Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi0,51 Mb.
#100309
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
15-MA‘RUZA. YERGA ULAGICHNI O‘RNATISH BO‘YICHA UMUMIY TALABLAR.

7. Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish
1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmog‘ini taqsimlovchi elektr
uskunalaridan o‘chirilgan joylarida va seksiyaga ajratadigan kommutatsion apparat-
lari oldida yerga ulanishi shart.
Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish ruxsat etiladi:
— 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ida asosiy elektr
tarmog‘i ikki tomonidan yerga ulangan, shaxobchadagi podstansiyalarda esa, yerga
ulagich o‘chirilgan tarmoq ajratgichlaridan keyin o‘rnatilgan bo‘lsa, bu elektr tarmoq
yerga ulanmaydi;
— 6-10 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini faqat bir taqsimlovchi
elektr uskunalarida yoki bir seksiyaga ajratadigan asbob oldida yoxud taqsimlovchi
elektr uskunalariga yoki seksiyaga ajratadigan asbobga yaqin turgan ustunda yerga
ulash mumkin. Qolgan taqsimlovchi elektr uskunalarida va seksiyaga ajratadigan
asboblar oldida elektr uzatish tarmog‘iga qo‘yiladigan yerga ulagichlar, ish joyi bilan
ushbu taqsimlovchi uskunalar yoki seksiyaga ajratadigan asboblar oralig‘ida
o‘rnatilish sharti bilan, o‘sha kuchlanish olinib o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarini
yerga ulamaslik mumkin;
- elektr uzatish tarmoqlarida yuqorida qayd qilingan yerga ulagichlar, yerga
ulash uskunalari bor ustunlarga o‘rnatilishi kerak;
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida yerga ulagichni
faqat ish joyiga qo‘yish yetarli.
Texnika xavfsizligi qoidalarida eslatib qo‘yilgan yerga ulagichlarga qo‘shim-
cha, har bir brigadani ish joyida simlarni har bir fazasi, kerak bo‘lganda, trosslar ham
yerga ulanishi shart. Sim tortadigan metall roliklarda va ushlab turuvchi qisqichlarda
(zajimlarda) yotgan simlar uchun roliklarning o‘zidagi qo‘zg‘almas bo‘lagini yerga
ulash kifoya. Metall tuzilishli, temir qobig‘lari yerga ulangan temir-beton ustunlar va
ulardagi roliklar halqasi (oboymasi) hamda qisqichlar orasida tabiiy tutashish bo‘lsa,
rolik va qisqichlarni qo‘shimcha yerga ulash talab qilinmaydi.
Ikki mustahkam anker ustunlari orasida sim osilayotganda, anker ustunini
aylanib o‘tuvchi sim ulanganidan so‘ng, osilgan simlar boshlang‘ich anker ustunda va
oxirgi simlarni ushlab turuvchi liniya oxiridagi birorta ustunda yerga ulanishi shart.
Tayyor uchastkalardagi simlar orqali chaqmoqdan va boshqa o‘ta kuchlanishdan,
keyingi uchastkalarga osilayotgan simlarga kuchlanish (potensial) o‘tish xavfini yo‘q
qilish maqsadida, oxirgi anker ustunida osilgan simlarni va qurilib bitgan elektr
uzatish tarmog‘i simlarini yerga ulash man qilinadi.
Har bir fazada simlar bir necha bo‘limlarga qarab ajratilgan elektr uzatish
tarmog‘ida, har bir fazaning bir simini yerga ulashga ruxsat beriladi, fazalardagi
simlar izolyasion kashak yordamida ajratilganda, barcha simlarni yerga ulash talab
qilinadi.
Bir zanjirli elektr tarmog‘ida yerga ulagichni, ish olib borilayotgan ustun yoki
qo‘shni ustunga qo‘yish kerak. Brigada ishlayotgan elektr uzatish tarmog‘i qismiga
yerga ulagichlar orasidagi masofa 2 km dan oshmaslik sharti bilan, ikki tomonidan
yerga ulagich o‘rnatilishiga ruxsat etiladi.
12


