|
Marketologlar tomonidan foydalaniladigan «strategiya» atamasi har XIL mazmunga EGA bo'lishi mumkin
|
Sana | 17.08.2023 | Hajmi | 13.56 Kb. | | #78836 |
Bog'liq Документ Elеktronika va sxеmatеxnika soxasiga oid xujjatlar tizimlari, elеktron xujjatlar va elеktron xujjat almashuvi
Kirish
Marketologlar tomonidan foydalaniladigan «strategiya» atamasi har xil mazmunga ega bo'lishi mumkin. Strategiya marketingga tegishli faoliyatning bir qismi bo’lib, marketingni rejalashtirish va uni amalga oshirish, firmaning tovar ishlab chiqarish faoliyatining bosh maqsadlari, yo'nalishlarini belgilash, tovar va narx siyosatini ishlab chiqish, raqobat kurashini olib borish, ichki va tashqi bozorlarga kirish, ularda o'zining ulushiga ega bo'lishi, reklama ishlarini olib borishi, xullas firmani muvaffaqqiyatli faoliyat olib boradigan ishlarni amalga oshirishni bajaradi. Strategiya firmaning rahbariyati tomonidan bajariladigan marketing faoliyatini tashkil qilish, boshqarish, resurslardan samarali foydalanib foydani ko'paytirishga oid ishlarni o'z ichiga oladi.
Bugungi kunda «strategiya» marketing kompleksining har xil elementlari bilan birga tasawurga ega bo'ladigan atama. Masalan, marketologlar ko'pincha mahsulot strategiyasi, tovarlarni taqsimlash strategiyasi, reklama qilish va tovarlarni sotish strategiyasi, bahoni belgilash strategiyasi, tovarlarni taqsimlash strategiyasi degan so'zlarni ishlatadilar
|
| |