Matematik modellashtirishning elektron jadval yordamida yechish.
Reja:
1. MS Excel dasturida misollar yechish
2. MS Excel dasturida diagrammlar hosil qilish
3. Matematikva mantiqiy funksiyalardan foydalanib misollar yechish
Ma’lumki, ma’lumotlarni vizual tahlil qilishda diagrammalardan foydalanish
eng qulay yo’l hisoblanadi. Microsoft Office Excel dasturi kiritilgan ma’lumotlar
asosida diagrammalar yaratish imkoniyatini taqdim qiladi.
Quyida diagrammani yaratish va unga o’zgartirish kiritish yo’llari
bilan
tanishib chiqamiz. Excel 2007 dasturida turli xil diagrammalar yaratiladi: chiziqli,
aylanali, uch o’lchovli.
Buning uchun Вставка ilovada
Диаграммы bo’limi
keltirilgan. Ma’lumotlar bo’yicha qurilgan diagramma
yacheykadagi barcha
o’zgartirishlar avtomatik ravishda aks ettriladi. Diagrammani o’zgaritishida
yacheykadagi ma’lumotni o’zgartirish, ya’ni teskari bog’liqlikni
amalga oshirish
mumkin. Diagramma yoki jadval varog’ida yoki alohida diagramma varag’ida
yaratish mumkin. Grafik ko’rinishda ma’lumotlarni
ifodalash uchun ikkala
vaziyatda ham avvalo bor ma’lumotlar, sarlavha ustuni
va satrlar ajratiladi
(belgilanadi).
Amaliyotda diagramma yaratish metodini aniq bir misolda ko’rib chiqamiz.
2006 va 2007 yillar SOKet apelsin sharbatining oylik sotuvi
diagrammasini
quramiz.
Diagramma qurishda quyidagicha amalga oshiriladi:
1. B3:Z6 (Z6 yacheykasiga ma’lumot kiritilgan faqat 74-rasmda ko’rinmas)
yacheykalar diapazoni ajratiladi (belgilanadi).
2. Вставить ilovasiga o’ting va Гистограмма
guruhida Гистограмма с
группировкой bandi tanlanadi.
75 – rasm. Diagramma tipi va ko’rinishini tanlash.
Diagrammani avtomatik ravishda qurish.
3. Diagramma tipi ko’rsatilgandan so’ng diagramma quriladi va ma’lumotlar
kiritilgan yacheykalarning quyi qismida ifodalanadi