• 1.1. Bilimlar iqtisodiyoti kursining maqsad va vazifalari
  • Innovatsiyalar
  • Ma’ruzalar matni 1-mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot: asosiy tushuncha va xususiyatlari




    Download 319.5 Kb.
    bet1/5
    Sana06.04.2023
    Hajmi319.5 Kb.
    #49144
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    1.Bilimlar iqtisodiyoti (1)
    HEALTH CLUBga, 1.2. Taʼlim sifatini taʼminlash, 19365, 24.y.-PUL-NAZARIYASI-Oquv-qollanma-R.A.-YUSUPOV-T.-2011-y- (1), “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi-fayllar.org



    Ma’ruzalar matni


    1-MAVZU. BILIMLARGA ASOSLANGAN IQTISODIYOT: ASOSIY TUSHUNCHA VA XUSUSIYATLARI.

    1.1. Bilimlar iqtisodiyoti kursining maqsad va vazifalari.

    1.2. Bilimlar iqtisodiyotida innovatsion texnologiyalar-iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili.
    1.3. Mamlakat ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotida bilimlar iqtisodiyotining o’rni.

    1.4. Innovatsion rivojlanishning strategik maqsadlari.

    1.5. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda innovatsion rivojlanishdagi o’zgarishlar.






    1.1. Bilimlar iqtisodiyoti kursining maqsad va vazifalari




    Innovatsiya atamasi ingliz tilidagi "innovation" so’zidan olingan bo’lib "yangiliklar, yangiliklarni joriy etish" degan ma’nolarni anglatadi. Innovatsiya atamasining mohiyatidan innovatsion menejmentning obyektiv zarurligi kelib chiqadi, boshqacha qilib aytganda innovatsiya boshqaruvni talab etadigan o’zgarishdir.
    O’zgarishlarning sabablari turli-tuman bo’lishi mumkin, jumladan :

    • qandaydir aniq turdagi mahsulot yoki xizmatlarga bo’lgan talabning pasayishi;

    • savdo kompaniyalariningo’zaro birlashishi (ya’ni, monopollashuv imkoniyati) yoki faollikning umumiy pasayishi;

    • iste’molchi afzalliklarining o’zgarishi (masalan, salomatlik to’g’risidagi g’amxo’rlikning ijtimoiy jixatdan o’sishi);

    • yangi texnologiyalar, yangi turdagi tovarlar va xizmatlarning paydo bo’lishi (masalan, xonaki shaxsiy kompyuterlar va ularning aksessuarlari);

    • mahalliy va umummilliy rahbarlikning o’zgarishi;

    • tabiiy tarzda ro’y beradigan ofatlar (zilzila, yongin, suv tufoni vabonhalar) va texnogen tarzda ro’y beradigan ofatlar (ishlab chiqarishdagi yoki uy-joy-kommunal sohadagi falokatlar);

    • boshqalar.

    Innovatsiyalarning dastlabki to’liq ta’rifini iqtisodiy fanga avstriyalik iqtisodchi olim Y.Shumpeter o’zining “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” nomli asarida kiritgan. Innovatsiyalarning klassik nazariyasi mana shu tadqiqotdan boshlanadi. Y.Shumpeterning fikricha, Innovatsiyalarnafaqat yangilik, balki ishlab chiqarish omili hisoblanadi. “Yangi innovatsiyalar”ning birdaniga ko’payishi, Y.Shumpeterning fikricha, iqtisodiyot o’sishining boshlanganligini bildiradi1.
    Bu davrda “innovatsiya” tushunchasidan foydalanmasdan, Y.Shumpeter ularni ishlab chiqarishning beshta “yangi kombinasiyalari” tushunchalari bilan almashtiradi:

    • Yangi texnikalardan, yangi texnologik jarayonlar yoki ishlab chiqarishni ta’minlashning yangi bozor usullaridan foydalanish;

    • Yangi mahsulotlarni yaratish yoki mashhur bo’lgan mahsulotlarni yangi sifatlarda yaratish;

    • Xom-ashyo va yarimfabrikatlarning yangi turlaridan foydalanish;

    • Ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning moddiy-texnik ta’minotini o’zgartirish;

    • Sotishning yangi bozorlariga kirib borish.

    Y.Shumpeter innovatsiyalar tushunchasiga iqtisodiy kategoriya sifatida ta’rif beradi:
    “Mahsulotga ta’sir qiluvchi barcha omillarni hisobga olgan holda uning miqdor jihatdan o’zgarishini aniqlab beruvchi ishlab chiqarish funksiyasi hisoblanadi. Agar biz barcha omillar o’rniga ishlab chiqarish shaklini o’zgartiradigan bo’lsak, innovatsiyalarga ega bo’lamiz”.
    U innovatsion faoliyatni sikllilik sharoitida va eski tovarlar va texnologiyalarning ularning o’rniga keluvchi yangi texnologiyalar bilan raqobatlashuvi sharoitida ko’rib chiqish zarurligini isbotlab beradi. Ya’ni innovatsiyalar – bu eski smena o’rniga keluvchi yangi ishlab chiqarish funksiyasi hisoblanadi.




      1. Download 319.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 319.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruzalar matni 1-mavzu. Bilimlarga asoslangan iqtisodiyot: asosiy tushuncha va xususiyatlari

    Download 319.5 Kb.