|
Mas’uliyati cheklangan jamiyat
|
Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 6,44 Mb. | | #248279 |
- 2-kurs (BIA22-S-14) BANK ISHI VA AUDIT guruh talabasi Mahmudov Abdumannop
- MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT
- Siz nomidan keyin MCHJ degan qisqartma yoziladigan korxonalar to‘g‘risida eshitgan bo‘lsangiz kerak. Masalan, «Coca-Cola Ichimligi» nomidan keyin MCHJ (inglizcha LTD – limited) qisqartmasi mavjud bo‘lib, bu «mas’uliyati cheklangan jamiyat» degan ma’noni anglatadi.
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) – a’zolari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha faqat o‘zlari qo‘shgan ulush doirasida javobgar bo‘ladigan jamiyat.
- U bir yoki bir necha jismoniy yoxud yuridik shaxslarning kelishuviga ko‘ra tashkil etilib, yuridik shaxs hisoblanadi.
- Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati mas’uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi.
- Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zararlar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar
- O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrdagi 310-II-sonli «Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida»gi qonuni, 3-modda
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav fondi jamiyat a’zolarining ulushlarini qo‘shish orqali shakllantiriladi.
- U eng kam ish haqining 40 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda bo‘ladi. Jamiyat ishtirokchilari soni 50 nafardan oshmasligi lozim.
- Agar ishtirokchilar soni belgilangan chegaradan oshib ketsa, jamiyatni aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish kerak bo‘ladi. Jamiyat a’zosi o‘z ulushini boshqa shaxsga faqat jamiyat roziligi bilan o‘tkazishi va sotishi mumkin. Jamiyat qarzlari bo‘yicha ta’sischilar faqatgina kompaniyaga kiritgan hissalari doirasida javobgar hisoblanadilar, xolos.
- Jamiyat foydasi uning ishtirokchilari o‘rtasida ularning ustav fondidagi ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, ta’sischilarga e’lon qilingan dividend summalariga nisbatan soliq hisoblanadi.
- MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING AFZALLIKLARI
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat yakka tartibdagi tadbirkor yoki xususiy korxonadan farqli o‘laroq, ishtirokchilarning ulushini qo‘shish orqali, qisqa muddat ichida katta hajmdagi mablag‘larni jamlash imkoniga ega.
- Agar xususiy korxonada faqat jismoniy shaxs ta’sischi bo‘la olsa, mas’uliyati cheklangan jamiyatda jismoniy va yuridik shaxslar ta’sischi bo‘lishi mumkin.
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining javobgarligi ularning ulushi doirasida cheklanadi.
- Ishtirokchilar korxona faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart emas.
- Jamiyatning joriy faoliyatini ta’sischilari tomonidan saylangan yoki tayinlangan direktor boshqaradi.
- MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATNING KAMCHILIKLARI
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari sonining qonunan cheklab qo‘yilishi uning ustav fondini yangi a’zolar hisobiga kengaytirishga to‘sqinlik qiladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘z ulushini erkin sota olmaydi yoki boshqalarga taqdim eta olmaydi.
- Natijada jamiyat tarkibidan chiqishda ulushning bir qismini yo‘qotishga to‘g‘ri keladi. Bu esa ularning qiziqishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
- Muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishda barcha ishtirokchilarning roziligini olish sharti mazkur jarayonning cho‘zilib ketishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, bu boradagi fikrlarning mos kelmasligi noto‘g‘ri qarorlar qabul qilinishi riskini vujudga keltiradi.
- MAS’ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYATDA DIVIDENDGA SOLIQ
- Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari o‘zlari olgan dividenddan 10 foiz hajmida soliq to‘laydilar.
- Misol. «SAMAR-SUMBULA» MCHJning 2017-yil yakunlari bo‘yicha sof foydasi 47 million so‘mni tashkil etdi. J
- Jamiyat 4 ta ta’sischi tomonidan tashkil qilingan bo‘lib, ularning ustav fondidagi ulushlari quyidagicha: – birinchi ta’sischi – 45%; – ikkinchi ta’sischi – 25%; – uchinchi ta’sischi – 18%; – to‘rtinchi ta’sischi – 12%.
- Ushbu holatda sof foyda jamiyat ta’sischilari o‘rtasida quyidagicha taqsimlanadi: – birinchi ta’sischi – 47000000×45%=21 150 000 so‘m; – ikkinchi ta’sischi – 47000000×25%=11 750 000 so‘m;
- – uchinchi ta’sischi – 47000000×18%=8 460 000 (soliq summasi 8460 000×10% = 846000) so‘m;
- – to‘rtinchi ta’sischi – 47000000×12%=5 640 000 (soliq summasi 5 640 000×10%=564 000) so‘m.
- Sof foydadan e’lon qilingan dividendlarga nisbatan soliq quyidagi miqdorda hisoblanadi:
- – birinchi ta’sischi – 21 150 000×10%=2 115 000 so‘m;
- – ikkinchi ta’sischi – 11 750 000×10%=1 175 000 so‘m;
- – uchinchi ta’sischi – 8 460 000×10%=846 000 so‘m;
- – to‘rtinchi ta’sischi – 5 640 000×10%=564 000 so‘m.
|
| |