Masofali oʻqitish metodlari va modellari




Download 21.91 Kb.
Sana22.02.2024
Hajmi21.91 Kb.
#160710
Bog'liq
Mavzu 7 Masofali oʻqitish metodlari va modellari. Masofali oʻqitish metodlari. Masofali oʻqitish modellari. Birlamchi model, ikkilamchi model, aralash model, konsortsium, yiroqlashgan auditoriya Mahalliy masofavi
Chiroyli yozuv yakuniy nazorat (1), CHiroyli yozuv fan dasturi, BIRINCHI SINFDA YOZUV MALAKALARINI, 6-Mavzu, Ижод фаол техн - 1-АМАЛИЙ , 2-M Shaxs rivojlanishi haqida tushuncha, 3-mavzu ma\'ruza tabiat, YOSHLARNI KASB HUNARGA QIZIQTIRISHNING INNOVATSION USULLARI MAQOLA, e\'lon 13.02, 7- modul maktabgacha ta’lim tashkilotlariga rahbarlik qilish. , Очиқ дарс баённомаси 21-06 (2), 6-Mavzu, 12. Infokfaktor 25.04.2023 , FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO, FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Mavzu 7 Masofali oʻqitish metodlari va modellari. Masofali oʻqitish metodlari. Masofali oʻqitish modellari. Birlamchi model, ikkilamchi model, aralash model, konsortsium, yiroqlashgan auditoriya.Mahalliy va halqaro masofaviy ta’lim kurslari. Mahalliy masofaviy ta’lim kurslari. Ta’lim muassasalari masofaviy kurslari. Halqaro masofaviy ta’lim kurslari. INTUIT, EDX, BitClass, CodCombat va boshqalar.

REJA:
1. Masofadan o‘qitish tizimlari. Masofaviy o‘qitishni tashkil qilish va yuritish


2. Masofaviy ta’limda o‘qituvchi aloqasi. Masofaviy ta’limda o‘zaro aloqa
3. Masofaviy o‘qitish modellari va ularning turlari
4. Internet orqali mustaqil ta’lim.
5. Elektron pochta orqali ta’lim.


Ta’lim sohasiga mo‘ljallangan kompyuter vositalarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: umumiy foydalanishga mo‘ljallangan xizmatchi dasturiy vositalar, o‘rganuvchilar bilim va ko‘nikmalarini tekshiruvchi dasturiy vositalar, elektron trenajerlar, matematik va imitatsion modellashtirishga mo‘ljallangan dasturiy vositalar, virtual laboratoriya dasturiy vositalari, ma’lumot-qidiruv tizimlari, avtomatlashtirilgan o‘qitish tizimlari, elektron darsliklar, ekspertli o‘qitish tizimlari, aqliy (intellektual) o‘qitish tizimlari, avtomatlashtirilgan kasbiy faoliyat vositalari (ishlab chiqarish tizimlari yoki ularning o‘qitish vositalari). Kompyuter texnologiyalari asosidagi masofaviy o‘qitish (MO‘) texnik infratuzilmaga asoslangan bo‘lib, quyidagilardan iborat: kompyuter (o‘quv ma’lumotini joylashtirish va namoyish qilish vositasi sifatida) va kompyuter tarmog‘i (o‘quv ma’lumotidan foydalanish imkonini beruvchi vosita sifatida). Hozirgi paytda yaratilayotgan masofadan o‘qitish tizimlari bir qancha tamoyillarga asoslanadi. Bu tamoyillarga quyidagilarni kiritish mumkin: o‘quv materialining tarqalishi tamoyili, o‘quv materialining interaktivligi tamoyili, o‘quv materialining multimediaviy tasvirlanishi tamoyili, o‘quv materialining o‘rganuvchi shaxsiy xususiyatlariga moslashuvchanligi tamoyili va h.k. Axborot o‘quv manbalarini ikki guruhga bo‘lishimiz mumkin: o‘rganuvchi kompyuterida mavjud bo‘lgan (lokal komponentlar) va o‘quv markazi kompyuterida joylashgan (tarmoq komponentlari) o‘quv manbalari. Hozirgi vaqtda Oliy o‘quv yurtlarida (OO‘Yu) MO‘ kurslarini yaratish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar kursni yaratish protsedurasini yengillashtiruvchi va ko‘p sonli talabalarni o‘qitish imkoniyatini beruvchi dasturiy vositalar uskunasini tanlash muammosi bilan duch kelinmoqda. Aksariyat elektron nashrlarda materiallarni HTML tili (yoki XML) yordamida 44 yaratilmoqda. Bunda qo‘shimcha ravishda Java va boshqa tillarda online testlari, interaktiv so‘rov shakllari, animatsiya, veb-forum va chatlar ham yaratilmoqda. Bunday qo‘l mehnati o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Ijobiy tomoni – bu kurs interfeysi soddaligi, veb-sahifaning yuqori tezlikda yo‘qlanishi, shrift va stillarni tanlash, veb- o‘quv materiali yoki foydalanuvchidagi mavjud ma’lumotlar