasi




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/9
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,51 Mb.
    #100309
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    15-MA‘RUZA. YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR.

    4


    28-rasm. Qadamli kuchlanish sxemasi:
    a – umumiy sxema; b – tokning inson oyog‘idagi tayanch yuzasidan oqib tushishi
    29-rasm. Yerga qisqa tutashuv bo‘lgan hududda to‘g‘ri harakatlanish: 
    a) yerga qisqa tutashuv bo‘lgan hududdan uzoqlashish tartibi;
    b) oyoqlarni to‘g‘ri harakatlanishi (oyoq izlari) tartibi
    4. Yerga ulagich qurilmalarining konstruksiyalari
    Yerga ulagichlar bilan konstruktiv ravishda birlashtirilgan yerga o‘tkazgichlar
    yig‘indisini, yerga ulagich qurilmalari deyiladi (30-rasm).
    5


    30-rasm. Yerga ulagich qurilmalari
    Yerga qoqilgan va o‘zaro metall bilan biriktirilgan o‘tkazgichlar, yerga ulagich
    deb ataladi. Yerga ulanayotgan qismlar va yerga ulanish orasini bog‘lovchi simlarni,
    yer o‘tkazgichi deb ataladi. Agar yer o‘tkazgichi ikki va undan ko‘p bo‘lsa, ularni
    magistral o‘tkazgich deb ataladi. Yerga ulagichni joylashtirishiga qarab yerga
    ulanayotgan dastgohlarga nisbatan, yerga ulagich qurilmasini chiqarilgan va konturli
    turlariga ajratiladi.
    31-rasm. Tashqariga chiqarib zaminlash: a –prinsipial sxemasi; b – plandagi ko‘rinishi
    6


    32-rasm. Konturli zaminlash:
    a – vertikal bo‘yicha qirqim; b – plandagi ko‘rinishi; v – potensiallarning tarqalishi
    Chiqarilgan erga ulagichlar, yerga ulanayotgan dastgohlardan uzoqroq joyda
    o‘rnatiladi va yerga ulagich yordamida biriktiriladi (31-rasm). Yerga ulagichlar yerda
    ulanadigan uskunalarga nisbatan uzoq masofada joylashgan sababli, yoyilib o‘tish
    hududidan tashqariga joylashgan bo‘ladi. Shu tufayli tegib ketish kuchlanish
    koeffitsienti birga teng bo‘ladi. Inson kuchlanish ostida bo‘lgan uskunaning qobig‘iga
    tegib ketganida qobig‘ni yerga nisbatan kuchlanishiga duch keladi
    ;
    (V)
    (8)
    Demak, chiqarilgan ulagichlar faqat qobiqdagi kuchlanishni yo‘l qo‘yilgan
    me‘yoridan oshmagan holatida va yerga ulagich qurilmani kichik qarshiligi hisobiga
    xavfsizlik sharoitlariga javob beradi.
    Yerga katta tok o‘tib ketadigan bo‘lsa (bu holat zamonaviy elektr uskunalarida
    sodir bo‘lishi mumkin), qobiqdagi yo‘l qo‘yilgan kuchlanishni yerga nisbatan ulash
    qurilmasini qarshiligini pasaytirish hisobiga havfsizlikni ta‘minlab bo‘lmaydi. Bu
    holatda, konturli yerga ulagich kurilmalari qo‘llaniladi (32-rasm).
    Konturli yerga ulash qurilmalarida yerga ulagichlar, yerga ulanadigan uskuna-
    larni joylashgan maydonini perimetrda va maydoncha ichkarisida setka shaklida
    o‘rnatiladi. Tok qobiqga o‘tib ketish holatida yerga ulagichlardan yoyilib ketayotgan
    tok hisobiga, maydonchaning sathida maydonchaga chiqayotgan yeriga nisbatan,
    yuqori potensial hosil bo‘ladi.
    Potensiallarni yoyilish grafigini olish uchun har bir ulagichni potensiallarini
    alohida ustma-ust qo‘shib aniqlash mumkin. Shuni hisobidan uskunani qobig‘i va yer
    sathini potensiallari tenglashadi va maydon ichiga tegib ketish kuchlanishi xavfsiz
    bo‘lib qoladi. Konturli yerga ulash qurilmalarini maydon chegarasidan, qadamli
    kuchlanishi oshib qoladi. Uni kamaytirish maqsadida insonlar o‘tadigan yo‘llarida
    alohida metalli shinalar o‘rnatiladi. Natijada yer sathidagi potensiallarni taqsimlash
    qiyaligi, hamda qadamli kuchlanishi kamayadi.
    Shunday qilib, konturli yerga ulash qurilmasida yerga ulangan uskuna atrofi-
    dagi potensiali balandroq, potensiallari ayirmasi esa pastroq bo‘lishi hisobiga, tegib
    ketish kuchlanishi va qadamli kuchlanishni xavfsizligi ta’minlanadi. Yerga ulash
    qurilmalari, tabiiy va sun‘iy bo‘lishi mumkin. Qurilishda va ishlab chiqarishda
    7


    qo‘llaniladigan elektr o‘tkazuvchi qismlar: metall konstruksiyalar, armatura, truba,
    quvurlar (yonuvchi va portlovchi gaz va suyuqliklardan tashqari), kabellarni metalli
    izolyasiyasi (alyuminiydan tashqari) va h.k, tabiiy yerga ulash qurilmalari deb
    ataladi. Yerga ulash qurilmalardan foydalanish tavsiya etiladi.
    Sun‘iy yerga ulash qurilmalari, bu maxsus tayyorlangan bo‘lib, boshqa
    maqsadlarda qo‘llanilmaydi. Ko‘pincha ular vertikal joylashgan elektrodlar va ularni
    biriktiradigan gorizontal joylashgan elektrodlardan iborat bo‘ladi. Vertikal elektrod
    sifatida, diametri 10-14 mm va uzunligi kamida 5 m bo‘lgan po‘latli o‘zak qo‘l-
    laniladi hamda o‘lchamlari 40x40 mm dan 60x60 mm gacha va uzunligi esa 2-3 m
    bo‘lgan ugolniklar kamroq qo‘llaniladi.
    Vaqtincha yerga ulash qurilmalari sifatida, maxsus yuruvchi yerga ulash
    qurilmalari qo‘llaniladi. Ularni o‘rnatish va yig‘ishtirishni osonlashtirish maqsadida,
    yerga burab o‘rnatiladigan elektrodlar hamda biriktirish uchun qo‘llaniladigan max-
    sus qisqichlar mavjud. Yerga o‘tkazgichlar o‘zaro va yerga ulagichlar bilan biriktirish
    maqsadida yerga ulanadigan uskunani kobig‘i bilan payvandlanadi yoki bolt
    yordamida biriktiriladi. Magistral yerga o‘tkazgichlar yerga ulagichlar bilan ikki
    joyda biriktiriladi. Vertikal elektrodlarni odatda yerdan 70-80 sm chuqurroq o‘rnati-
    ladi.

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish