Ma’ruza №13 Mavzu: Qotishma strukturasining shakillanishi O’quv model birliklari: Badiiy quymalar olish




Download 26.55 Kb.
bet1/2
Sana01.08.2021
Hajmi26.55 Kb.
  1   2

Ma’ruza №13

Mavzu: Qotishma strukturasining shakillanishi

O’quv model birliklari:

1.Badiiy quymalar olish

2. O’ta mustahkam cho‘yanlar

3.Po‘lat quymalari sanoatning turli sohalarida qo‘lanilanilishi
1.Badiiy quymalar olishda tarkibida uglerod, marganets, kremniy, fosfor va oltingugurt bo‘lgan uglerodli po‘latlar qo‘llaniladi. Mexanik va quymakorlik xossalariga asosan uglerod ta’sir ko‘rsatadi. Oltigugurt va fosfor po‘latlarda zararli qo‘shimcha xisolanadi. Oltingugurt po‘latlarning oquvchanligini kamaytirib issiq yoriqlar xosil qilishga moyilligini oshiradi. Fosfor zarbiy qovushqoqlikni uglerod miqdoriga teskari proporsional ravishda kamaytiradi. Shuning uchun oltigugurt va fosforning po‘latdagi miqdorini cheklashadi: bu ikki elementning ja’mi miqdori 0,1 % dan oshmasligi kerak. Po‘latdagi uglerod miqdorining oshishi bilan mustahkamlik chegarasi, qattiqligi va oquvchanlik chegarasi ortadi, nisbiy uzayish, namunaning ko‘ndalang kesimining torayishi va zarbiy qovushqoqligi esa kamayadi. Marganets oltigugurtning zararli ta’sirini yo‘qotadi va MnS kimyoviy birikma xosil qiladi. Uglerodli po‘latlarda marganets va oltingugurtning nisbati Mn > 1,71 S bo‘lishi kerak. Odatda marganets miqdori 0,3 – 0,8 % ni tashkil etadi. Uglerodli po‘latlar 0,2 – 0,5 % Si ga ega bo‘ladi.

GOSTga ko‘ra qo‘llanilishi va qo‘yiladigan talabga ko‘ra po‘lat quymalari uch guruhga bo‘linadi: I – umumiy qo‘llanish uchun; II – mas’uliyatli quymalar uchun; III - o‘ta mas’uliyatli quymalar uchun. Bu guruhlar tarkibidagi oltingugurt va fosforga ko‘ra farq qiladi. I – guruh quymalari uchun S – 0,05 – 0,06 % va R – 0,05 – 0,08; II – guruh quymalari uchun S – 0,045 – 0,06 % va R – 0,04 – 0,07 %, III – guruh quymalari uchun S – 0,045 – 0,05 %; R – 0,04 – 0,05 %. Qolgan elementlarning miqdori uchchala guruhda bir xil.

Ulardan 0,12 – 0,2 % S, 2,35 – 0,65 % Mn, 0,15 – 0,25 % Si, 0,06% dan kam R va 0,05% dan kam S. Kam uglerodli 15L 20L po‘latlarning oquvchanligi kam bo‘lib, quymakorlik xossalari past, issiq yoriqlar xosil bo‘lishga moyilligi esa yuqoridir. Bunday po‘latlarning kuydirish yoki narmallashdan keyingi cho‘zilish mustahkamlik chegarasi 384 – 410 MPa, nisbiy uzayishi esa 23 – 24 %. Kam uglerodli po‘latlardan mashinasozlik va elektrotexnik sanoati uchun quymalar olinadi.

Bu po‘latlar (25L, 35L, 45L) tarkibi 0,22 – 0,45 % S, 0,35 – 0,8 % Mn, 0,2 – 0,45 % Si, 0,03 – 0,05 % P, 0,03 – 0,05 % S, dan iborat. Ularning quymakorlik xossalari kam uglerodli po‘latlarga nisbatan bir muncha yuqori: oquvchanligi yaxshiroq, issiq yoriqlarga moyilligi kamroq. ¡rta uglerodli po‘latlarning cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 410 – 540 MPa, nisbiy uzayishi 12 – 23 %. Bu po‘latlardan mashinasozlik sohasi uchun mayda, o‘rta va yirik quymalar olishda foydalaniladi.

Magniy bilan 0,15 – 0,45 miqdorda modifikatsiyalab, keyin 75% miqdorda ferrosilitsiy bilan ishlov berilgan cho‘yanlar o‘ta mustahkam deyiladi. Cho‘yanga modifikatorlar qo‘shilganida grafitning o‘sish sharoiti o‘zgarib, uning shakli sharsimon bo‘ladi. Bunday shakldagi grafit cho‘yanning mustahkamligini oshiradi.



Download 26.55 Kb.
  1   2




Download 26.55 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’ruza №13 Mavzu: Qotishma strukturasining shakillanishi O’quv model birliklari: Badiiy quymalar olish

Download 26.55 Kb.