• 1-mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.
  • Mashinasozlik texnologiyasi asoslari




    Download 1.62 Mb.
    bet1/51
    Sana02.04.2023
    Hajmi1.62 Mb.
    #48226
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bog'liq
    3 mundarija
    Regulyatorlar nazorat qilish usuli, 3-kurs 19.39V Abdumalikova Gulhayo, 7, Doc1, 922



    MUNDARIJA



    Kirish. “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani bo‟yicha asosiy tushunchalar.




    Mahsulot-buyum, mashina va ularning asosiy elementlari




    Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari




    Vaqt me`yorlari




    Tanavorlarga ishlov berish operatsiyalarini tashkil etishda echiluvchi asosiy masalalar




    Mashinasozlikda aniqlik




    Aniqlikni tekshirish va baholash usullari




    Detallar partiyasi aniqligini baholashda matematik statistika usulini qo‟llash




    Ishga yaroqsiz detallar foizi va sonini aniqlash




    Mashinasozlikda bazalar va bazalash




    Bazalashning asosiy prinsiplari




    Tanavorlar va mashina detallari sirtqi qatlamlarining sifati




    Tanavorlarga mexanik ishlov berish usullari




    Mashinasozlikda texnologik jarayonlarni loyihalash asoslari




    Mashinasozlikda yig„ish jarayonlarini loyihalash asoslari




    O„lchamlar zanjirlarini hisoblash




    Ishlab chiqiluvchi texnologik jarayonlarni texnik-iqtisodiy
    ko„rsatikichlari




    Tanavorlarga mexanik ishlov berish






    1-mavzu. Kirish. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari fanining mazmuni va vazifalari.


    1. Mashinasozlik fanining o‟rni.
    2. Fanning maqsad va vazifalari
    3. Mashinasozlik fanining o‟rni.


    Tabiat insoniyat ixtiyoriga tayyor ko‟rinishda foydalanishi mumkin bo‟lgan (juda kam, sanoqli miqdordagi) buyumlarni taqdim etadi. SHuning uchun ham insoniyat tabiat buyumlarini o‟z extiyojiga moslashtirish maqsadida ish qurollari yordamida doimo mehnat qilishiga to‟g‟ri keladi. Masalan, mashina tayyor holda hech qachon tabiat tamonidan berilmaydi, uning metali ruda tarkibida beriladi.
    Inson o‟z bilimidan foydalanib rudadan metalni, metaldan kerakli sifatdagi po‟latni, po‟latdan zarur shakldagi tayyorlanmani, tayyorlanmaga mexanik ishlov berib kerakli sifatdagi detalni tayyorlaydi. Va nihoyat detallardan mashinani yig‟adi.
    Barcha bu jarayonlar mashinani tayyorlash texnologiyasi deb ataladi .
    Texnologik fanlarning rivojlanishining zamonaviy bos qichlarida mashina ishlab chiqarish texnologiyasining barcha jarayonlaridagi hamma bilimlarni bitta mutaxassislik hajmida birlashtirish juda qiyin.
    SHuning uchun ham ishlab chiqarish texnologiyasi mustaqil ahamiyatga ega bo‟lgan, rudalarni boyitish texnolgiyasi, metallurgiya texnologiyasi, quymakorlik texnologiyasi, temirchilik-shtamplash texnologiyasi, termik ishlov berish texnologiyasi va x.k. soxalardan iborat.
    Mashinasozlik texnolgoiyasi fanida ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlari hisoblangan tayyorlashning mexanik ishlov berish va mashinani yi g‟ish kabi texnologik bilimlar majmuaviy o‟rganiladi.
    Mashinasozlik texnologiyasi fanining maqsadi mashinalarni yig‟ish va detallarga mexanik ishlov berish bo‟yicha texnologik jarayonlarni va operatsiyalarni kerakli tartibda tahminlashni loyixalash, ishlab chiqish va me‟yorlash bo‟yicha bilimlar majmuasini berishdan iborat.
    Bu fanning yo‟nalishi kam material sarflanadigan yu qori unumdorlikda ishlaydigan va kam tannarxda tayyorlanadigan, jamiyat uchun zarur b o‟lgan yuqori sifatli mashinalarni yaratish bilan aniqlanadi.
    Texnologik jarayonni ishlab chiqish texnik-loyixa ishini bajarish va texnik iqtisodiy ko‟rsatkichlarini asoslab texnologik jixozlarni to‟g‟ri tanlash, ayrim hollarda zamonaviylashgan yangisini yaratish bilan bo g‟liq.
    «Mashinasozlik texnologiyasi» fani kompleks fandir. Birinchidan, bunda texnologik materialli o‟zini bayon etishdan tashqari, «Konstruktsion materiallar texnologiyasi», «Materialshunoslik», «Metallarni kesish nazariyasi», «Kesuvchi asboblar», «Metall kesish dastgoxlari» va boshqa fanlardagi xolatlardan foydalanib tahlil qilinib ishlov berish jarayonida dastgox, asbob va tayyorlanadigan detallni o‟zaro tahsir kompleksi ham beriladi.
    Masalan, mehnatni me‟yorlashtirish masalasi kesish tartibini ishlab chi qish bilan uzviy bog‟liqdir. Kesish tartibini ishlab chiqish «Metallarni kesish nazariyasi» tadqiqotlarini natijasidir. Xuddi shuningdek kesish kuchlari t o‟g‟risida ham, moslamalarni va mexanik ishlov berish ani qligini hisoblashda qilishimiz zarur bo‟lgan kattalikni aytish mumkin. Kesish kuchlarini o‟lchash va uni nazariy hisobi «Metallarni kesish nazariyasi»da keltirilgan.
    Kesuvchi asboblar va dastgoxlarni bilish texnolgik jarayonni t o‟g‟ri tuzish uchun zarur bo‟ladi. Materialshunoslikdan olingan bilim detal va boshqalarni materiallarni tanlash uchun o‟ta zarurdir.
    «Mashinasozlik texnologisi» ikki bo‟limdan tashkil topgan.
    Birinchisi – barcha texnologik mutaxassisliklar uchun umumiy kurs me‟yorlash va texnologik jarayonlarni mukammal ishlab chi qishni loyixalash asoslarini, mexanik ishlov berishda aniqlikni hisoblash, qo‟yimlarni hisoblash, detalni bazalashtirish, moslamalarni konstruktsiyalash va mashinalarni yi g‟ish to‟g‟risida asosiy mahlumotlarni o‟z tarkibiga oladi.
    Ikkinchisi – maxsus kurs foydalaniladigan dastgox, moslama, maxsus asboblarni taxlil qilish va yoritish bilan talabaning yo‟nalishiga mos mashina va jixozlarning detallarga ishlov berishning tipli usuli va yig‟ishni o‟z ichiga oladi.
    Hozirgi vaqtda yengil sanoat, to‟qimachilik va paxta tozalash mashinasozligini rivojlantirishga katta ehtibor qaratilmoqda.


