• Nazariy qism
  • Laboratoriya ishi. Matn muxarrirlarida matnlar kiritish, taxrirlash va formatlash amallari




    Download 0.57 Mb.
    bet1/5
    Sana11.04.2023
    Hajmi0.57 Mb.
    #50395
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    2-laboratoriya ishi
    Fuqarolik jamiyati - Vikipediya, Multimedia texnologiyalari, 23.12.2021, ВЫФРВЫФАГВГФЙГД, 315-316-гурух амалиёт, Boshlsng\'ich sinf. axbor.tex, amaliy - 11 6- semestr, 1-MAVZU, Tursunov Ozodbek, disserCat, Hisobot.doc 1-semestr, ХУРРАМОВ.Р 1-ИЛОВАВА ИЛМИЙ ТАДҚИҚОТ ИШЛАРИ, Bog\'lovchi va uning grammatik xususiyatlari, maqollar, Elmira Mamaziyayava Orol fojiasi
    1. laboratoriya ishi. Matn muxarrirlarida matnlar kiritish, taxrirlash va formatlash amallari.




    Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarni matn tahrirlash dasturlarining keng imkoniyatlari bilan tanishtirish. MS Word dasturida murrakab hujjatlar yaratish, bezash, formulalar bilan ishlash kabi vazifalarni mustaqil bajarishni o‘rgatish.


    Nazariy qism


    MS Word matnli hujjatlarni yaratish va ishlov berishga mo‘ljallangan ko‘p amalli dasturdan iborat matn protsessori bo‘lib, Microsoft Office amaliy dasturlar paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni tahrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o‘zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k.


    MS Word matn protsessorining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Matnni kiritish.

    2. Matnni tahrirlash.

    3. Matnni formatlash.

    MS Word 2000 matn muharririni ishga tushirish uchun ish stolidagi uning yorligini, ya’ni quyidagi rasmni toping va

    ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib, chap tugmachasini ikki marta tezlikda bosing. Agar bu rasmni ish stolidan topa olmasangiz, ekranning quyi qismida joylashgan satr (Masalalar paneli)dagi «Pusk» menyusi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini olib kelib chap tugmachasini bir marta bosing. Natijada quyidagi oyna namoyon bo‘ladi:




    Ochilgan menyudan «Programmы» qismini, so‘ngra o‘ng tomonda hosil bo‘lgan ro‘yxatdan MS Word qatorini tanlang va sichqonchaning chap tugmachasini bir marta bosing. Bu amallarni bajargandan so‘ng MS Word 2000 matn muharriri ishga tushadi vaquyidagi MS Word interfeysi oynasi paydo bo‘ladi .

