• «Alohida ko‘rsatmalar»
  •  Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/9
    Sana17.11.2023
    Hajmi0,51 Mb.
    #100309
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    15-MA‘RUZA. YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR.

    6. Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni
    o‘rnatish
    1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uskunalarida ish olib borish uchun
    ajratilgan uchastkaga, kuchlanish qaysi tomondan berilishi mumkin bo‘lgan barcha
    taraflaridagi tok o‘tkazuvchi qismlarni hamma fazalari yerga ulanishi shart. Butunlay
    o‘chirilib, bitta yerga ulagich o‘rnatish yetarli bo‘lgan umumiy shinadagi ish bundan
    mustasno.
    10


    O‘chirilgan tarmoq ayirgichlarida ish olib borilganda, ulardagi yerga ulagich
    pichoqlarini borligidan qat‘iy nazar, ayirgichlardan chiqib ketayotgan elektr uzatish
    simlariga, ish jarayonida ayirgichlarni o‘chirib-yoqqanda shikastlanmaydigan qilib
    qo‘shimcha yerga ulagich apparati o‘rnatilishi shart.
    Elektr uskunalarning yerga ulangan tok o‘tkazuvchi qismi kuchlanish ostida
    qolgan tok o‘tkazuvchi qismidan ko‘zga ko‘rinadigan qilib, uzilgan joy bilan
    ajratilishi shart.
    O‘rnatilgan yerga ulagichlar bevosita ish bajarilayotgan tok o‘tkazuvchi qism-
    lardan o‘chirilgan o‘chirgichlar, ajratgichlar, bo‘lgichlar, ayirgichlar, olib qo‘yilgan
    saqlagichlar, olib tashlangan shina va simlar orqali ajratilgan bo‘lishi mumkin.
    Agar boshqa kuchlanish ostidagi elektr uskunalari elektr maydoni ta‘sirida ish
    joyida kuchlanish (potensial) hosil qilishi mumkin bo‘lsa, bevosita ish joyiga
    qo‘shimcha yerga ulagich qo‘yilishi shart. Ko‘chma yerga ulagichlar tok o‘tkazuvchi
    qismlarning bo‘yoqlaridan tozalangan joylariga qo‘yilishi kerak.
    1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarining umumiy shinalari
    (izolyasiyali simlardan qilingan shinalardan tashqari), hamda shchitlarida ish olib
    borilganda, ushbu uskunalardan kuchlanish olinishi va yerga ulanishi shart. Bu
    taqsimlovchi elektr uskunalarning ulamalariga ulangan elektr tarmoqlariga, shchitlar
    yig‘imlariga va ularga ulangan jihozlariga yerga ulagichni o‘rnatish kerakligini
    hamda mumkinligini naryad beruvchi yoki farmoyish beruvchi aniqlaydi.
    Ishni bajarish xusussiyati (izolyasiya qarshiligini o‘lchash va h.k.) talab qilgan
    taqdirdagina, ish joyini tayyorlashda qo‘yilgan yerga ulagichni vaqtinchalik olib
    qo‘yishga ruxsat beriladi. Yerga ulagichni vaqtinchalik olish va qayta o‘z joyiga
    qo‘yishni navbatchi, tezkor-ta‘mirlash xodimi yoki naryad beruvchi ko‘rsatmasi bilan
    ishboshi amalga oshiradi.
    Yerga ulagichni vaqtinchalik olishga va uni ish bajaruvchi tomonidan amalga
    oshirilishini naryadning «Alohida ko‘rsatmalar» satriga yozib, qayerda va nima
    maqsadda yerga ulagich olinishi kerakligi qayd qilinishi shart. 
    Elektr uskunalarida yerga ulagichni o‘rnatilishi xavfli yoki o‘rnatishning iloji
    bo‘lmagan qurilmalarida (masalan, ayrim taqsimlovchi yashiklarda, komplekt taqsim-
    lovchi elektr uskunalarining ayrim turlarida, fazalari vertikal joylashgan taqsimlovchi
    shchitlarda), ish joyini tayyorlashda yerga ulagichni qo‘ymasdan ajratgich pichoq-
    lariga dielektrik qo‘lqop kiygizish yoki kommutatsion apparatlarining kontaktlari
    orasiga izolyasion qoplagich (nakladka) qo‘yish mumkin.
    1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uskunalarida yerga ulagichni qo‘yish
    va olish III guruhga ega bo‘lgan bir navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimiga ruxsat
    etiladi.
    1000 V va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida:
    - ko‘chma yerga ulagichlarni o‘rnatishni ikki kishi bajarishi shart: biri IV
    guruhli (navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan) va boshqasi III guruhli;
    - III guruhli ishchi ta’mirlash xodimlaridan bo‘lishi mumkin, iste‘molchilar
    ulamasiga yerga ulagichni o‘rnatish iste‘molchi xodimlari qatnashuvida bajariladi;
    - uzoqda joylashgan podstansiyalarda ma‘muriy-texnik xodimlarning yoki
    dispetcherning ruxsati bilan, asosiy sxemalarda yerga ulagichni o‘rnatishda ikkinchi
    xodim sifatida III guruhli iste‘molchi xodimi ishlashiga ruxsat beriladi;
    - yerga ulagich pichoqlarini IV guruhga ega bo‘lgan navbatchi yoki tezkor-
    ta‘mirlash xodimlaridan bir kishi ulashi mumkin;
    11


    - yerga ulagich pichoqlarini o‘chirish va ko‘chma yerga ulagichni olishni
    navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlaridan III guruhga ega bo‘lgan bir kishi
    bajarishi mumkin.

    Download 0,51 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Elektr stansiya va podstansiyalarning elektr uskunalarida yerga ulagichni

    Download 0,51 Mb.
    Pdf ko'rish