Bitiruv malakaviy ishning




Download 5.13 Mb.
bet13/46
Sana22.06.2021
Hajmi5.13 Mb.
#15160
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46
Bitiruv malakaviy ishning badiiy qismini loyihalash davrida asosan uning interer yechimlariga, uning ranglariga ko‘proq e'tibor qaratildi. Bundan tashqari, devorlar yoyilmasi, logotip, emblema, axborot qurilma loyihalari, piktogrammalar, tashrif qog‘ozi va shunga o‘xshash dizayn elementlariga ham alohida urg‘u berilgan. Barokko, rokoko, georgian, ampir, viktorian, bidermayer va klassik kabi tarixiy interer uslublari yevropa mamlakatlarida ancha rivojlangan. Bu uslublar bugungi kunda bizda ham ommalashmoqda. Atrofimizdagi odamlarning ko‘pchiligi uylarini ta'mirlashda va bezatishda milliy yo‘nalishdan ko‘ra yevropadan kirib kelgan interer uslublaridan foydalanmoqda. Ranglardan to‘q qizil va jigar ranglar viktorian uslubiga xos bo‘lgan ranglardir.

«Uyg‘unlikdagi tartibsizlik» hukmron bo‘lgan viktorian uslubidagi intererni ko‘pchilik «Baron» uslubidagi intererga qarshi qo‘yadi. Chunki ushbu intererda ham zarhal naqshinli to‘q rangdagi gulqog‘ozlardan, tegralari naqshindor metallardan ishlangan va turli ulama qoplamalar qoplangan mebellardan hamda rangli oynavand eshiklardan foydalaniladi.



Bidermayer uslubidagi interer oddiyligi va shinamligi bilan boshqa interer uslublaridan ajralib turadi. Yong‘oq daraxtidan tayyorlangan pastak mebellar, parket yoki oddiy laklangan pol, gulqog‘oz yopishtirilgan yoki mayda va yassi gulli gulqog‘oz yoki matolar qoplangan devor aynan bidermayer uslubiga xos.

Zamonaviy interer uslublari orasida minimalizm, kantri, ingliz va yapon uslublari alohida ajralib turadi. Shular orasidan «ozgina-sozgina» tushunchasiga amal qiluvchi minimalizm uslubi eng ommalashgan uslub sanaladi. Bu intererni yaratishda yog‘och, teri, toshlar, linoleum, plastika va xromlangan po‘lat materiallardan, qora, ok, qaymoq rang, kul rang va nafarmon kabi yorqin bo‘lmagan ranglardan keng foydalaniladi. Derazalarga oddiy parda yoki jalyuzalar tutiladi. Bezaklardan esa deyarli foydalanilmaydi. Mebellar oz sonli bo‘ladi va xonaga erkin uslubda joylashtiriladi.





Download 5.13 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   46




Download 5.13 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Bitiruv malakaviy ishning

Download 5.13 Mb.