|
Laminar va turbulent oqim Reja: Kirish
|
Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 35,5 Kb. | | #235012 |
Bog'liq Laminar va turbulent oqim
Laminar va turbulent oqim
Reja:
Kirish
Suyuqlikning laminar harakat tartibi. Suyuqlikning turbulent harakat tartibi.
Mahalliy qarshiliklar, maxalliy qarshiliklarda energiya yuqotilishini vujudga kelish sabablari. Oqimning keskin kengayishi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Turbulent oqim (lot. turbulentus — joʻshqin, tartibsiz) — turbulenglik kuzatiladigan suyuqlik (gaz) oqimi (qarang Turbulentlik). Turbulent oqimda suyuqlik (gaz) ning ayrim zarralari murakkab trayektoriya boʻylab tartibsiz, beqaror harakat qiladi. Bunda oqimdagi har bir nuqta tezligi vaqt utishi bilan oʻzgaradi va pulsatsiya (jadal) tusida boʻladi. Bosimda ham pulsatsion oʻzgarish roʻy beradi, siqilayotgan suyuqlikning zichligi esa oʻzgaradi. Jadal tartibsiz aralashuv tufayli Turbulent oqim yuqori issiqlik uzatish, kimyoviy reaksiyalar (mas., yonish)ni tez tarqatish, tovush va elektromagnit toʻlqinlarni sochish, shuningdek, impulsni uzatish va shu sababli qattiq jismlarni aylanib oqayotganda ularga yuqori kuch taʼsir koʻrsatish xususiyatiga ega. Bunda Turbulent oqimlarda harakatlanuvchi jism (zarra, toʻlqin)lar anchagina katta qarshilikka uchrashi sababli kattagina energiya yoʻqotishlari sodir boʻladi. Turbulent oqim davrida harakat qilayotgan suyuqlikning ayrim massalari intensiv ravishda aralashib turadi.
Koʻpchilik atm. hodisalari va jarayonlari — atmosfera bilan sirt orasidagi energiya almashinuvida, issiqlik va namlikning koʻchishida, Yer sirti va havzalardagi bugʻlanishlarda, atm.dagi iflosliklar diffuziyasida, dengizda shamol toʻlqinlari va shamol oqimlarining vujudga kelishida, atm. da qisqa radiotoʻlqinlarning sochilishi kabi hollarda atm.ning turbulentligi katta rol oʻynaydi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati:
E.A. Tursunova, A.A. Mukolyans “Suyuqlik va gaz mexanikasi” O’quv qullanma. ToshDTU.; 2014.
A.A. Karimov, A.A. Shokirov, A.A. Mukolyans “Gidravlika asoslari, nasoslar va kompressorlar” O’quv qullanma. NOSHIR.; T. 2013.
A.A. SHokirov, A.A. Karimov. “Ixcham gidravlika” O’quv qullanma.
T.; 2010.
Q.SH. Latipov. “Gidravlika, gidromashinalar va gidropnevmoyurit-gichlar”. Darslik. T.;1994.
Q.SH. Latipov. “Gidravlika va gidroyuritmalar”. Darslik. - T., 1992.
|
| |