• A d a b i y o t l a r
  • Ma’ruza №7 Neft-gazkimyo sanoatining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo'llari Reja




    Download 19.54 Kb.
    Sana04.05.2023
    Hajmi19.54 Kb.
    #56259
    Bog'liq
    маъруза 7
    маъруза 5, Ma`ruza Mavzu. IshLab chiqarish sanitariyasi va mehnat gigienasi, Garmonik tebranma harakat kinematikasi va dinamikasi. Garmonik t



    MA’RUZA №7
    Neft-gazkimyo sanoatining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo'llari
    Reja
    1. Neft –gaz korxonalaridagi ekologik muammolar
    2. Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishi
    3. Qattiq chiqindilardan atrof muhitni himoya qilish

    A d a b i y o t l a r
    1. Abdullaev O., Toshmatov 3. O’zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga. T. Fan,
    1992.
    2. Rafiqov A.A Geoekologik muammolar. T. O'qituvchi, 1997, 112 b.
    3. Otaboev Sh., Nabiev M, Inson va biosfera. T. O'qituvchi, 1995, 320 b.
    4. To'xtaev A.S. Ekologiya. T. O'qituvchi, 1988, 192 b.
    5. Shodimetov Yu. Ijtmoiy ekologiyaga kirish. T. O'qituvchi, 1994.

    Hozirda ko’plab global muommolar hosil bo’lmoqda. Ulardan biri havoning ifloslanishi, orolning qurishi bo’lsa, boshqa biri havoning isib ketishi, ozon qatlamining yemirilishidir. Havo bir necha gazlardan tashkil topgan. Lekin zavodlardan chiqayotgan zaharli gazlar ham osmonga chiqadi va biz bu havodan nafas olamiz havodagi CO2 organizmimizga kirib nafas olishimizni qiyinlashtiradi. Ozon qatlami nega yemirilmoqda? Buning oldini olish uchun nimalar qilinmoqda? Degan savol har bitta odamni qiziqtirsa kerak. Olimlar,harbiylar sun’iy yo’ldoshlarni to’xtovsiz kosmosga uchirishda davom etishyapti, lekin ozon qatlami to’g’risida unutib qo’yishyapti. Axir ultra binafsha nurlar kosmosdan bemalol kirib kelmoqda!. Orolning qurishi juda ko’p noyob jonzodlar, o’simliklarni yo’qolib ketishiga sabab bo’ldi.Xo’sh orol nega quridi? Orol dengizi tiktonik yo’l bilan paydo bo’lganligi uchun yana tiktonik yo’l bilan qurib ketadi. Orol bo’yi aholisi, tuz miqdori ko’payishi natijasida kasallangan .Bugungi kunda havoni isib ketishi to’g’risida ko’p tortishuvlar bo’lmoqda. Global isishga odamzot ta’sir o’tkaza oladimi? degan savolga AQSh lik olim shunday javob beradi: “ Odam hech qachon tabiatga to’sqinlik qila olmaydi va tabiat ofatlarini oldini ololmaydi, faqatgina unga qarshi ish ko’radi. Lekin odam issiqlikga ta’sir ko’rsatadi”. 


