Математика вокруг нас




Download 5.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana22.03.2024
Hajmi5.17 Mb.
#175197
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Matematika atrofimizda grafik va diagrammalarda (1)
2 Амалий машғулот-Maxsus avtomobillar-2022, 8-MA\'RUZA (1), 737273 (1), Doc2, Muzyorar, Elektron sxema labartoriya, adabiyot, BIONIKA № 08 01.05.23, 5-mustaqil ish, Raxmonqulov H.Tarmoqlar iqtisodiyoti, Илм – саодат калити, илмсизлик – жаҳолатдир-fayllar.org




MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI 
SAMARQAND VILOYATI PEDAGOGLARINI YANGI
METODIKALARGA O‘RGATISH MILLIY MARKAZI 
 
A.I.Kudratova, D.M.Saidova,T.N.Aminov, M.A.Salahiddinova 
MATEMATIKA ATROFIMIZDA: 
GRAFIKLAR VA DIAGRAMMALARDA 
 
Uslubiy qo‘llanma
Samarqand- 2022 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

М]А
УДК 51(075) 
ББК 22.1я7
М 33 
A.I.Kudratova, 
D.M.Saidova,T.N.Aminov, 
M.A.Salahiddinova. 
Matematika atrofimizda: grafiklar va diagrammalarda. Uslubiy 
qo‘llanma.Samarqand- 2022 ,80sahifa. 
Taqrizchilar: 
Ro‘zimurodov X.X. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
davlat universiteti Matematika fakulteti 
dekani, dotsent 
Gafarova F.J. Samarqand shahri6-umumiy o‘rta 
ta’limmaktabiningoliy toifali matematika 
fani o‘qituvchisi 
ISBN 978-9943-8318-3-4 
©A.I.Kudratova, D.M.Saidova, T.N.Aminov, M.A.Salohiddinova 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

HURMATLI O‘QUVCHI! 
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan dunyoda bizdan katta 
hajmdagi axborotlar bilan ishlash, ularni tahlil etish, taqdimotlar 
tayyorlash va ularni hamma uchun tushunarli tarzda taqdim etish 
ko‘nikmasi talab qilinadi. 
Qo‘lingizdagi qo‘llanmada axborotlarni katta jadvallarda 
emas, grafiklar va diagrammalarda ifodalashning afzalliklari, ularni 
iqtisodiy, siyosiy, ekologik, tahliliy, qiyosiy nuqtai nazardan o‘qish 
hamda hamma uchun tushunarli qilib taqdimot qilish, IELTS 
imtixonining “IELTS Academic Writing Task 1” topshirig‘ini ishlash 
talablari, 
matematik 
statistika 
tushunchalari, 
ta’riflari, 
ma’lumotlarni tahlil qilish va taqdim etishga doir izohlar keltirilgan. 
Har bir bob yakunida o‘zingiz mustaqil bajarishingiz uchun 
topshiriqlar berilgan. 
Umid qilamizki, ushbu kitob matematika, matematik 
statistika,grafiklar, jadvallar va diagrammalarning sirli olamiga 
sho‘ng'ish imkonini berib,siz uchun foydali bo‘ladi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

М]А
KIRISH 
Jadvallar, grafiklar va diagrammalar doir mavzularni 
o‘rganishning dolzarbligi zamonaviy jamiyatda inson katta 
ma’lumotlar oqimlari bilan ishlash kerakligi bilan bog'liq.
Axborot olami keng va xilma-xildir. Bunga ilmiy bashoratlar, 
so‘rovnoma natijalari, ob-havo tahlillari, iqtisodiy modellarni misol 
keltirishimiz mumkin. Ular bilan ishlash bizdan “axborot 
savodxonligi”ni talab etadi.
Axborot savodxonligi quyidagilarni anglatadi: 
- axborotni olish mumkin bo‘lgan manbalarini aniqlash va 
unlardan foydalanish; 
- axborotni ishonchliligi, aniqligi, muammoni (topshiriqni) hal 
qilish uchun yetarliligi nuqtai nazaridan baholash; 
- turli xil sxemalar, jadvallar, diagrammalar va grafiklardan 
foydalangan holda olingan ma’lumotlarni tahlil qilish va sodir 
bo‘ladigan natijalarni tuzatish; 
- qo‘shimcha ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyojni his qilish, lozim 
bo‘lsa ularni izlab topish; 
- turli sohalardagi faoliyati uchun zarur bo‘lgan muhim 
ma’lumotlar asosida o‘z bilimlarini oshirish; 
- o‘zining axborot manbalarini yaratish; 
- axborot bilan ishlashda zamonaviy texnologiyalardan 
foydalanish; 
- axborotni individual va jamoa bilan tahlil qilish va qayta 
ishlash qobiliyatlari. 
Yaxshi mutaxassis katta ma’lumotlar oqimini o‘qiy oladi, uni 
yanada ixcham va aniqroq shaklda taqdim etadi. 
Agar siz ma’lumotlarni hamma uchun tushunarli tarzda 
ifodalamoqchi bo‘lsangiz, buni qilishning eng samarali usullaridan 
biri diagramma va grafiklardir. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

Matematika atrofimizda: grafik va diagrammalarda. 
Diagramma (yunoncha Dígrámxa (diagramma) - tasvir, chizma) 
- bir nechta kattaliklarning nisbatlarini tezda baholash imkonini 
beradigan ma’lumotlarning grafik tasviri.
Biroz tarix. Birinchi diagrammalarni funksiyalarning oddiy 
grafiklari sifatida antik davrning rasmlarida ko‘rish mumkin.
"Diagramma" - atama sifatida fanga keyin kirib kelgan 
bo‘lsada, ma’lumotlar bilan ishlash uchun kasr, qism, proporsiya 
tushunchasi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan. “Kasr”-bo‘lak ma’nosini 
bildirib, arabcha “Kasara”-sindirmoq, maydalamoq so‘zidan olingan. 
Kasr narsalarni bo‘lish, o‘lchash natijasida paydo bo‘lgan va u 
insoniyat jamiyatiga qadim davrlardanoq tanish. Kasrlar ustida 
amallarga oid ma’lumotlar eradan avvalgi 2000 yillarda misrlik 
Axmes yozgan papirusda bor edi. Kasr chizig’i 12-asrdagi arab 
rioyziyotchisi al-Hassor asarida uchraydi. Osmon jismlari harakatini 
o‘rganish, vaqtni aniq hisoblash masalalari “60 lik kasr” (maxrajlari 
60, 60∙60, 60∙60∙60,…bo‘lgan) tushunchasini kiritishni taqozo 
etgan. Bunday kasrlarni juda qadim zamonlardayoq Bobil, Misr 
olimlari qo‘llashgan.
Al-Xorazmiy 1 ni 60 ta teng bo‘lakdan iborat deb qaraydi. Al-
Xorazmiydan so‘ng ham natural sonlar, kasrlar ustida to‘rt amalga 
oid risolalarni Sharq va G’arbning ko‘p olimlari yozishgan. Buyuk 
olim Abu Ali ibn Sinoning “Donishnoma”, “Ash-shifo”asarlarida 
matematikaga oid tadqiqotlari bor. “Ash-shifo”asarlarining “Sonlar 
fani” bo‘limida ularni ko‘rish mumkin. 
Ilm-fanning ko‘p sohalarida chuqur tadqiqotlar olib borgan 
qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning “Kitob at-tafhim” asarida 
matematika, xususan, proporsiyalar nazariyasiga katta o‘rin olgan. 
“Uch miqdor qoidasi” nomi mashhur Sharqu- G’arbda ma’lum.
Jamshed G’iyosiddin al-Koshiy (1385-1430)ning 1427 yilda 
yozilgan “Miftoh ul-hisob” (“Hisob ilmi-arifmetika kaliti”) asarida 
diagrammalarga o‘xshash chizmalardan foydalangan. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