matnini tahrirlashda qulaylik tug‘dirsa, salbiy tomonlariga bunaqa kurslarni yaratish uchun ko‘p mehnat sarflanishi, kurs sahifasidagi materiallarni yangilash, tahrirlashdagi noqulayliklar, dizaynning ko‘rimsizligi, bitta kurs bo‘yicha uning interaktivligini oshirish uchun – chat-serverlar, veb-forumlar, onlaynli kutubxona tizimi va turli ma’lumotlar bazasidan foydalanish zarurligini keltirish mumkin. Keyingi paytlarda kasbiy darajadagi MO‘ kurslarini yaratish bo‘yicha integrallashtirilgan uckunaviy dasturiy qobiqlar ko‘plab yaratilmoqda. Ular masofaviy kurslarni yuritishda quyidagi modullarni o‘z ichiga oladi: uskunaviy modul – veb-sahifa, test, so‘rovlar yaratish vositalari, turli kurs elementlarining bir-biri bilan bog‘lanishi va boshqalar; interaktiv modul – chat, veb-forumlar, kursning ichki elektron pochtasi, e’lonlar doskasi, individual sahifalar; boshqaruvchi modul – o‘rganuvchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasi, o‘rganuvchilar faolligini kuzatish vositalari, ularning o‘zlashtirishini nazorat qilish ma’lumotlar bazasi va boshqalar; namoyish qilish moduli – o‘rganuvchilar foydalaniladigan veb-o‘quv materiali; arxiv modul yoki kurs mediatekasi – o‘rganuvchi o‘quv maqsadida qo‘llashi mumkin bo‘lgan matnlar, rasmlar, animatsion, video- va audio- fayllar va shu kabi materiallar kollektsiyasi. Aksariyat qobiqlarda o‘qituvchi yoki kurs yaratuvchisi yoki o‘rganuvchilar uchun har xil ruxsat darajalari va albatta interfeyslar o‘rnatiladi. Masalan, o‘rganuvchi faoliyat jarayonida o‘qituvchi, administrator va kurs yaratuvchisi uchun ruxsat berilgan uskunaviy va administrativ modulni “ko‘rmaydi”. Hozirgi paytdagi kurs yaratish qobiqlari yo‘qsak murakkablikka ega. Murakkablikni tanlashda qobiq nafaqat hozirgi oliy o‘quv yurtlari va MO‘ kursini yuritish talablariga javob berishi, balki keyinchalik MO‘ tizimining ham son jihatdan (o‘qitish hajmining kengligi, o‘quv kurslarining ko‘pligi), ham sifat jihatdan (kurslar interaktivligi oshishi, o‘qitish texnologiyasi va metodikasining hamkorlikda, kichik guruhlarda va boshqalarda qo‘llabquvvatlanishi) rivojlanishiga ham ta’sir qilishi lozim. Quyida biz oliy o‘quv yurti xodimi yoki dasturchisi MO‘ kursini yaratishida uskunaviy dasturiy vositalarni tanlashda yuzaga keladigan ba’zi 45 muammolarni keltirib o‘tamiz: Oliy o‘quv yurtining iqtisodiy imkoniyatlari, MO‘ dasturiy vositalarini joriy qilishda qanday vositalar rejalashtirilgan, ya’ni, MO‘ kursining ayni paytda va keyinchalik texnik kuzatuvi uchun rejalashtirilgan budjet taqsimoti qanday? Yaratilayotgan qobiq qancha o‘rganuvchiga (talabaga) mo‘ljallangan? Aniq bir sondagi o‘rganuvchilarga mo‘ljallangan yoki o‘rganuvchilar soni cheklanmagan qobiqlarni litsenziyasi bilan birga sotib olinishiga talab qanday? Kurs foydalanuvchisi, o‘qituvchisi, administratori ish joyini tashkil qilishdagi mavjud minimal texnik talablar darajasi qanaqa? Universitet MO‘ markazida kerakli uskunalar - server, Internetga chiqish kanallari, dasturiy ta’minotlar uchun mavjud minimal va maksimal talablar ta’minlanganmi? Tuzilgan qobiq O‘zbekiston va xorijning yetakchi Oliy o‘quv yurtlarida qo‘llanilayotgan boshqa dasturlar bilan mos tushishi, qabul qilingan xalqaro meyorlarga to‘g‘ri keladimi? Ushbu qobiq qaysi tilda tuzilgan? Foydalanuvchi uchun qo‘llanma, foydalanuvchining yordam oynasi va boshqalar mavjudmi? Ushbu qobiq yordamida o‘quv jarayonini boshqarish mumkinmi? Dasturda “elektron dekanat”, “elektron buxgalteriya” vazifalari mavjudmi? Ushbu tizim bilan ishlashda kerak bo‘ladigan MO‘ markazi xodimlari soni, tizimni o‘rganish va qayta ishga tushirish qiyinligi yoki buni tarmoq administratori bilimiga ega bo‘lgan har qanday xodim amalga oshira oladimi? Ushbu qobiqdan foydalanish mobaynida MO‘ kurslarining yangi model va ko‘rinishlarini rivojlantirish mumkinmi? O‘quv kursiga ushbu qobiq asosida tuzilgan