• Quyida o‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli xil usullari haqida keltirib o‘tishni joiz topdim. “Qo‘shimcha ma’lumot izlayman” usuli.
  • Domino” usuli.
  • Sirli sandiq " usuli
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • O‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli XIL usullardan foydalanishning ahamiyati. Boboxonova Muyassar Ruzimurodovna




    Download 481,28 Kb.
    Sana21.02.2024
    Hajmi481,28 Kb.
    #159964
    Bog'liq
    1.Boboxonova M


    O‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli xil usullardan foydalanishning ahamiyati.
    Boboxonova Muyassar Ruzimurodovna
    Navoiy viloyati Zarafshon shahar
    6-maktab huquq fani o‘qituvchisi
    Annotatsiya: Ushbu maqolada o‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli xil usullardan foydalanishning ahamiyati yoritilgan.
    Kalit so‘zlar: interfaol usullar, Konstitutsiya, Nilufar guli, domino, huquq, burch…
    Ta’lim sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ta’lim mazmunini takomillashtirishga oid qabul qilingan qarorlar ta’limni hayot bilan bog‘lashni, o‘qitish samaradorligini oshirishni, tez taraqqiy etib borayotgan jamiyat uchun har tomonlama rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishni talab qilayapti. Keng qamrovli islohotlar ta’lim-tarbiya masalalari mohiyatini oshirib, barkamol shaxsni shakllantirishga jiddiy e’tibor qaratishni taqazo etmoqda. Buning uchun ta’lim jarayonida nafaqat ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar hamkorligidan iborat faol usullarni, balki ta’lim oluvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni ham ta’minlovchi interfaol usullardan ham foydalanish kerak bo‘ladi. Shundagina har bir dars o‘quvchiga tez va samarali yetkaziladi u o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishadi. Ayniqsa, darslarni integratsiyalashgan holda tashkil etish bugungi kunning asosiy mazmunini tashkil etmoqda. Jumladan, huquq darslarini ham geografiya, adabiyot, matematika kabi fanlar bilan bog‘lagan holda tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
    Quyida o‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli xil usullari haqida keltirib o‘tishni joiz topdim.
    Qo‘shimcha ma’lumot izlayman” usuli.
    O‘quvchilarga darslikda yo‘q ma’lumotni topib kelish uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilar kutubxonadanmi yoki internet orqalimi ana shunday ma’lumot topib kelgan bo‘lsa, guruhiga qo‘shimcha ”rag‘bat” olib beradi. Bu usul orqali o‘quvchilarni huquq faniga oid ma’lumotlarga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish mumkin.

    Domino” usuli. Bunda savollar boshlab berilib, unga ketma-ketlikda javob topiladi.



    Nilufar guli usuli. Bunda gulning markazida bayroq, gerb va davlat ramzlari so‘zlari yozilgan. Har bir guruh o‘quvchilari ushbu gulning yaprog‘idagi ta’rifni to‘g‘ri joylashtirishi kerak.


    1.Mangu osmon,va zilol suv ramzi. 2.Afsonaviy Humo qushi.
    3. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 5-moddasi.
    4.Tinchlik va pokizalik ramzi. 5. Markaziy Osiyoning eng katta daryolari
    6. 1992 yil 2 iyulda qaysi ramzlarimizdan biri tasdiqlangan?
    7. kuch-g’ayrat va qudrat ramzi 8. sakkiz qirrali yulduz
    9. Bayroq, gerb, madhiya

    10. Islom diniga sodiqlik, mustaqillik ramzi 11.Tabiat timsoli.

    12. Falakdaki 12 burj 13. Qaysi so’z “meros” degan ma’noni anglatadi?
    14. xalqning rizq-ro’zi bo’lgan g’alla timsolidir. 15. Konstitutsiyaning 5-moddasi.
    16. 1991 yil 18 noyabrda qaysi ramzlarimizdan biri tasdiqlangan?
    17. 1992 yil 10 dekabrda qaysi ramzlarimizdan biri tasdiqlangan?
    18. Nima xalqni millatga birlashtiradi, unga davlatchilik baxsh etadi?

    Sirli sandiq" usuli o‘quvchilarga mavzuni o‘zlashtirishi uchun juda samarali usuldir. Ushbu usul vоsitasida juftlik asоsida quyidagi harakatlar tashkil etiladi: o‘quvchilar navbat bilan boshqaruvchi rоlini bajaradilar. Sinf taxtasiga mashgulotda organilgan mavzu yuzasidan savollar yoziladi, dastlab boshqaruvchi rоlini bajarayotgan oquvchi qayd etilgan savollarga asоsiy tushunchalar kiritilganligini tekshiradi. So‘ngra o‘quvchilardan sinf taxtasida yozilgan savollarga javob so‘raydi, to‘g‘ri javоb bera оlgan o‘quvchi boshqaruvchi lavozimimi bajaradi. O‘quvchilarda boshqaruvchilik qobiliyatini oshirish va sinfda boshqaruvchi bolish uchun qora qutiga tushmaslik, ya’ni, savollarga toliq javob berishga intilish, mavzuni diqqat bilan tinglash va mustaqil ishlash ko`nikmalarini shakllantirish ushun bu usul samaralidir.
    Rasmga mos joy top” usuli: Guruhlarga Konstitutsiyaning moddalari aks etgan varaqalar tarqatiladi, o’quvchilar kataklarga mos rasmni topib qo’yishlari kerak.

    Xullas, yuqorida keltirilgan metodlarni turli xildagi usullar orqali davom ettirish mumkin.Oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri har bir o‘quvchiga puxta va chuqur bilim berish, tarix faniga qiziqishini oshirish, ularning har tomonlama rivojlanishlarini ta’minlashdan iborat.
    Foydalanilgan adabiyotlar
    1. B.Qosimov.”Milliy uyg‘onish”.”Sharq” 2004-y
    2.R.J.Ishmuhamedov. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. –T.: TDPU, 2004-y.
    Download 481,28 Kb.




    Download 481,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarni huquq faniga qiziqtirishda turli XIL usullardan foydalanishning ahamiyati. Boboxonova Muyassar Ruzimurodovna

    Download 481,28 Kb.