    Oynaning eng yuqorisida sarlavha satri joylashgan. SHu qatorning o‘ng tomonida, burchakda uchta boshqaruv piktogrammalari (ramziy belgilar) joylashgan
    Ulardan birinchisi — «Svernutь» (Yig‘ib olish) nomli piktogramma. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi Masalalar paneli qatoriga («Pusk» tugmachasi joylashgan katorga) to‘rtburchak shakldagi tugmacha ko‘rinishida (darchadek) yig‘ib olinadi. Sichqonchaning chap tugmachasini «darcha» ustida bir marta bosish oynaning oldingi o‘lchovini va joylanishini tiklaydi.
    Ikkinchisi — «Razvernutь» (YOyish) tugmachasi. Agar uning ustida sichqoncha bosilsa, ilova oynasi butun ekranga (yoki hujjat oynasi butun ilova oynasiga) yoyib tashlanadi. SHunga ahamiyat berish kerakki, Masalalar paneli
    oyna qattalashgan holda ham ko‘rinib turadi. «Razvernutь» piktogrammasi ustida sichqoncha bir marta bosilgandan keyin eski piktogramma o‘rnida yangi, ikkita ustma-ust joylashgan kvadrat shaklidagi piktogramma paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan piktogrammaning ustida sichqoncha bosilsa, oyna oldingi holatiga qaytadi. Uchinchisi — «Zakrыtь» (YOpish) piktogrammasi. U joriy ilova oynasini yopadi va bajarilayotgan ishning saqlab qolinmagan natijalarini saqlaydi. Word 2000 ni yopish uchun ko‘rib chiqilgan birinchi qator boshida joylashgan ilovaning
    sistema menyusi tugmachasini ikki marta bosish ham mumkin.
    Oynadagi keyingi kator Menyu qatori deyiladi. Unda ko‘rsatilgan menyu turlarining birortasi ustiga sichqoncha ko‘rsatkichini keltirib, chap tugmachasi bosilsa, ijro etilishi mumkin bo‘lgan amaliy buyruqlar ro‘yxati chiqadi. Tanlab olingan amaliy buyruq ijro etilishi uchun uning ustida sichqonchani bir marta bosish zarur.
    Barcha menyu turlariga qarashli amaliy buyruqlarning tez-tez ishlatiladiganlari oson tanlanadigan piktogrammalar bilan belgilanib maxsus standart hamda bichimlash uskunalar panellariga joylashtirilgan.
    Oynaning chetlarida vertikal va gorizontal harakatlantirish tasmalarini qurish mumkin. Bu tasmalar hujjatning ekranga sig‘magan qismini ko‘rish imkonini beradi.
    Gorizontal tasmada joylashgan chap tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa, hujjatning chap tomoni, o‘ng tomondagi uchburchak ustida sichqonchaning ko‘rsatkichi bosilsa — hujjatning o‘ng tomoni ko‘rsatiladi.
    Vertikal tasmadagi tepaga va pastga qaragan uchburchaklar matnning yo‘nalishlariga mos qismni ko‘rsatib berishadi.
    Tasmada joylashgan tugmachalarning ikki chetdagisi mos ravishda Oldingi sahifaga o‘tish va Keyingi sahifaga o‘tish amallarini bajaradi. Klaviaturada bu amalni Page Up va Page Down tugmachalari bajaradi. O‘rtada joylashgan tugmacha bosilsa, ekranda quyidagi jadval namoyon bo‘ladi

    Bu jadvalning har bir katakchasi ma’lum bir buyruq piktogrammasidir.


    Mazkur tugmacha shu buyruqlarga tez o‘tish uchun ishlatiladi.
    3. Oynaning quyi qismida holat qatori joylashgan bo‘lib,unda hujjat nechta sahifadan iboratligi, ekranda hujjatning nechanchi sahifasi aks ettirilganligi, kursor
    nechanchi qator, nechanchi o‘rinda turganligi haqidagi va boshqa ma’lumotlar aks ettiriladi.
    Word oynasi ichida asosiy ish oynasi joylashgan. Uning ham eng yuqorisida hujjat nomi aks etgan qator mavjud, burchakda esa bizga tanish bo‘lgan piktogrammalar joylashgan.
    Bu oynada gorizontal va vertikal chizg‘ichlar mavjud. CHizg‘ichning oq qismi qog‘ozdagi matn joylanishi sohasidir. Pastki ikkita «zajim» («qisqich») yordamida bu soha chegaralari o‘zgartiriladi. YUqoridagi «zajim» esa xat boshi joyini ko‘rsatadi. Uning joylanishini ham o‘zgartirish mumkin.
    Gorizontal tasmalar qatori boshida to‘rtta piktogramma joylashgan. Ular hujjat ko‘rinishining bir holatidan ikkinchisiga tez o‘tish piktogrammalaridir.
    Ikkinchi qatori asosiy menyu qatori deb ataladi. Asosiy menyu qatori bu ushbu dasturda foydalaniladigan asosiy buyruqlar ro‘yxatidir. Uchinchi qator vositalar panelidir, ya’ni matnlarni muharrirlash uchun kerak bo‘lgan barcha vositalar ketma-ketligidir.



    Download 0.57 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi. Matn muxarrirlarida matnlar kiritish, taxrirlash va formatlash amallari

    Download 0.57 Mb.