Atom massasi




Download 117.9 Kb.
Sana26.04.2023
Hajmi117.9 Kb.
#53855
Bog'liq
2 5420415840434528608
masalalr buyich praktikum pdf, Sheroboddagi o`qituvchining dars ishlanmasi Musiqa-4-sinf, 1307264, 39 maktab -boshlang\'ich hisobot, Bog\'cha, 7 sinf kimyo 33 Kislorod Kislorod oddiy modda Uning olinishi (2), 22222, 1111, Impakfaktor, ИМПАК 503 508 The Main Means of Expressing the Category of Emotivity, OAK Respublika Mukhammadiyeva, Mustaqil ish yuzi blankasi

1. Ikkita elementning nisbiy atom massasi 2 ga farq qilsa, shu element-larni ko‘rsating.
A) Bi, Pb B) Cu, Zn C) C, Li D) P, Si
2. Diagrammada kalsiy karbonat tuzi tarkibidagi elementlarning massa u lushlari (%) berilgan.
Kalsiy elementi qaysi raqam bilan belgilangan?
A) 2 B) 4 C) 1 D) 3
3. n mol SO3 va m g H2S aralashmasida gazlarning atomlar soni teng. Aralashmada 92 mol neytron bo’lsa, aralashma massasini (g) toping.
A) 184 B) 188 C) 194 D) 148
4. Ikki valentli metal bromid tuzining molyar massasi metalning molyar massasidan 5 martta katta. Bu metalning nisbiy atom massasini aniqlang.
A) 40 B) 64 C) 56 D) 24
5. Rombik oltingugurt va fulleren (C80) tarkibidagi elektronlar sonining nisbati mos ravishda 4:5. Ular qanday mol nisbatda olingan?
A) 6:1 B) 4:1 C) 12:1 D) 3:1

6.
X+4, Y+3 va Z+2ionlar davriy sisitemada, davrda ketama-ket joylashgan bo’lib ularda elektronlari birgalikda 66 ga teng Y elementni toping.
A) Cr B) Mn C) Fe D) Co
7. Atomga 2ta zarracha ta’sir ettirilgan-da bittadan neytron va pozitron ajralib chiqsa, uning massasi 12.5% ga, elektronlar soni 12% ga ortdi. Xosil bo’lgan elementni aniqlang?
A) Ni B) Cr C) Mn D) Fe
8. Si15Mgx birikmada magniyning massa ulushi 22,22% ga teng. Ushbu birikmaga anolog (atomlar soni teng) bo`lgan Si13CayKz birikmada metallarning massa ulushi 43,2% ga teng bo`lsa, z va y qiymatlarini aniqlang.
A) 3;4 B) 4;3 C) 5;2 D) 2;5
9. 6,2 g X3(YO4)2 tarkibida 2,4 g X va 0,04 mol Y element bo’lsa, noma’lum elementlarni aniqlang.
A) Ca; As B) Mg: As C) Ca; P D) Mg; P
10. Quyidagi grafikda qaysi xossaning o‘zgarishi ifodalangan?

