1701-GURUH TALABASI
URAZOVA MADINA
NING
PEDAGOGIKA MAHORAT FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
MAVZO’:PEDAGOGIK TEXNIKA HAQIDA
TUSHUNCHA,PEDAGOGIK TEXNIKANI
SHAKLLANTIRISH USLUBLARI
REJA :
1 . Pedagogik texnika haqida tushuncha .
2 . Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
3 . Mimika, Pantomimika. O`qtuvchining pedagogik texnikasining shakillantirish yo`llari.
4. Xulosa.
Pedagogik texnika haqida tushuncha
-
bu avvalo, o'qituvchining
mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalar hisoblanadi , ya’ni uning
savodli va ifodali so'zlay olishi , o'z fikr-mulohazasini va bilimini
tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi , his-tuyg'usini jilovlay olishi ,
o'zining shaxsiy xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga
ega bo'lishi , aniq imo-ishora , ma’noli qarash rag'batlantiruvchi
yoki
istehzoli tabassum , so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va
tafakkuriga ta’sir o'tkazishi , hozirjavoblik psixologik bilimlarga ega
bo'lishi kabilardir.
O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan
iborat ekanligi , pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta’lim
muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida
qanday tashkil qilishi , o'quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko'rsatishida qanday
ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo
olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda.
Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
Pedagogik texnikaning muhim xususiyatlaridan biri o'qituvchining o‘quvchilar bilan bevosita
muloqoti jarayonida shakllanadigan kasbiy texnik ko'nikma va malakalaridir. Bunda pedagogik
texnikaning ko'nikma va malakalari o'qituvchining pedagogik mahorati bilan aloqadorlikda
shakllanib boradi.
Rivojlangan pedagogik texnika xususiyatlari o'qituvchiga o‘quvchilar bilan muloqot jarayonida
zarur so'z va gap ohangi, qarash, imo ishorani tez va aniq topish, kutilmagan pedagogik v
aziyatlarda bosiqlik va osoyishtalik. aniq fikr yuritish, vaziyatni fikran va tez tahlil qilish
kabiqobiliyatiarini namoyish etish bilan ifodalanadi. Pedagogik texnikaning ushbu xususiyatlari
o‘qituvchj kasbiy mahoratida aniq ifodalangan individual shaxsiy shakl oladi, ya’ni o‘qituvchining
psixologik-fiziologik xususiyatlari asosida uning shaxsiy pedagogik texnikasini tarkib toptiradi.
Mimika, Pantomimika. O`qtuvchining pedagogik texnikasining shakillantirish yo`llari.
Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi .Birinchi
guruh komponentlari : o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib ,
ta’lim-tarbiya jarayonida o'z o'zini boshqarish malakalarida ( refleksiya) namoyon bo'ladi:
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z xatti-harakatlarini boshqarishi , (mimika , pantomimika);
• ta ’lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini ji- lovlay olishi va turli nojo‘ya
ta’sirlarga berilmaslik;
•mukammal ijtimoiy
perseptiv
qobiliyatlarga (diqqat , kuzatuvchanlik,xayol ) egaligi;
• nutq texnikasini (nafas olish , ovozni boshqarish , nutq tempi) bilishi va o‘z o'rida qo‘Ilay
olishi.
Ta’kidlash joizki, hali biror o'qituvchi oliy ta’lim muassasasini tugatib,
yoki malaka oshirish kurslarida bilim olib birdaniga pedagogik texnika
sirlarini mukammal biladigan tajribali o'qituvchi bo‘lib qolgani
yo‘q. O'qituvchida pedagogik texnika talim muassasalarida
faoliyat ko 'rsatish jarayonida, о ‘quvchilar bilan yakkama-yakka muloqot
jarayonida, pedagogik amaliyotda shakllanib boradi.
|