multimediaviy komponentlar va tasviriy illyustratsiyalarni qo‘shish imkoniyati bormi? Qobiqda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida aloqa o‘rnatishni tashkil qilish: ichki elektron pochta, e’lonlar taxtasi, chat (virtual sinflar), veb-forumlardan foydalanish mumkinmi? Qobiqda o‘qituvchi va talaba o‘zini yengil his qilishi, sodda va do‘stona foydalanish interfeysi mavjudmi? Shu o‘rinda bu muammolarning ba’zilariga javoban mumkin bo‘lgan yechimlarni keltirib o‘tamiz. Masofaviy o‘qitish tizimini yaratishda dasturchi uchun qulay muhit yaratish va minimal texnik imkoniyatlar bilan ta’minlash muhim muammolardan biridir. Dasturchining qaysi dasturlash tili yoki texnologiyasidan foydalanishini hisobga olib, uni zarur bo‘lgan minimal texnik holatdagi kompyuter bilan ta’minlash kerak. Hozirda zamonaviy dasturlash tillaridan foydalanishda quyidagi holatdagi kompyuterlarni ishlatish mumkin: 128 Mb hajmdagi tezkor xotira, 1.4 MGts chastotali protsessor, 20 Gb hajmdagi doimiy xotira, 64 Mb hajmdagi video xotira, 15 dyumli monitor, CD,DVD-ROM, Floppylardan iborat bo‘lgan kompyuter. Bunday texnik holat har tomonlama o‘rtacha texnik holat hisoblanadi. Kompyuterlarning texnik holatini tanlashda unga o‘rnatiladigan dasturlarning kamchiliksiz ishlashini 46 ta’minlash ham hisobga olinadi. Zamonaviy tarmoq texnologiyasida (JSP, ASP, PHP) dastur yaratishda Java5.0, Visual Basic Net, Delphi 8.0 kabi dasturlash tillari, Apache Tomcat 5.9, PHP server, ColdFusion kabi klientserver dasturlari, Oracle 9.0, Microsoft SQL Server, Mysql kabi ma’lumotlar bazasi dasturlarini turli belgilangan talablarga javob beradigan kompyuterga o‘rnatishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun har bir dastur uchun alohida talablari o‘rganilib chiqiladi. Masofaviy o‘qitish tizimini yaratishda uchraydigan muammolardan yana biri bu tizimda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘zini erkin his qilishi uchun keng imkoniyatning mavjudligidir. Ma’lumki masofadan o‘qitish tizimining o‘qituvchi va o‘quvchi uchun foydalanish interfeysi turlicha tashkil qilinadi. Shunday ekan, o‘quvchi interfeysi faqat vazifalar oynasidan iborat bo‘lmasdan, mustaqil fikr, munozaralar oynasi, ichki chat, elektron xabar almashish, savoljavob kabi imkoniyatlar ham kiritilishi lozim. O‘qituvchi ham o‘ziga biriktirilgan o‘quvchilar bilan ish yuritishida keng imkoniyatlarning mavjud bo‘lishi tizimning yutug‘i hisoblanadi. Bunday imkoniyatli masofadan o‘qitish tizimiga misol sifatida www.virtual-university-eurasia.org manzildagi Internet tarmog‘ida qo‘llanilayotgan e-Saboq masofaviy o‘qitish platformasini keltirish mumkin. Masofaviy ta’lim tizimida o‘qitishni olib borishda yangi axborot texnologiyalari (YaAT) vositalaridan keng foydalanilmoqda. Bu borada MO‘ kursi o‘qituvchisiga o‘qitishni olib borishda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishdagi bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar mavjud bo‘lib, bu talablarni quyidagicha izohlash mumkin: shaxsiy kompyuter va uning qo‘shimcha qurilmalarining ishlash tamoyillarini bilishi, zamonaviy dasturiy ta’minotlar (kamida MS Word matn muharriri, namoyish yaratuvchi MS Power Roint dasturiy va boshqa MS Office paketidagi standart dasturlar) bilan ishlay olishi, Internet tarmog‘i va dasturiy ta’minoti (kamida, MS Explorer vebbrauzeri va MS Outlook Express elektron pochta dasturi)ning asosiy ishlash tamoyillarini bilishi, o‘qitishda YaAT vositalaridan foydalanish muammolari bo‘yicha metodik materiallar va ilmiy adabiyotlarga egaligi, o‘quv jarayonini boshqarishda kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini tushunishi va shu kabilar. Bundan tashqari bunday talablarga quyidagilarni ham qo‘shimcha sifatida kiritish mumkin: dasturiy ta’minotni didaktik imkoniyatlari nuqtainazaridan analiz qila olish, YaAT vositalaridan foydalanishda talabalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazish va uni tashkil qilish uslubiyatini yuritish, Internet, turli elektron ma’lumotlar, ma’lumotlar bazasi, axborot-qidiruv tizimlari, lug‘atlardan mustaqil ravishda kerakli ma’lumotlar qidira olish, ma’lumot saqlanishi, uni tahlil qilish va uni tasvirlashda mos shakllarni tanlashni tashkil 47 qila olish, qo‘yilgan topshiriqni yechish uchun olingan ma’lumotni ishlata olish va shu kabi masofaviy kurs o‘qituvchisiga qo‘yiladigan talablarni masofaviy ta’lim tizimini tashkil qilishning muhim muammolari sifatida qarash mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan talablarga axborot-telekommunikatsiya vositalari bilan ishlashda maxsus bilim va tajribalarni ham qo‘shish mumkin. Bunday talablar turli Internet xizmatlari – elektron pochta, telekonferentsiya va boshqalar bilan ishlash, aniqrog‘i, foydalanuvchilarning Internetda o‘zaro aloqa qilishlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Masofaviy o‘quv kursi o‘qituvchisining Internet texnologiyalari sohasidagi maxsus bilim va ko‘nikmalari quyidagi talablarga javob berishi zarur: telekommunikatsiya tizimlari vazifalarining asosiy ko‘rinish va umumiy tamoyillarini bilishi, Internetga turli darajada ulanish imkoniyati haqida tushunchaga ega bo‘lishi, telekonferentsiyani o‘tkazish va tashkil qilishni bilishi, telekommunikatsiya etiketiga ega bo‘lishi, boshqa foydalanuvchilar bilan ma’lumot almashish uchun turli telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiya, aniq bir vaqtda aloqa o‘rnatish (chat) va boshqalar) dan foydalana olishi, tarmoqda ma’lumotni “namoyish qilish” malakasiga ega bo‘lishi, tarmoq ma’lumot manbalari bilan ishlay olishi, masofadan o‘qitish nashrlarini tuzishda qo‘llaniladigan uskunaviy dasturiy vositalar haqida tushunchaga ega bo‘lishi, elektron pochta bilan ishlay olishi, tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan munozara o‘rnata olishi, zamonaviy gipermatnli va gipermediaviy tizimlar bilan ishlay olishi, Internetdagi mavjud axborot manbalardan o‘qitish maqsadiga mos keluvchi ma’lumotlarni qidirib, tanlay olishi, turli amaliy dasturlar (matn tahrirchilari, grafik, HTML tahrirchilari) va ayrim utilitalar (arxivatorlar, kodlovchi dasturlar va boshqalar) yordamida tarmoq bo‘ylab ma’lumot yuborishni bilishi va shu kabilar. Masofaviy ta’limda yuzaga keladigan muammolardan yana biri bu o‘quv materialining foydalanuvchi uchun moslashuvchan bo‘lishidir. O‘quv jarayoni samarasini ko‘tarishda o‘rganuvchi imkoniyatlariga moslashuvchan o‘quv materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Bunda o‘quv materialida 2- D, 3-D tasvirlar, izoh, ko‘rsatma, taqdimotlardan tashqari video, audio ma’lumotlardan foydalanish nazarda tutiladi. Yuqorida keltirilgan masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilish borasidagi mas’ul xodimlar, dasturchilar, masofaviy kurs o‘qituvchilariga qo‘yiladigan talablar tizimni tashkil qilishda muhim muammolardan biri sifatida qaraladi. Biz bu bo‘limda masofaviy o‘qitish tizimini tashkil qilishda duch keladigan va yechilishi lozim bo‘lgan muammolarning asosiylarini ko‘rib chiqdik. Bu borada mavjud bo‘lgan muammolar juda ko‘p. Masalan, texnik (kompyuter va texnik qurilmalar, aloqa kanallari bilan ta’minlash) , tashkilotchilik (yuqori 48 malakali boshqaruvchi, o‘qituvchilar, mutaxassislar bilan ta’minlash) va uslubiy (ko‘rgazmali qurollar, ma’ruzalar matni, multimedia, animatsiya, test ma’lumotlari bilan ta’minlash) jihatdan muammolarni hal qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday muammolar to‘liq hal etilgandagina tizimni masofaviy ta’lim sohasida samarali o‘qitish tizimi sifatida amalda qo‘llash mumkin. Masofaviy o‘qitish modellari Birlamchi model. Ushbu model fakat masofaviy o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o‘qituvchiga biriktirilgan bo‘lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo‘limlar bo‘lishi shart. Shunday o‘quv kurslarda o‘qituvchi va o‘quvchilarga o‘quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyo‘q Britaniyaning Ochik Universitetidagi (http://www.ou.uk) ta’limni olish mumkin. Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim o‘quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruxda bir xil o‘quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o‘quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga karaganda ko‘p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yunalishlarni izlanishlarida qo‘llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi (http://www.une.edu.au) ta’limni olish mumkin. Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta’lim turlirini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O‘quvchilar o‘quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o‘qiydi. Shu bilan birga bu ta’lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar utkazish ham kiradi. Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta’limni olish mumkin. Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashishni talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o‘quv kurslarni tashkil qilib ishini ta’minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o‘quvchilarni ta’minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o‘rnida ta’lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o‘quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif huquqlarini tekshirish zarur bo‘ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochik O‘quv Agentligidagi (http://www.ola.bc.ca) ta’limni olish mumkin. 49 Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o‘zlari yaratgan o‘quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta’lim sohasida yetakchi bo‘lgan o‘quv muassasa bu sohada ilk qadam kuyadigan muassasaga o‘zining o‘quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o‘quvchilari bir xil ta’lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol qilib Ochik Universitet Biznes maktabi va Sharkiy Yevropa Universitetlari bilan bo‘lgan hamkorligi bo‘lishi mumkin. Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo‘lgan munosabatlariga o‘xshash. Bu modelda bitta universitet o‘quv o‘, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o‘quvchilarni ta’minlaydi. Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o‘quv muassasada bo‘lib utgan o‘quv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron telekursatuvlar kurinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o‘quvchilar kunduzgi ta’limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib AQShning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta’limni olish mumkin. Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta’lim mutaxassislari va pedagoglar to‘plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o‘z vazifasini bajargandan keyin to‘xtatiladi. Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o‘tkazilgan qishloq hujaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi utkazilgan har xil kurslar bo‘lishi mumkin. Masofaviy ta’limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta’limning o‘zini metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlari va afzalliklarga hamda o‘zining kamchiliklari va salbiy tomonlarga ega. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Dars jadvalining qulayligi. O‘quvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan vaqtda o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. 2. Qulay foydalanish manzillari. O‘quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o‘quv jarayoniga qatnashishi mumkin. 3. Qulay o‘qish tempi. Ta’lim, o‘quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida utkaziladi. 4. Qulay o‘quv reja. O‘quv rejani talabalarga individual va davlat ta’lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin. 50 5. Ma’lumotlar bazasini to‘planishi. Oldingi o‘qigan talabalar bilimlarini to‘plash va undan foydalanish imkoniyati. 