A) elektromanfiylik
B) elektronga moyillik
C) 1-ionlanish energiyasi
D) qaynash va suyuqlanish temperaturasi
11. 210E —> W + xα + 6+β ushbu yadro reaksiyasida E va W o‘zaro izoton bo‘lsa, elementning yadro zaryadini aniqlang.
A) +86 B) +68 C) +84 D) +82
12. Davriy sistemada ketma-ket joylashgan X, Y va Z element atomlaridan hosil bo‘lgan X-3 , Y +4 va Z+5 zaryadli ionlari tarkibida 42 ta elektron bo‘lsa, Z ning yadro zaryadini toping.
A) +15 B) +16 C) +17 D) +18
13. Ishqoriy metall karbonati tarkibida 140 ta electron bo’lsa elementni aniqlang? (Me2CO3)
A) Rb B) K C) Cs D) Fr
14. Izotoplarning qaysi xususiyatlari bir xil bo’ladi ? 1) protonlar soni; 2) neytronlar soni; 3) elektronlar soni; 4) yadro zaryadlari; 5) atomlarning massa soni
A) 1, 3, 4 B) 2, 5 C) 1, 2,5 D) 1,3,5.
15. Ru2+ ionida nechta d-elektron bor?
A) 14 B) 15 C) 16 D) 17
16. Quyidagilardan qaysilari fizik jarayon emas?
1) shakarning kul ishtirokida yonishi; 2) qo‘rg‘oshinning issiqlik ta’sirida suyuqlanishi;
3) misning issiqlik ta’sirida qorayishi;
4) shakarning ko‘mirlanishi;
5) bo‘yoqning asetonda erishi.
A) 1 va 3 B) 1, 3, 4 C) 2 va 5 D) 2, 4, 5
17. Stexiometrik nisbatda olingan azot va vodorod aralashmasidan ammiak sintez qilinganda bosim 1,25 marta kamaygan bo‘lsa, unum (%) qancha bo‘lgan?
A) 20 B) 40 C) 60 D) 80
18. Quyidagilardan qaysi birida atomlar soni (n.sh.) eng kam?
A) 9 dm3 is gazi B) 8 dm3 sulfit angidrid C) 7 dm3 ammia D) 6 dm3 suv
19. P4Sn(q) + O2(g) —> P2O5(q) + SO2(g) ushbu jarayonda gazning massasi 7/6 marta ortgan bo‘lsa, “n” ning qiymatini aniqlang.
A) 5 B) 6 C) 7 D) 9
20. Quyidagi agregat holatlarning o‘zgarishi qanday ataladi?
qattiq —> suyuq —> gaz —> suyuq
A) erish, sublimatsiya, kondensatsiya
B) dekonsat, bug‘lanish, depozitsiya
C) suyuqlanish, parlanish, sublimatsiya
D) erish, bug‘lanish, kondensatsiya
21 . Toʼkilgan simobni tezda zararsizlan-tirishning oddiy usullaridan biri - bu simob toʼkilgan joyga yod eritmasini sepish (2Hg + I2 = Hg2I2). 6,03 g simobni zararsizlantirish uchun necha gramm 2,5% li yod eritmasi kerak (Ar(Hg)=201)?
A) 127 B) 152,4 C) 76,2 D) 101,6
22. Kaliy, kalsiy va xrom(III)oksidlaridan iborat 76 g aralashmaning sulfat kislota bilan ta’sirlashuvidan 80 g shu metallarning sulfatlari aralashmasi hosil bo’ldi. Ushbu jarayonda necha gramm suv hosil bo’ladi?
A) 2.7 B) 0,9 C) 3,6 D) 1,8
23. Al(OH)3 va H3PO4 dan foydalanib necha xil tuz hosil qilish mumkin.
A) 3 B) 4 C) 5 D)6
24. Quyidagi jadval ma’lumotlari asosida Y elementni aniqlang.

Birikma

X ning massa ulushi

X2O3

A %

X4Y

A %

A) Cu B) Cr C) Fe D) Mo
25. 4:x massa nisbatdagi Cu va Me qotishmasida Me massa ulushi 7/15 ga, mol ulushi esa ½ ga teng bo’lsa, “x” ning qiymati va Me bitta atomidagi elektronlar sonini aniqlang.
A) 3 ; 25 B) 11 ; 25 C) 6 ; 30 D) 3,5 ; 26
26. Noma’lum modda tarkibida metallning massa ulushi 24 % ga, Si ning massa ulushi x % ga, kislorodning massa ulushi 48 % ga teng bo‘lsa, metallni aniqlang.
A)mis B)kalsiy C)kadmiy D)magniy
27. Aluminiy pirofosfat molekulasida σ- va π-bog‘lar soni nechtadan bo‘ladi?
A) 24; 18 B) 26; 16 C) 30; 12 D) 36; 6
28. Kerakli sharoitda qaysi ta’sirlashuvlar natijasida ishqor hosil bo‘lgan?

A)I, V B)II, IV C)II, III D)I, IV
29. Titanning (48Ti) absolyut massasini (g) hisoblang (NA = 6·1023 mol-1).
A) 8·1023 B) 6·1023 C) 8·10-23 D) 6·10-23
32.Quyidagi jadvalga asoslanib quyidagi fikrlardan qaysilari noto`g`ri ekanligini aniqlang.
A) Xa anion, Y b kation, Zc neytral atom
B) a,b,c orasidagi munosabat quyidagicha:
c < a < b
C) Xa ning atom massasi tartib raqamidan 2 marta katta

Zarracha

p,n va e soni

Xa

e˃n=p

Yb

n=p˃e

Zc

n=e=p
D)Yb ning nuklonlarining 50%ini p tashkil etadi

Download 117.9 Kb.




Download 117.9 Kb.