М]А
XVIIasrda fransuz olimlari Fransua Viyet va Rene Dekartlar 
funksiya tushunchasiga asos soldilar.Koordinatalar sistemasi va 
o‘zgaruvchilar tushunchasi diagrammalar yaratilishiga zamin 
yaratdi.
Birinchi statistik grafiklar ingliz iqtisodchisi V.Playfer 
tomonidan 1786-yilda yozgan “Tijorat va siyosiy atlas” kitobida 
ishlatilgan. Keyinchalik bu kitob barcha sohalarda grafik usullining 
rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qilgan. 
Yashash 
maydonining 
zamonaviy 
jihozlanishi 
texnik 
vositalardan, shu jumladan axborot va aloqa vositalaridan 
foydalanish zaruratini talab qiladi. Bugun deyarli har bir sinf 
o‘quvchisida telefon, planshet yoki kompyuter bor.
Axborot savodxonligini shakllantirishning yangi standartlari 
zamonaviy yuqori texnologiyali jamiyatda hayot va ishlash uchun 
zarur bo‘lgan ko‘nikmalarni shakllantirishni o‘z ichiga oladi. 
Yuqoridagi texnik qurilmalar o‘quvchilarga matn, vizual-grafik 
tasvirlar, raqamli ma’lumotlar va boshqalarni birlashtirgan axborot 
ob'ektlari bilan tajribalarolib borishga yordam berish uchun 
mo‘ljallangan. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

DOIRAVIYDIAGRAMMA
Doiraviy diagramma
- biror narsaning nisbatlarini yoki 
qismlarini 
butunga 
nisbatan 
taqsimlanishini 
ko‘rsatishda 
qo‘llaniladi.Doiraviy diagrammada har bir boʻlakning yoy uzunligi u 
koʻrsatadigan miqdorga proportsionaldir. Maʼlum boʻlgan eng 
qadimgi doiraviy diagramma sifatida odatda William Playfairning 
1801-yildagi Statistik qisqartmasi hisobiga olinadi. Ammo ko‘p 
ma’lumotlar tahlilida undan foydalanilmaydi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 

М]А
XALQALI DIAGRAMMA
Xalqali diagramma
-o‘rtasi kesilgan doiraviy diagrammalarga 
o‘xshaydi. Farqi shundaki, xalqalar bir nechta ma’lumotlar ketma-
ketligini ifodalashi mumkin.


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
10 
GISTOGRAMMA (USTUNLI DIAGRAMMA) 
Gistogramma
— bu sonli maʼlumotlar taqsimotining taxminiy 
koʻrinishi bo‘lib, ma’lumotlarning bir-biri bilan miqdoriy 
munosabatlarini tasvirlashda ishlatiladi. Bu atama birinchi marta 
Karl Pearson tomonidan kiritilgan. Gistogrammani yaratish uchun 
birinchi qadam qiymatlarning butun diapazonini bir qator 
intervallarga boʻlish va keyin har bir intervalga qancha qiymat 
tushishini hisoblashdir. Har bir ustunning balandligi tanlangan 
diapazonda parametr qiymatlarining paydo bo‘lish chastotasini, 
ustunlar soni esa tanlangan diapazonlar sonini ko‘rsatadi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
11 
М]А
CHIZIQLI DIAGRAMMA 
Chiziqli diagramma
yoki 
shtrixli diagramma
— bu ular 
koʻrsatadigan qiymatlarga mutanosib balandlik yoki uzunlikdagi 
toʻrtburchaklar chiziqli toifali maʼlumotlarni taqdim etadigan 
diagramma yoki grafik. Chiziqli diagramma vertikal yoki gorizontal 
ravishda chizilgan boʻlishi mumkin. Vertikal chiziqli diagramma 
baʼzan ustunli diagramma deb ham ataladi. 
Chiziqli diagramma diskret toifalar orasidagi taqqoslashni 
koʻrsatadi. Grafikning bir oʻqi solishtirilayotgan aniq toifalarni 
koʻrsatsa, boshqa oʻqi esa oʻlchangan qiymatni ifodalaydi. Baʼzi 
shtrixli diagrammalar bir nechta oʻlchangan oʻzgaruvchilarning 
qiymatlarini koʻrsatadigan bir nechta guruhlarga toʻplangan 
chiziqlarni taqdim etadi.