6. Ko‘rgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati. 7. Malakali o‘qituvchilarni tanlab ta’lim jarayoniga jalb qilish. Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Cheksiz masofaga ta’lim berish. O‘qituvchi va o‘quvchilar urtasidagi masofa xech kanday ahamiyatga ega emas. 2. Ish jarayoniga halaqit bermasligi. O‘quvchi ishdan ajralmas holatda ta’lim oladi. 3. O‘quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta’lim texnologiyalarni to‘liq qo‘llagan o‘quv muassasa talabalar soni 2-3 barovar oshishi mumkin. 4. Narxi. Masofaviy ta’lim kurslari 2 va 3 barovar oddiy kurslarga qaraganda arzon. Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Ijtimoiy guruxlarga ajratish yo‘qligi. Masofaviy ta’lim kursida ikkinchi oliy yoki kushimcha ma’lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorganlik utash istagida bo‘lganlar; ikkinchi paralel ma’lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar; armiya xizmatida bo‘lgan shaxslar; erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin. 2. Yosh cheklanishlari yo‘qligi. O‘qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi. Ammo masofaviy ta’limda salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 1. Elektron holatdagi ta’lim va mulokot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta’lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta’lim turlarida o‘qish istagida bo‘lishadi. 2. Davlat masofaviy ta’lim standartlari yo‘qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko‘pgina masofaviy ta’lim kurslari bitiruvchilariga fakat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi. 3. Virtual muxit va texnika ta’minot bilan bog‘liqligi. Masofaviy ta’lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taallukli. Masofaviy ta’limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari. 51 Masofaviy ta’limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: INTERAKTIV texnologiyalar: 1. Internet masofaviy ta’lim portali. 2. Video va audio konferentsiyalar. 3. Elektron pochta orqali ta’lim. 4. Internet orqali mustaqil ta’lim olish. 5. Uzoqdan boshqarish sistemalar. 6. Onlayn simulyator va o‘quv dasturlar. 7. Test topshirish sistemalari. 8. INTERAKTIV bo‘lmagan texnologiyalar: 9. Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar. 10.Televizion va radio ko‘rsatuvlar. 11.Disklarda joylashgan dasturlar. Video va audio konferentsiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloka kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion holatda bir biri bilan bog‘lab ta’lim olish yo‘li. Video va audio konferentsiyalar uchun katta xajmda maxsus texnika, yo‘qori tezlikga ega bo‘lgan a’loka kanali va o‘qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo‘ladi. Internet orqali mustaqil ta’lim olish - bu Internetda joylashgan ko‘pgina saytlarda joylashgan katta xajmdagi ma’lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo‘li. Elektron pochta orqali ta’lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o‘quvchi va o‘qituvchi urtasida xatlar orqali mulokot urnatib ta’lim olish yo‘li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob va ko‘rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa kurinishida) junatib kabul qilishimiz mumkin. Uzoqdan boshqarish sistemalar - murakkab dastur, sistema va uskunalarni real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus sistemalar yordamida bilim olish yo‘li. Uzoqdan boshqarish sistemalarning asosiy vazifasi o‘quvchiga fakatgina amaliy bilimlarni berish. Simulyator, elektron darsliklar va o‘quv dasturlar - bu asosan nazariy va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o‘quvchilarga off-layn holatida olish yo‘li. Simulyator va elektron dasrliklar hozirgi kunda ta’lim sohasida juda keng qo‘llanilyapti. Test