    Global isish tabiatdan bo’ladigan hodisa hisoblanadi. U quyosh qobig’idagi qora dog’lar ya’ni magnit maydonchalari (ular quyosh aktivligidan hosil bo’ladi) ko’payishi natijasida hosil bo’ladi. Quyoshda qancha qora dog’lar ko’p bo’lsa, issiqlik ham oshadi! buni 1893-yilda Edvard Munder aniqlagan. Ilgari quyoshda bunday dog’larni ko’rishmagan, o’sha paytda iqlim sovuq bo’lgan , demak issiqlik o’sib bormoqda va yana pasayish ehtimoli bor. Lekin boshqa olimlar esa buning sababi odamlar deb ta’kidlashmoqda. Ularning fikricha odamlar yaratgan mashina, zavodlardan chiqadigan gaz CO2 ozon qatlamini yemirib, quyoshning issiqligini yerga ko’proq kelishininig sababi bo’lar ekan va aynan CO2 issiqlikning sababi deb fikr yuritishgan AQSH nig bir ekologik tashkiloti. Bu tashkilot a’zolarini so’rab surishtirish natijasida bu tashkilot vakillari ekologiya sohasiga hech qanday aloqasi yo’qligi va ular butunlay siyosat odamlari ekanliklari aniqlangan. Ular AES larni ishga tushirish maqsadida issiqlikning o’sishini bahona qilib odamlardan pul undirishadi. Odamlarning ongiga CO2 issiqlik o’sishining sababi deya singdirishadi.”Biz bunga qarshi ishlar qilamiz” deb avrab pullarini laborotoriyalar qurishga sarf qilishadi va ularga AES larning zarari yo’q, aksincha foyda deya ularga o’qtirishadi. Olimlar bu tashkilotni nohaq ekanliklarini isbotlash maqsadida ko’p dalillar topishdi. Ular grafik tuzib temperaturaga CO2 ta’sir qilmasligiga amin bo’lishdi. Yana boshqa olimlarning statistikasiga ko’ra issiqlikga zavod,mashinalar ta’sir qilmasligini ham aniqlashdi. 1920-yildan 1940-yilgacha harorat ko’tarilib, 1940-yildan, sanoat rivojlanib, mashinasozlik aynan kuchaygan vaqtda issiqlik keskin pasaygan to 1960-yilgacha pasayib yana 1961- yildan birdaniga ko’tarilib ketadi. Bundan bilish mumkinki har qanday mashina, zavod ham havoni isita olmaydi.”Okeanda, eng katta kema ham hech narsa emas”degani kabi Osmonni, kichkinagina zavodlar,mashinalar buza olmaydi.Bu degani havoni ifloslantirish mumkin degani emas. Bu mavzu teleekran,radio uchun tugalmas mavzu hisoblanadi. Glabal isish bahonasida ko’plab savdo firmalari foyda ko’rmoqda masalan: inson issiqdan himoyalanish uchun dezadarant, krem, muzlatkichlar xarid qilishadi oqibatda bu narsalarga talab oshishi bilan birga ozon qatlamni yemiruvchi qurol ham ko’payadi va savdogarlar pul ishlashadi. Issiqlikning yana bir sababi ozon qatlami yemirilishidan deb o’ylayman, chunki dezadarant, muzlatkichlardan ayniqsa chiqadigan “Freon” gazlari yomon ta’sir o’tkazadi.
    Sinoptiklarning taxminiga ko’ra agar shimoliy muz okeani erisa butun Yevropani, Rossiyaning shimoliy qismini, Shimoliy Amerikani suv bosishi mumkin bo’lgan bir paytda O’rta Osiyoda joylashgan O’zbekistonda quriqlik hukmron bo’ladi. Amudaryo Orolga quyilmasdan Tojikistonda joylashgan GESSga borib quyilar ekan oqibatda orol ham butunlay qurib ketar ekan.Lekin Aydar ko’lda suv ko’payib ketar ekan.Nima bo’lsa ham suv osmonga uchib ketmaydi.Yog’ingarchilik bilan suv omborlari yana to’ladi. Agar issiqlik ortib boraversa o’simliklar, nafas olish manbalarimiz (daraxtlar) qurib ketish ehtimoli bor, shuning uchun har bitta inson hech bo’lmasa bittadan daraxt eksa o’rmon hosil bo’lgan bo’lardi. CO2 kamayishi uchun ko’proq archalar ekish kerak.Chunki archalar CO2 ni ko’proq kislorodga aylantirib beradi. Xullas havoning isib ketishiga biz sababchi bo’lib qolmaylik.Axir biz shu tabiatdan oziqlanamiz. Daraxt barglari to’kilgan paytda u yerga tushib, chiriydi va ko’p vaqt o’tgach Torf, Neftga aylanadi. Bu neft keyingi avlod uchun kerak-ku, biz-chi ularni aksincha yoqib yuboramiz. Oqibatda o’zimiz bilgan holda havoni zaharlantiramiz. Bu dunyoda faqat biz emas, balki bizdan keyingi avlod ham yashashi kerak. Shunday ekan tabiatni asraylik!
    Atmosfera havosining ifloslanishiga avtotransport vositalarining ulushlari
    Hayotimizning farovonligiga va iqtisodiyotning rivojlanishiga avtotransport vositalarining ahamiyati va o’rni nihoyatda kattadir. Ammo atmosfera havosining sun’iy ifloslanishida avtotransport vositalari birinchi o’rinni (40%) egallab turibdi. Maishiy-kommunal xo’jaligi va qishloq xo’jaligi ikkinchi o’rinda (26%), energetika tarmoqlari esa, uchinchi o’rinni (20%, ishlab chiqarishda 14%) egallab kelmoqda.
    Avtomobil, samolyot, kosmiq kema, teplovoz, qishloq xo’jaligi mashinalari nihoyatda katta miqdorda kislorodni sarflab, atmosfera havosini is gazi, azot oksidi, uglevodorodlar, qo’rg’oshin birikmalari, chang va boshqa kanserogen moddalar bilan ifloslantirmoqda. AQSH da atmosfera havvosining ifloslanishida avtotransport vositalarining hissasi 60%ni, sanoat esa 17% ni tashkil yetadi. Sanoati rivojlangan bir qator shaharlarda (N`yu-York, Los-Anjelos, Tokio, Moskva va boshqa shaharlarda) avtmosfera havosida ifloslanishida sanoat 60%, taransport esa 13% “hissa” qo’shmoqda.
    Ba’zi ma’lumot.larning dalolat berishicha, “SHatl” kosmiq kemasini orbitaga chikargan raketa atmosfera havosiga 300 t alyuminiy oksidini oq kukun shaklida chiqargan.
    Er sharining aholisiga nisbatan avtotrnsport vositalari 3-4 marotaba ko’proq kislorodni sarflaydi. Ishlab chiqariladigan yoqilg’i mahsulotlarining 12-25% ni avtotransport vositalari iste’mol qiladi. Transport vositalariga ishlatiladigan yoqilg’ining 90% ni benzin, kerosin, solyarka va boshqalar tashkil qiladi. Yoqilg’i mahsulotlari tarkibida SO2CN4 va NO2 gazlari mavjud. (2-jadval), ammo ularning miqdori yoqilg’i turiga bog’liqdir.
    Download 19.54 Kb.




    Download 19.54 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza №7 Neft-gazkimyo sanoatining ekologik muammolari va ularni hal qilish yo'llari Reja

    Download 19.54 Kb.