• 6.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
  • Main directions of tax reforms in Uzbekistan




    Download 1.19 Mb.
    Sana13.03.2024
    Hajmi1.19 Mb.
    #170416
    Bog'liq
    Tayanch kompetensiyalarni matematika fani orqali õquvchilarda rivojlantirish
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04

    Mavzu: Tayanch kompetensiyalarni matematika fani orqali õquvchilarda rivojlantirish
    Ta’lim jarayoniga kompetentlik tushunchasining kiritilishi o’quvchiga olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo`llay olish, undan muammoli vaziyatlarda foydalanish imkonini beradi. Shu maqsadlarni ko`zlagan holda yangi Davlat ta’lim standartlarida tayanch va fanga oid kompetensiyalarga katta ahamiyat berilgan. Kompetensiya – mavjud bilim, ko`nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo`llay olish qobiliyati.
    O`zbekiston Respublikasida ta`limning uzluksizligi, uzviyligi, o`quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib ularning yosh xususiyatlariga qarab quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi:
    Kompetensiya so‘ziga turlicha ta’riflar, yondashuvlar mavjud. Xususan, “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” da kompetensiya so‘zi quyidagicha izohlanadi: kompetensiya (lot. Compete – erishyapman, munosibman, loyiqman) – muayyan davlat organi (mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; u yoki bu sohadagi bilimlar, tajriba.
    1. Kommunikativ kompetensiya
    ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o`zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    2. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
    ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o`zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda, jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    3.O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi
    doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Shunigdek, shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni hayotiy-ma’naviy ehtiyojga aylantirishni, o‘z xatti-harakati, fikr-mulohazalariga tanqidiy yondasha olish, o‘zini nazorat qila bilish, og‘zaki va yozma matnlar mazmuniga to‘g‘ri baho bera bilishni o’rgatadi.
    4.Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
    jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari tadbirlarda (turli mavzudagi ko‘rik-tanlovlar, musobaqalar va h.k.) faol ishtirok etish, atrofdagi insonlar bilan xushmuomalada bo‘lishni o’rgatadi.
    5.Milliy va umummadaniy kompetensiya
    vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
    6.Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi – aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta’lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi. Shuningdek, har bir umumta’lim fanining mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi.
    Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantiradi, ko‘zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalaydi, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlaydi va tafakkurini kengaytiradi. Matematika olamni bilishning asosi bo‘lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o‘ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
    Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir.
    O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirishi faqat o‘quv ishida to‘g‘ri metod
    tanlashga bog‘liq bo‘lmasdan, balki, o‘quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog‘liqdir. Dars deb dastur bo‘yicha belgilangan, aniq jadval asosida, aniq vaqt mobaynida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zgarmas soni bilan tashkil etilgan o‘quv ishiga aytiladi.
    Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o‘lchashlarni bajarishga o‘rganadilar, ya’ni darsda hamma o‘quv ishlari bajariladi.
    Matematika darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham o‘rganiladi.
    Matematika boshlang‘ich kursining boshqa o‘ziga xos tomoni nazariy-amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy ko’nikma va malakalar singdiriladi.
    Hozirgi zamon matematika darslari oldiga qo‘yilgan talablardan yana biri o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyatini o‘stirish hisoblanadi. O‘quvchida analiz, sintez qilish, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi aqliy operatsiyalar shakllanadi.
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
    Download 1.19 Mb.




    Download 1.19 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Main directions of tax reforms in Uzbekistan

    Download 1.19 Mb.