topshirish sistemalari - bu maxsus dasturlar yordamida o‘quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish ing asosiy vazifasi bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baxolash. Internetning masofaviy ta’lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ush bu saytlarning asosiy vazifasi - ta’lim jarayonini tashkil qilish, 52 yoki boshqa so‘zlar bilan o‘quvchi va o‘qituvchi urtasida elektron on-layn mulokotni urnatish, o‘qituvchilarga o‘quv materiallarni joylashtirish va o‘quvchilarga shu ma’lumotlar bilan hamda boshqa masofaviy ta’lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish. IDC (http://www.idc.com) kompaniyaning ilmiy izlanish natijalari buyicha, global onlayn-ta’lim bozori 2000 yilda 2,2 milliard AQSh $ ga teng bo‘lsa, 2005 yilga kelib jaxonda ta’lim sohasiga tegishli internet-dasturlar 18.5 milliard AQSh $ ga teng sotilishi kutilmoqda. Nielsen-NetRatings kompaniyaning izlanishlari natijasida, 2000 yil mart oyida Internet foydalanuvchilar soni 379 mln. ga teng bo‘lgan bo‘lsa ulardan 211 mln. internetning aktiv foydalanuvchilari. Ushbu kompaniya ma’lumotlariga kura eng aktiv foydalanuvchilar Janubiy Koreyada joylashadilar - bir oyda 2164 Web sahifani ko‘rib chikishadi (dune buyicha urtacha 774 Web sahifa). Undan keyingi urinlarda Singapur, Germaniya, Yaponiya va Kanada mamlakatlari turishadi. AQSh esa 7 urinda. 2005 yilga Internet foydalanuvchilar soni 1 milliardga teng bo‘lishi kutilmoqda. 135 million AQSh fukorolari Internet xizmatlaridan doimiy foydalanmoqda bo‘lib, 2002 yildagi har bir ishlatilgan dollarning yarimi Internet orqali ishlatilgan. Masofaviy ta’limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular - masofaviy kurs avtori, metodist, o‘qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikatsiya va dasturiy ta’minot gruppasi hamda o‘quvchilar. Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs. Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultatsiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs. O‘qituvchi - o‘quvchilar bilan o‘qish jarayonida mulokotda bo‘luvchi va ularga yordam beruvchi hamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs. Ruxshunos - o‘qish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs. Administrator - o‘quvchilarni kabul qilish va o‘qishdan chetlash masalalarini yechuvchi va malakali o‘qituvchilarni jalb qiluvchi shaxs. Dokumentoved - hujjatlar bilan ishlovchi shaxs. Telekommunikatsiya va dasturiy ta’minot gruppasi -dasturlar va telekommunikatsiya resurslar ishini ta’minlovchi shaxslar. O‘quvchilar - o‘quv jarayonida qatnashuvchi shaxs. O‘quv jarayoninin tashkil qilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur bo‘ladi: 53 Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va ... ) va kimlar uchun o‘qitish kerak. O‘qish metodlarini tanlash. O‘quv jarayoni davomida bilimlar va kunikmalar darajasini diagnostika hamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak. O‘quv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va hajmlarni aniqlash kerak. Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga bo‘lish, har bitta modul tugallashidan keyin o‘quvchi tomonidan qanaqa bilimlarga ega bo‘lishini aniqlash kerak. O‘quv jarayonini monitoringni tashkil qilish. Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish, O‘quvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish, O‘quv jarayoni natijalarini prognozlashtirish, Natijalarni aniqlash va tahlil qilish. Masofaviy o‘qitishda axborot manbalari bilan ta’minlash. O‘zbekiston boshqa mustaqil davlat hamdustligi mamlakatlariga o‘xshab o‘zining ta’lim sohasini jahon standarlariga olib kelishda ko‘p harakatlar qilmoqda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta’limni rivojlanishiga asosiy sabab bo‘lib, unga katta ahamiyat berilishiga olib kelmoqda. Hozirgi moliyaviy tankislik davrida, ta’limning