Ustundan izolyasiya qilingan chaqmoqqa qarshi osilgan simda (trosda) yoki
ushbu ustunga osilgan simda yoki ustun qurilmasida, bu simga 1 metrdan kam
masofaga yaqinlashib ishlaganda, sim albatta yerga ulanishi shart. Yerga ulagich
simni izolyasiya qilingan tomonidan keyingi ustunga ketgan yerida yoki oralig‘ida
qo‘yiladi. Agar ushbu simda muz eritish mo‘ljallangan bo‘lsa, ish boshlashdan oldin
sim kuchlanish kelishi mumkin bo‘lgan barcha tomonlaridan o‘chirilib, yerga
ulanishi shart.
Ko‘chma yerga ulagich metall ustunlarda, uning elementlariga yerga ulagich
o‘rnatish uchun jihozlangan temir-beton va yog‘och ustunlarda, yerga ulagich
uskunalariga ularni butunligini tekshirganidan so‘ng, shu simlarga o‘rnatilishi kerak.
Yerga ulagich o‘rnatish uchun jihozlangan uskunalari bo‘lmagan temir-beton ustun-
larda, yerga ulagichni ustunning traversiga va boshqa metall elementiga o‘rnatish
mumkin.
Neytrali yerga ulangan va nol simi tarmoqda qayta yerga ulangan 1000 V
kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlarida, yerga ulagichni ushbu nol fazali
simiga o‘rnatish mumkin.
Uskunalardagi ko‘chma yerga ulagichni o‘rnatilishi kerak bo‘lgan joylar
bo‘yoqdan tozalanishi shart. Ish joyida ko‘chma yerga ulagich yerga yarim metr
chuqurlikka tik qoqilgan yerga ulagich uskunasiga o‘rnatilishi mumkin. Yerga
ulagich uskunasini tuproqqa, bexos to‘kilgan uyumga qoqish man qilinadi.
1000 V kuchlanishgacha bo‘lgan elektr uzatish tarmog‘ida yoki izolyasion
zvenosi yo‘q teleskopik minorada turib ishlaganda, ta‘mirlanayotgan tarmoq simlari-
ning barchasiga, shu jumladan radio va telemexanika apparatlari uchun osilgan ochiq
simlarga ham yerga ulagich qo‘yilishi shart.
Ta‘mirlash uchun o‘chirilgan elektr uzatish tarmoqlarida ko‘chma yerga
ulagichlarni o‘rnatish va keyin uni olish, hamda ustunlarga o‘rnatilgan yerga ulagich
pichog‘ini ulash ishlarini navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash xodimlari amalga oshirish-
lari kerak. Biri IV guruhli (1000 V kuchlanishdan yuqori elektr uzatish tarmoqlarida)
yoki III guruhli (1000 V kuchlanishdan past elektr uzatish tarmoqlarida), ikkinchisi
III guruhli bo‘lishi kerak. Ikkinchi xodim sifatida, III guruhli ta‘mirlash brigadasi
a‘zosini, iste‘molchilarga ta‘luqli elektr uzatish tarmoqlarida esa, iste‘molchi-
xodimni ishlatishga ruxsat beriladi.
Ustunlardagi yerga ulagich pichoqlarini navbatchi yoki tezkor-ta‘mirlash
xodimlaridan, III guruhli bir xodim o‘chirishiga ruxsat etiladi. Elektr uzatish
tarmoqlaridagi ish joylarida ko‘chma yerga ulagichni ish bajaruvchi bilan birgalikda
III guruhga ega bo‘lgan, brigada a‘zosi o‘rnatishi mumkin. Ushbu yerga ulagichni
olish, ish bajaruvchining farmoyishi bilan III guruhli ikki brigada a‘zosi bajarishi
mumkin.
Elektr uzatish tarmoqlarida kuchlanish yo‘qligini tekshirish, yerga ulagichni
o‘rnatish va olish paytida, ishchilardan biri yerda turib boshqa ishchini kuzatib turishi
kerak.

Download 0,51 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr uzatish tarmog‘ida yerga ulagichlarni o‘rnatish

Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish