• Blokcheynning quyidagi turlari mavjud
  • Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash
  • Markazlashgan va markazlashmagan (blokcheyn) texnalogiyalari bank ishi va auditi 120




    Download 4.44 Kb.
    Sana22.01.2024
    Hajmi4.44 Kb.
    #143169
    Bog'liq
    Markazlashgan va markazlashmagan (blokcheyn) texnalogiyalari ban-fayllar.org
    .To\'plamlar ustida amallar, Geodeziya, GRAVIMETRIYA USULIDA MUTAXASSISLIGIGA QARAB KALSIY (1), TEBRANMA DINAMIKA (2), ГОСТ 8.259—2004, эмткб курс иши услубий курсатма yangi 2, 14, 2. Atom tuzilishi va kimyoviy elementlar tizimlanishi., O, Biznes Mirjalol

    Markazlashgan va markazlashmagan (blokcheyn) texnalogiyalari bank ishi va auditi 120

    MARKAZLASHGAN VA MARKAZLASHMAGAN (BLOKCHEYN) TEXNALOGIYALARI

    BANK ISHI VA AUDITI 120

    QOSIMOV ALISHER

    Blokcheyn

    (ingl. blockchain – bloklar zanjiri) – ma‘lum qoidalarga ko’ra tuzilgan uzluksiz ketma-ket, axborotdan iborat bloklar zanjiri (bir-biriga bog’langan ro’yxat).


    Bloklar – tizim ichidagi tranzaksiyalar, bitimlar va shartnomalar to’g’risidagi kriptografik shaklda namoyon bo’lgan ma‘lumotlardir. Barcha bloklar ba‘zi bir yoki barcha so’nggi tranzaksiyalar yoziladigan zanjirdan tuzilgan. YOzib olish tugagandan keyin blok doimiy ma‟lumotlar bazasi rolini o’ynaydigan umumiy zanjirga qo’shilib ketadi. Navbatdagi blok tugashi bilanoq keyingisini yaratish boshlanadi

    Bir darajali tarmoqlar Ma‘lumotlar bazasi tizimni tashkil etgan ko’p sonli tugunlarga taqsimlangan. Tarmoqqa ulanishda har bir kompyuter barcha yozuvlarni o’z ichiga olgan va barcha qachonlardir bo’lib o’tgan tranzaksiyalar isboti bo’lgan zanjir nusxasiga ega bo’ladi. Blokcheynni tranzaksiyalarni yozib olishda qo’llash uchun blokcheynni manzilingizga yoki hamyoningizga tranzaksiya bo’ldimi, yo’qmi predmetiga tekshirish imkoniyatiga ega bo’lish lozim. Agar blokcheyn faqat bitta kompyuterda saqlansa va u birdan o’chirilgan bo’lib qolsa edi, bu holat muammo chiqargan bo’lardi. Aslida, blokcheynning amaldagi holati yuklanadi, sinxronlashadi va butun dunyodagi ko’plab kompyuterlar tomonidan taqdim etiladi. Bu kompyuterlar ―tugunlar‖ yoki ―nodlar‖ (nodes) deb ataladi, va ular bir darajali tarmoqda birgalikda, blokcheyn xavfsiz va dolzarb ekanligini kafolatlash uchun ishlaydi. Bir darajali, peer-to-peer (P2P) deb ham ataladigan tarmoq, unga birlashgan barcha kompyuterlar bir xil huquqqa ega va asosiy (markaziy boshqaruvchi) server yo’qligini bildiradi. Bir darajali tarmoqlar tugunlaridan har biri blokcheynning to’liq, yangilangan versiyasini saqlaydi. Har safar, yangi blok qo’shilganda, barcha tugunlar o’z blokcheynini yangilaydi.



    Bir darajali tarmoqdan foydalanish muayyan afzalliklarga ega:  Har doim, o’tkazgich dasturidan (blockchain explorer) foydalanib, blokcheyn holatini tekshirish mumkin; Blokcheynning haqiqiy holatini bilish uchun faqat bir tomonga ishonish kerak emas;  Blokcheyn himoyalangan ekanligini bilish uchun faqat bitta server xavfsizligiga ishonish kerak emas;  Tajovuzkor odamga bir vaqtning o’zida bitta server emas, minglab kompyuterlarni buzishga to’g’ri keladi;  Blokcheyn hech qachon yo’qolmaydi degan ishonch bor, chunki buning uchun uni barcha tugunlar yo’qotishi kerak bo’ladi.

    Blokcheynning quyidagi turlari mavjud

    Ommaviy blokcheyn

    G’ayrirasmiy yoki xususiy blokcheyn

    Konsorsiumli blokcheyn

    Blokcheynning asosiy tamoyillari



    Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash;
    Xavfsizlik va himoyalanganlik;
    Ochiqlik va shaffoflik;

    Markazsizlantirish va taqsimlangan ravishda saqlash

    Insonlar hayotining u yoki bu sohasiga taalluqli har qanday ahamiyatli


    ma‘lumot biron joyda saqlanadi. Uy yoki mashina xarid qilish, kredit olish, pul
    O’tkazishlar – ushbu amaliyotlar haqidagi barcha ma‘lumotlar davlat muassasalari va
    xususiy kompaniyalar serverlarida qayd qilinadi va markazlashgan holda
    joylashtiriladi. Bu ko’pincha suiste‘mollikka olib keladi – hohlaganda har qanday
    bazaga kirib, unga o’zgartirishlar kiritish mumkin.
    Blokcheyn texnologiyasi bunday yondashuvni tubdan o’zgartiradi. Uning
    mohiyati shundan iboratki, baza bir joyda emas, butun dunyo bo’ylab tarqalgan
    minglab, ba‘zida millionlab kompyuterlarda taqsimlangan ravishda saqlanadi
    Ularning barchasi ishdan chiqishi ehtimoli g’oyat kichikdir. Tarmoqning hech
    Bo’lmasa bitta kompyuteri ishlab tursa, blokcheynga asoslangan tizim mavjud bo’ladi.

    RAHMAT!



    QOSIMOV ALISHER
    http://fayllar.org
    Download 4.44 Kb.




    Download 4.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Markazlashgan va markazlashmagan (blokcheyn) texnalogiyalari bank ishi va auditi 120

    Download 4.44 Kb.