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
12 
SILINDRSIMON, PIRAMIDASIMON VA
KONUSSIMON DIAGRAMMALAR 
Diagrammalarning bu shaklidan ustunli yoki chiziqli
diagrammalar o‘rniga foydalanish mumkin. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
13 
М]А
GRAFIKLI DIAGRAMMA 
Ko‘pincha ma’lumotlarningma’lum bir davr oralig‘idagi 
uzgarish dinamikasini ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Grafikli 
diagrammalar koordinatalar sistemasida quriladi. Abtsissa o‘qida 
erkli o ‘zgaruvchilar (yillar, oylar va boshqalar), ordinata o‘qidaerkli 
o‘zgaruvchiga bog‘liq bo‘lgan erksiz o‘zgaruvchi (bo‘y, narx, tezlik, 
temperatura va b.) ifodalanadi.Agar hodisalarning rivojlanishtabiati 
yoki umumiy tendentsiyasini tasvirlashni istasangiz, bunday 
diagrammalardan foydalanish qulay. 
Masalan, havo harorati (erksizo‘zgaruvchi) vaqt (erkli 
o‘zgaruvchi)o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Shunday qilib, grafik x o‘zgarishi bilan y bilan nima sodir 
bo‘lishini ko‘rsatadi. Grafikda qiymatlar egri chiziqlar, nuqtalar yoki 
ikkalasi sifatida ham ko‘rsatiladi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
14 
NUQTALI DIAGRAMMA 
Nuqtali diagramma –
tarqalish chizmasi sifatida tanilgan. U 
boshqa diagramma turlaridan farq qiladi, chunki qiymatlar bunday 
diagrammaning ikkala o‘qi bo‘ylab chiziladi. Ushbu turdagi 
diagramma ko‘pincha ikki o‘zgaruvchi o‘rtasidagi munosabatni 
ko‘rsatish uchun ishlatiladi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
15 
М]А
SOHAVIY DIAGRAMMA 
Sohaviy diagramma -
turli xil ranglarda bo‘yalgan grafik 
sohalarigao‘xshaydi. Ma’lumotlar ketma-ketligi to‘plamining har biri
jamiga qo‘shgan hissasini ifodalash imkonini beradi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
16 
O‘RGIMCHAK TO‘RISIMON DIAGRAMMA
O‘rgimchak to‘risimon diagrammada
-har bir toifa uchun 
alohida o‘q mavjud bo‘lib, barcha o‘qlar markazdan tarqaladi. 
Ma’lumotlar nuqtalarining qiymati mos keladigan o‘qda belgilanadi. 
Agar ma’lumotlar seriyasining barcha nuqtalari bir xil qiymatga ega 
bo‘lsa, u holda radar diagrammasi aylanaga aylanadi. 


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
17 
М]А
BIRJAVIY DIAGRAMMA 
Birja statistikasining muayyan vazifalari quydagilardan iborat: 
 birjalar mavjudligi va birja faoliyati haqida axborot to‘plash va 
qayta ishlash; 
 muayyan sana va davrda birja bozorining ahvolini baholash; 
 birja savdosi faoliyatini aniqlash, tala va taklifni, ularning 
nisbatini baholash; 
 birjada ishbilarmonlik faolligini baholash; 
 birja tovaraylanmasini, uning hajmini, struktura va 
dinamikasini, baholash va tahlil qilish, tovar birjalarining 
tovarlar ulgurji bozoridagi rolini tavsiflash; 
 rеal tovar bilan bitimlar va muddatli bitimlar nisbatini tahlil 
qilish; 
 birja narxlari dinamikasi va o‘zgaruvchanlik darajasini, 
ularning mavsumiyligi, davriyligini tahlil qilish, birja narxlarini 
bashorat qilish; 
 birja savdosining tijorat natijalarini baholash va tahlil qilish; 
 birja savdosi infratuzilmasining holati va rivojlanish tavsifi. 
.


MATEMATIKA ATROFIMIZDA:
Grafik va diagrammalarda 
18 
Taqdim etmoqchi bo‘lgan materialga asoslanib, diagrammalarni 
tanlashda ijodiy yondashib,infografikadan foydalanishingiz mumkin. 
Keling, siz bilan “Samarqand shahrida 2022-yil aprel oyi 
iqlimi” loyiha ishini tayyorlaylik. Gidrometeorologiya saytida siz 
hududning havo harorati, bosimi, namligi, bulutliligi, shamol 
yo‘nalishi va tezligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin. 


2022-yil aprel oyida Samarqand shahridagi ob-havo 
sana 









10 
11 
12 
13 
14 
15 
kun
Harorat 

Download 5.17 Mb.
  1   2   3   4   5




Download 5.17 Mb.
Pdf ko'rish