JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS
http://www.newjournal.org/ Volume–19_Issue-7_December_2022
117
“LOYIHALASH” METODI ASOSIDA INFORMATIKA DARSLARINI
TASHKIL QILISH AFZALLIKLARI
Niyazmetova Gulnora Shavkatovna
Xorazm viloyati Urganch tumanidagi
40- sonli maktabning Informatika fani o'qituvchisi.
Annotatsiya. Ushbu maqolada Informatika faninining amaliy va laboratoriya
mashg‘ulotlarini o‘tishda “loyihalash” metodidan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib
chiqilgan. Ushbu usulning afzalliklari batafsil yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: interfaol o‘qitish,
interfaol metod, loyihalash metodi,
dialogli
o‘qitish
Kompyuterlar dunyosida mikroprotsessorlar ishlab chiqarish bo‘yicha yetaksi
o‘rinda turuvchi “Intel” kompaniyasi butun dunyoda “Obuchenie dlya budushego”-
“Kelajak uchun o‘qitish” loyihasini taqdim etdi. Unga ko‘ra zamonaviy ta’limda
vositalar va usullarni tanlashda katta darajada ochiqlik va erkinlik hamda pedagogik
va axborot texnologiyalarining integratsiyasi XXI asrda o‘rganish va o‘rgatish
uchun eng muhim jihatlar hisoblanadi. Ayniqsa pedagog va o‘quvchilarning shaxsini
rivojlantirishga yo‘naltirishi, axborot texnologiyalarining rivojlanishining hisobga
olinishi bunda yetakchi o‘rinni egallaydi. Ta’limda loyihalar usulidan foydalanish
internet tarmog‘i
orqali hamkorlikda ishlab, amaliy va laboratoriya mashg‘uloti
topshiriqlarini o‘zaro uzviy bog‘langan holda loyihalash o‘quvchilarning mustaqil
ishlashga va kelajakda o‘z muammolarini mustaqil hal eta olishiga zamin bo‘ladi.
Shuningdek hamkorlikdagi ta’lim o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro hamjihatlikni
tarbiyalabgina
qolmasdan, kelajakda hamkorlik shartnomalarini imzolab,
yangi
g‘oya va tashabbuslarni ishlab chiqishiga turtki bo‘ladi.
Maktabda informatika fanini o‘qitish va qo‘llash odatda ikkita mutlaqo
boshqacha yondashuvdan birini bajaradi. Birinchisida asosiy e’tibor
dasturlashga
qaratiladi. Boshqa yondashuvda talabalar tayyor dasturlardan foydalanadilar.
Ularning qiziqishi asosan dasturni amalga oshirish usuliga ahamiyat bermasdan,
asosan dasturiy ta’minot bilan qamrab olingan mavzularga qaratilgan. Universitetlar
va boshqa o‘qituvchilar malakasini oshirish institutlari
oldida informatika fanidan
ham, turli xil murakkablikdagi o‘quv dasturiy ta’minot tizimlarini ishlab chiqarish
va ularga xizmat ko‘rsatishga qodir kishilarni o‘qitish vazifasi turadi.
O‘qituvchining asosiy pedagogik mahorati uning eng optimal uslublarni
qo‘llagan holda o‘rgatish, yetkazib berish aynan o‘quv
va laboratoriya
mashg‘ulotlarida amalga oshadi. Shunday ekan, o‘quv mashg‘uloti
jarayonini