bu turidan keng mikyosda foydalanish lozim. Mazkur ta’lim turini joriy qilish bilan bog‘liq ayrim muammolarning kelib chikishi tabiiy. Bular asosan mablaglar, texnika ta’minoti va shu sohada malakali muxandis hamda pedagog kadrlar yetishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida hal qilishimiz zarur chunki, O‘zbekiston sharoitida masofaviy ta’limni tashkil qilinish katta samara berishi aniq. Shu bilan birga mamlakatimizda 2000 yildan o‘z ishini olib borgan, AQSh Davlat Departamentining Ta’lim va Ma’daniyat masalalari buyicha byurosi (ECA) va Xalkaro Ilmiy Tadkikotlar va Olimlarni Ayrboshlash Kengashi (IREX) tomonidan tashkil qilingan "Internetdan foydalanish va o‘qitish programmasi" (http://www.iatp.uz) va "O‘zbekiston maktablarida Internet" (http://www.connect.uz) programmalarini ham aytish lozim. Shu programmalarning asosiy vazifasi - bizning Respublikamizda Internet va uning xizmatlarini rivojlantirish va axoli ichida keng tadbik qilish. Ushbu programmalar natijasi deb hozirgi kunda Respublikamizning 16-ta shaxrida axoliga beminnat xizmat ko‘rsatgan "Internetdan bepul foydalanish" 54 markazlari hamda Respublikamizning 6-ta viloyatining 60 maktablarida tashkil qilingan Internet markazlarini aytish mumkin. Shu bilan birga o‘zbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta’lim sohasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bo‘lishini ham aytish lozim deb hisoblaymiz. 2004 yilning birinchi kvartalning o‘zida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga yetdi (2003 yil boshida 275 000 ta). Shu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (usish 94,8%), UZ zonadagi Websaytlar soni esa 2600 dan oshdi (usish 188,4%), Internetga bog‘langan davlat korxonalar soni 470 (usish 63,6%), hujalik sub’etlar soni 8600 (usish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (usish 115,1%) ga teng bo‘ldi. IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil qilingan va 2002 yildan faoliyat ko‘rsatib kelgan "Masofaviy ta’lim portali" (http://dl.freenet.uz) yoki ko‘plab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan o‘zlarining Web sahifalarida tashkil qilingan "Masofaviy ta’lim kurslari"ni ham alohida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz O‘zbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil qilingan kurslar). Ta’lim sohasiga tegishli ko‘plab foydali va qiziqarli Web saytlar yaratilmoqda, (http://www.bilim.uz , http://www.bilimdon.uz , http://www.ilm.uz , http://www.student.uz , http://www.study.uz va boshqalar). Eng kuvonarli esa internetda nafaqat universitet, institut, kollej va akademik litseylar balki maktablar ham o‘zlarining Web sahifalariga ega bo‘lishmoqdalar. Boshqa misol qilib Respublikamizning oliy yurtlari tomonidan tashkil qilingan videokonferentsiyalarni ham aytish mumkin. 2002 yilda Respublikamizda birinchi marta Prezident Devoni, Tashki Iqtisod Alokalar Vazirligi, Jaxon Iqtisod va Diplomatiya Universiteti va Toshkent Davlat Iqtisodiiyot Universiteti o‘rtasida videokonferentsiya o‘tkazildi. Hozirgi kunda Respublikamizning Toshkent Davlat Texnika Universiteti, Toshkent Davlat Iqtisod Universiteti, Jaxon Iqtisod va Diplomatiya Universiteti, Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlarida bir necha marta videokonferentsiyalar o‘tkazilgan edi va o‘tkazilmoqda. Topshiriq va nazorat savollari: Elektron o‘qitish tizimi nima va uning ahamiyati qanday? Elektron o‘qitish tizimida qanday dasturiy vositalar ishlatiladi? Masofaviy ta’lim va masofaviy o‘qitish tushunchalarini asoslang? Masofaviy o‘qitishning ta’lim tizimidagi o‘rni qanday? Masofaviy o‘qitish kontseptsiyasi haqida nimalar bilasiz? Masofaviy o‘qitishni rivojlantirish bosqichlarini sanab o‘ting?
Download 21.91 Kb.




Download 21.91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Masofali oʻqitish metodlari va modellari

Download 21.91 Kb.