• "Taʼlim muassasasi"
  • 1. KELISHUV BITIMI MAVZUSI
  • “Markaz” deb yuritiluvchi “it bilimlarini rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati




    Download 67.59 Kb.
    bet1/15
    Sana19.05.2023
    Hajmi67.59 Kb.
    #61905
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    АХБОРОТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ ВА КОМПЮТЕР ЁРДАМИДА ДАСТУРЛАШ СОҲАСИДАГИ
    Tarmoq administratorligi o’quv kursi kimlar uchun mo`ljallangan — копия, AKT, 12 - маъруза, 13 - маъруза, Ma\'lumotnoma, 713, Maruza matni 3, Biznes hujjatlarini, Noyobvaradioaktivmetallarrudalariniboyitish (2)

    AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMPYUTER YORDAMIDA DASTURLASH SOHASIDAGI YOSH MUTAXASSISLARNI TA`LIM MUASSASALARIDA TAYYORLASH UCHUN XARAJATLARNI QOPLASH TO‘G‘RISIDAGI KELISHUV BITIMI
    ____-son
    Toshkent shahri "__" _____ 2023_yil

    Bundan keyin “Markaz” deb yuritiluvchi “IT bilimlarini rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati, Ustav asosida ish yurituvchi direktor Rasulev Farrux Marif ugli nomidan, bir tomondan va bundan keyin "Taʼlim muassasasi" deb yuritiluvchi “SERIOUS EVENTS” masʼuliyati cheklangan jamiyati, Ustav asosida ish yurituvchi director Mirzayev Ilhom Qaxramonjon o’g’li nomidan, boshqa tomondan, birgalikda "Tomonlar" va yakka tartibda “Tomon” deb yuritiladi,



    • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 31-avgustdagi “Axborot texnologiyalari va kompyuter yordamida dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 556-son qaroriga (keying o‘rinlarda VMQ-556);

    • “IT bilimlarini rivojlantirish markazi” MChJga axborot texnologiyalari va kompyuter yordamida dasturlash sohasida “Taʼlim muassasasi”da yosh mutaxassislarni (“Stipendiat”) tayyorlash xarajatlarini qoplash uchun maqsadli kreditlar ajratish tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga (keying o‘rinlarda Nizom deb yuritiladi);

    - Income Share Agreement – “Markaz” va “Stipendiat” (keyingi o‘rinlarda ISA deb yuritiladi) o‘rtasida tuzilgan daromaddan ulushlarni ushlab qolish to‘g‘risidagi Kelishuv bitimiga muvofiq,
    Taʼlim muassasalarida axborot texnologiyalari va kompyuter yordamida dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash to‘g‘risidagi ushbu Kelishuv bitimini (keyingi o‘rinlarda Kelishuv bitimi deb yuritiladi) quyidagilar bo‘yicha tuzdik:
    1. KELISHUV BITIMI MAVZUSI

      1. “Markaz”, har ikki “Tomon”ning vakolatli vakillari tomonidan kelishilgan, ushbu Kelishuv bitimiga 1-ilovaga muvofiq shaklda tuzilgan “Arizalar”ga (keyingi o‘rinlarda “Ariza/Arizalar” deb yuritiladi) muvofiq, “Taʼlim muassasasi”da “Stipendiat”larning o‘qish xarajatlarini qoplash uchun “Taʼlim muassasasi”ga “Taraflar” tomonidan “Arizada” kelishilgan miqdorni (keyingi o‘rinlarda “Xarajatlarni qoplash summasi” deb yuritiladi) yuboradi, uning qaytarilishi "Stipendiat" tomonidan "Markaz"ga ISAda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.

    1.2.“Ariza”ni imzolashdan oldin taʼlim o‘tovchi nomzod “Taʼlim muassasasida” test sinovidan o‘tadi, uning natijalariga ko‘ra “Markaz” u bilan Kelishuv bitimi tuzishga qaror qiladi.

      1. Har bir "Ariza" quyidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda o‘z ichiga olishi kerak:

    – “Stipendiat”ning to‘liq ismi, pasport maʼlumotlari;
    - o‘quv kursining nomi;
    - taʼlim narxi;
    - o‘quv davri;
    – manzili, taʼlim o‘tash joyi;
    - boshqa muhim shartlar.
    1.4. “Markaz” tomonidan tegishli tartibda eng yaxshi takliflarni tanlash tartibidan o‘tgan “Taʼlim muassasasi”ga “Ariza” bo‘yicha taqdim etiluvchi “Xarajatlarni qoplash summasi”, taʼlim xarajatlarini qoplash sifatida "Arizada" ko‘rsatilgan, tegishli ravishda nomzodlar saralashidan o‘tgan va “Markaz” tomonidan foydalaniladigan dasturiy majmuada (keyingi o‘rinlarda CRM/ CRM tizimi deb yuritiladi) “Taʼlim muassasasi” tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan "Stipendiat"ni tayyorlash maqsadida “Taʼlim muassasasi” tomonidan foydalanilishi lozim.
    1.5. Ushbu Kelishuv bitimi bo‘yicha haqiqiy "Xarajatlarni qoplash summasi", "Markaz" tomonidan tasdiqlangan va "Markaz" tomonidan to‘lovlar amalga oshirilgan barcha "Arizalar" summasidan iborat bo‘ladi.


    Download 67.59 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 67.59 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Markaz” deb yuritiluvchi “it bilimlarini rivojlantirish markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyati

    Download 67.59 Kb.