• Obraz li tafakkur
  • Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish.
  • Interfaol o„qitishning
  • Mantiqiy tafakkur




    Download 18,06 Kb.
    Sana13.12.2023
    Hajmi18,06 Kb.
    #117759
    Bog'liq
    javoblar


    4. Tafakkur, odatda, nazariy va amaliy tafakkurlarga bo‘linadi. Nazariy tafakkurda tushunchali va obrazli tafakkur, amaliy tafakkurda esa –ko‘rgazmali-obrazli va ko‘rgazmali-harakatli tafakkur ajratiladi.
    mantiqiy tafakkur – bu ma’lum tushunchalar qo‘llaniladigan tafakkur. U yoki bu aqliy masalalarni echishda boshqa odamlar tomonidan aniqlangan va tushunchalar, mulohazalar, xulosalar shaklida ifodalangan tayyor bilimlardan foydalanamiz.
    Obrazli tafakkur – bu obrazlar yordamida mulohaza yuritish jarayonining bir turi. Ular xotiradan olinadi yoki tasavvurda hosil qilinadi. Ko‘pincha tafakkurning bu turi badiiy ijodkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi odamlarda ustun bo‘ladi.
    Tushunchali tafakkur voqelikni aniq va umumlashtirgan holda aks ettiradi, lekin bunday aks ettirish mavhumdir. O‘z navbatida, obrazli tafakkur atrofimizdagi olamni aniq va sub’ektiv aks ettirish imkonini beradi. Shunday qilib, tushunchali va obrazli tafakkurlar bir-birini to‘ldiradi.
     Bolalarda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish.
    Maktabgacha yoshdagi bolalar har doim ertalab kechasidan keyin
    kelishini va kunduzi bilan almashiiishini, kunduzi kechqurun bilan, kechqurun esa kechasi bilan almashinishini bilib oladilar. Sutka qismlarining ketma-ketligini oilishlarini mustahkamlash uchun rasmlarni qarashni, ular bo‘yicha hikoyalar tuzishni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Rasmlar qarab bo‘linganidan keyin, bolalarga ularni stollarga to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashtirish va sutkaning qismlarini tartibi bilan aytish topshirig‘ini berish mumkin. Yil oxirida bolalarga shu mashqlar asosida sutka haqidagi umumlashgan tasavvurlarni berish va sutka so‘zining mazmunini ochib berish mumkin.
    3.Ijodiy qobiliyatlar - bu har xil turdagi ijodiy faoliyatning muvaffaqiyatini belgilaydigan shaxsning individual fazilatlari. Ijodkorlik ko'plab fazilatlarning uyg'unlashuvidir. Psixologlar ijodkorlikning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat deb hisoblashadi: 1. Muammoni boshqalar ko'rmaydigan joyda ko'rish qobiliyati. 2. Aqliy operatsiyalarni qisqartirish, bir nechta tushunchalarni bitta bilan almashtirish va tobora ko'proq ma'lumotga ega bo'lgan belgilarni qo'llash qobiliyati. 3. Bir masalani yechishda olingan ko‘nikmalarni boshqasini yechishda qo‘llay olishQobiliyatlarni shakllantirish haqida gapirganda, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini qaysi yoshda rivojlantirish kerakligi masalasiga to'xtalib o'tish kerak. Psixologlar turli xil atamalarni chaqirishadi. Yoshlikdan boshlab ijodkorlikni rivojlantirish kerak degan faraz mavjud. Bu gipoteza fiziologiyada o'z tasdig'ini topadi.

    2 BILISH NAZARIYASI (gnoseologiya, epistemologiya)— falsafa bo’limi bo’lib, u bilish qonuniyatlari va imkoniyatlari, bilimning ob’yektiv reallikka munosabatini o’rganadi, bilish jarayonining bosqichlari va shakllarini, bilishning ishonchliligi va haqqoniyligi shartlari va mezonlarini tadqiq qiladi. Bilish nazariyasi hozirgi zamon fanida qo’llaniladigan usullar (tajriba, modellashtirish, analiz va sintez va hokazolar) ni umumlashtirib, uning falsafiy-metodologik asosi sifatida namoyon bo’ladi. Bilish jarayonida tajriba va amaliyotning katta ahamiyati bor. Bu yerda amaliyot (praktika) keng ma’noda bo’lib, insonning jamiyatga ta’siri, tabiat hodisalarini o’zgartirishi, yangi narsalar, jamiyatning yashashi uchun zaruriy shartsharoitlar yaratishi tushuniladi. Kishilarning tabiat qonunlari haqidagi bilimiga asoslangan amaliy faoliyatlari bilish taraqqiyotini, fan va texnika ravnaqini belgilaydi.



    1. Interfaol o„qitishning mohiyati o„quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha o„quvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo„lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo„ladilar.
    Interfaol ta‟lim – bu ta‟limdagi chuqurlashtirilgan muloqot. Hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda o„quvchilarni o„z-o„zini tarbiyalaydigan, o„zi mustaqil izlanib, bilimlarni egallaydigan darajaga olib chiqish asosiy vazifa hisoblanadi.
    O„qituvchi interfaol ta‟lim yordamida talabalarning qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik, o„z-o„zini nazorat, o„z-o„zini boshqarish, samarali suhbat olib borish, tengdoshlari bilan ishlash, ularning fikrlarini tinglash va tushunish, mustaqil, ijo-diy, tanqidiy fikrlash, muqobil takliflarni ilgari surish, fikrmulohazalarini erkin bayon qilish, o„z nuqtai nazarlarini himoya qilish, muammoning echimini topishga intilish, murakkab vaziyatlardan chiqa olish kabi sifatlarni shakllantirishga muvaffaq bo„ladi.
    Download 18,06 Kb.




    Download 18,06 Kb.