I-
QISM
1
- LABORATORIYA MASHG`ULOTI
Mavza: Cisco Packet Tracer dasturi orqali ikki va undan
ortiq kompyutеrni o’zaro tarmoqqa ulash va ma`lumot
almashish (8 soat)
Laboratoriya mashg`ulotini maqsadi:
1.
Oddiy tarmoqni loyihalash
2.
Kabel farqlarini aniqlash
3.
Ping utiliti bilan tanishish va ping-jarayonini ishga tushirish.
Mashg’ulotni bajarilish tartibi
1.
Boshlang‘ich ma’lumotlarni olish.
2.
Mavzu bo‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.
3.
Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.
4.
Hisob ishlarini bajarish.
5.
Tegishli xulosa chiqarish.
Kerakli jihozlar
1.
Kompyuter.
2.
Kabellar
3.
Cisco Packet Tracer dasturi.
Umumiy ma’lumotlar
IP-tarmoqlarida adresatsiyalash. Tarmoqdagi kompyuterlarning adress
tiplari
TCP/IP tarmog‘idagi har bir kompyuter OSI modelining turli sathlariga tegishli
bolgan uch turdagi adresga ega:
Fizik adres
Tarmoq adresi
Belgili adres
• Tugunning fizik adresi, lokal tarmoq qurilgan texnologiya yordamida aniqlanadi.
Tugunning fizik adresi kanal sathining MAC ost sathiga tegishli. Fizik adresga misol qilib
tarmoq adapterining yoki marshrutizator portining MAC-adresini olishimiz mumkin.
Ethernet tarmoqlarida adres 6-bayt uzunligiga ega. 3 baytdan katta qismi ishlab
chiqaruvchi firmani identifikatsiyalaydi, 3 bay- tdan kichik qismi esa ishlab chiqaruvchilar
uchun unikal hisoblanadi va ular tomonidan beriladi. Shunday qilib bir nechta bir xil
adreslaming paydo bo‘lish ehtimoli bartaraf etiladi. Masalan, 58-10-37-S0-V6-5A.
• Tarmoq adreslariga misol bo‘lib 4 baytdan iborat bo‘lgan IPX adres yoki IP-
adreslari bo‘lishi mumkin, masalan 107.42.7.252. Mazkur adres tarmoq sathida
ishlatiladi. U kompyuter va marshrutizatorlarni konfiguratsiyalash mobaynida
administrator tomonidan beriladi. IP-adres ikki qismdan iborat bo‘ladi: tarmoq nomeri va
tugun nomeri. Tarmoq yoki tugun nomerini ko- dlovchi baytlar miqdori, tarmoq sinfi bilan
aniqlanadi. Tugun bir nechta IP- tarmoqlariga kirishi mumkin. Bunday hollarda tugun
tarmoq aloqalarining so- niga qarab, bir nechta IP-adreslarga ega bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Shunday qilib, IP-adres alohida kompyuter yoki marshrutizatorni emas, balki bitta
tarmoqni xa- rakterladi.
• Belgili adres administrator tomonidan tayinlanadi va bir nechta qismdan iborat
bo‘ladi, masalan mashina nomeri, tashkilot nomi, domen nomi. Bunday DNS-adres deb
nomlanuvchi adres, amaliy sathda ishlatiladi, masalan, FTP yoki telnet protokollarida.
Masalan, IS.MGUP.RU.
|