Mashinasozlik detallari va qoplamalari uchun yangi polimer kompozit materiallarni tarkibini tanlash va asoslash




Download 14.74 Kb.
Sana14.02.2023
Hajmi14.74 Kb.
#42232
Bog'liq
1-Maqola
Слайд 05.07.2022, TEXNALOGIYA O\'G\'IL BOLALAR UCHUN PAST O\'ZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR, Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanidan “Tarbiya jarayoniga pedago-www.fayllar.org

Mashinasozlik detallari va qoplamalari uchun yangi polimer kompozit materiallarni tarkibini tanlash va asoslash
Mazkur maqolada jahonda zamonaviy mashinasozlik sanoatini takomillashtirish, ishlab chiqarishning turli sohalari uchun jahon talablariga mos, raqobatbardosh va import o‘rnini bosadigan texnologiyalar, mashinalar va mexanizmlarning yangi takomillashgan detallari va qoplamalarini yaratish, chuqur fundamental tadqiqotlarni olib borish, dolzarb ilmiy-texnik masalalarni hal etishning muhim ahamiyat kasb etayotganligi tahlil qilib o’tilgan
Kirish
Mashinasozlikda mavjud detallari va qoplamalarining ekspluatatsion ishonchliligini ta‘minlashda yuqori samarali kompozitsion polimer materiallardan maqsadli foydalanish hamda texnologik jixozlarining ishchi sirtlariga ko‘rsatilayotgan salbiy ta‘sirini yangi kompozit polimer materiallar qo‘llash orqali kamaytirish Ba‘zi mashinasozlik detallarining ishlash qobiliyati ta‘minlanishi uchun materiallarning berilgan parametrlari detalning bir hajmi bo‘yicha emas, sirt qatlamidagina bajarilsa kifoya. Bu avvalo, yeyilishga chidamlilik, elektrokimyoviy korroziyaga va oksidlanishga bardoshlilik kabi muhim tavsiflarga tegishli. Mashina detallarining sirt qatlamini modifikatsiyalashda, detal sirtiga shunday xossa beriladiki, u detal hajmini tashkil etgan materiallarga, alohida olib qaralganda, xos emas.. Buyumlarning sirti xossalarini berilgan yo‘nalishda o‘zgartirish uchun, termik va kimyoviy-termik usullardan tashqari, qoplama berish usulidan ham foydalanish mumkin. Bunda, talab etilgan xossali materialdan yupqa qatlam beriladi, u buyum (detal) sirti bilan adgeziyali bog‟lanib ketadi . Kompozit qoplamalar berish texnologiyasi ham rivojlanib bormoqda.Bular – metallar va qotishmalar, polimerlar, oksidlar va boshqa kimyoviy birikmalar. Kimyoviy va elektrokimyoviy yog’dirish usullari bilan beriladigan metall qoplamalar metall buyumlarning korroziyaga bardoshliligini va yeyilishga chidamliligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Vazifasi bo‘yicha mashinasozlikda keng tarqalgan qoplamalar korroziyabardosh, katta haroratga bardoshli, antifriktsion va dekorativ qoplamalar bo‘ladi. Hozirgi vaqtda berilayotgan polimer qoplamalar elektr izolyatsiyalovchi, dekorativ va boshqa xossalarni optimal tarzda mujassam etadi.
Download 14.74 Kb.




Download 14.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mashinasozlik detallari va qoplamalari uchun yangi polimer kompozit materiallarni tarkibini tanlash va asoslash

Download 14.74 Kb.