    2. Fanning maqsad va vazifalari


    “Mashinasozlik texnologiyasi asoslari” fani asosiy fanlardan biri
    hisoblanadi. Fanning o‟qitishdan maqsad - talabalarda mashinasozlik texnologiyasi asoslari to‟g‟risida tushuncha hosil qilishdan iboratdir. Fanning vazifasi - olingan bilimlarni amaliy jixatdan qo‟llay olishi va detallarni tayyorlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqishni o‟rgatishdir.
    Oliy kasb ta'limi Davlat ta'lim standartiga asosan, bakalavriyatda quyidagi bilim va ko‟nikmalarni shakllantirishdan iborat: - talabalar mashinalarni yig‟ishni, detallarni tayyorlashda uning aniqligini oshirish yo‟llarini, iqtisodiy jihatdan samarali usullarda detal tayyorlash jarayonlarini bilishdir. a) bilishi kerak:
    - talaba ishlab chiqarish jarayonlari, ishlab chiqarish turlari, mexanik ishlov beri shdagi aniqlikni ta'minlash, ishlov beriladigan yuza sifatini ta'minlash: tayyorlanmani olinish usulini tanlash to‟g‟risida bilimga ega bo‟lish kerak;
    b) o‟quviga:
    - talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni aniqligi va sifatini qo‟yilgan talablar bo‟yicha olish to‟g‟risida o‟quvga ega bo‟lish kerak;
    v) ko‟nikmasiga:
    - talaba mashinasozlikda tayyorlanadigan maxsulotlarni tayyorlashda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, ishlab chikarish turini tanlash, kerakli aniqlik va
    sifatni ta'minlash bo‟yicha kerakli tadbirlarni amalga oshirish ko‟nikmasiga ega bo‟lishi kerak.
    Mazkur fanni yaxshi o‟rganish uchun talaba oldingi semestrlarda o‟tilgan «Konstruksion materiallar texnologiyasi», “Materialshunoslik”, “Materiallar qarshiligi”, “Mashina detallari”, “O‟zaro almashuvchanlik va texnik o‟lchamlar” kabi fanlarni chuqur o‟zlashtirgan bo‟lishi kerak hamda mazkur fan talaba tomonidan keyingi semestrlarda o‟qitiladigan «Mashinasozlik texnologiyasi», “Tarmoq mashinalarini montaji eks‟luatattsiyasi va ta'mirlash” fanlarini o‟zlashtirish hamda bitiruv malakaviy ishlarini bajarish uchun zamin yaratadi.
    1.1. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanining ishlab
    chiqarishdagi o‟rni
    Hozirgi kunda, ichlab chiqarishni ilg‟or texnologiyalar asosida tashkil qilishda, zamonaviy avtomatik tizimlardan keng foydalanish, yangi konstruksiadagi mashinalarni ishlab chiqarishni talab qiladi. «Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fanini o‟rganmasdan turib tehnologik mashinalarining sifatli ishlashini ta‟minlab bolmaydi.


    2-M A R U Z A



    Download 1.62 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 1.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik texnologiyasi asoslari

    Download 1.62 Mb.