• Adabiyotlar: 1,2,3.
  • Mavzu: №9 Teskari va nolinchi ketma – ketliklar uchun element-larning parametlari. Reja




    Download 43.25 Kb.
    Sana20.10.2022
    Hajmi43.25 Kb.
    #27636
    Bog'liq
    м9
    1-lekciya fs.docx, SSD Mini Tweaker, O, 13 mavzu, 6-sinf 2-qism II bob, .........., Cisco tarixi, Психолог лавозим мажбурияти, TURGANBAEV RAUL, ARGOS JAVOBLARI, тест саволлари, 20231204T1651 - Бошланғич таълим ўзбек, KIMYO mustaqil ta'lim A va T, MT va MICHJA 2 sem, Vodorod ko`rsatkich suvning ion ko`paytmasi. Vodorod ko`rsatkich

    Mavzu: № 9 Teskari va nolinchi ketma – ketliklar uchun element-larning parametlari.
    Reja:

    1. Teskari ketma – ketlik qarshiligi.

    2. Umumlashgan yuklamalar.

    3. Nol ketma – ketliklar qarshiligi.

    Tayanch so‘zlar: Teskari ketma – ketlik, nol ketma – ketlik.
    Aylanuvchi mashinalar, transformatorlar va avtotransformatorlar.
    Adabiyotlar: 1,2,3.
    Simmetrik rejimda hamma qarshiliklarni elementlari normal holatda alohida xarakterlanib simmetrik O‘tkinchi jarayon davomida qarshiliklar to‘g‘ri ketma – ketlik deb tushuniladi.
    Fazalar orasidagi magnitli bog‘lanish bo‘lmagan hollarda hamda qarshilik elementlardan ka’tiy nazar aktiv va reaktiv tashkil etuvchi qarshiliklar elementlari faqat davr tezlik tokiga bog‘liq bo‘lib, hamma ketma – ketlik uchun bir xil bo‘ladi. YA’ni
    va xuddi shunday

    Magnitli bog‘langan har akatlanmagan elementlar qarshiligi uchun to‘g‘ri va teskari ketma – ketliklari bir xil chunki uch fazali tok sistemasini fazalarini siljishi va fazalar orasidagi elementlar o‘zgarmas bo‘ladi.


    Boshqacha qilib aytganda teskari ketma – ketlik qarshiligi – fazalar orasidagi o‘zaro indo‘qsiya faza almashinish tartibiga bog‘liq bo‘lmagan zanjir elementlari uchun to‘g‘ri va teskari ketma – ketlikning indo‘qtiv, aktiv tulik qarshiliklarni bir xil bo‘ladi, ya’ni
    , va
    Bu turdagi elementlarga xavo va kabel liniyalari, reaktorlar, transformatorlar va avtotransformatorlar kiradi.
    Sistemaning nol ketma-ketlik toki sistemani to‘g‘ri va teskari ketligi tokidan ajralib turadi. Nol ketma-ketlikning qarshiligi boshqa ketma-ketliklarga nisbatan har -xil holatlarda ham ajralib turadi. Aylanuvchi mashinalardagi teskari ketma-ketlikdagi toklar rotorning aylanish yunalishiga qarshi aylanidigan statorning magnit oqimini hosil kiladi, ya’ni mashina rotoriga nisbatan ikki marta ko‘p burchak tezligiga ega. Bu magnit oqim o‘z yulida rotor bilan sinxron aylanuvchi va to‘g‘ri ketma-ketlik toklari hosil kiluvchi, to‘g‘ri ketma-ketlik magnit oqimining yulidagi magnit qarshilikdan farklanuvchi va mashinaning konstro‘qsiyasiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgaruvchan magnit qarshiligiga duch keladi. SHu sababli, umumiy holda aylanuvchi mashinalar uchun X1 X2.
    Mashinaning tinchlantiruvchi konturlari rotorning magnit xarakteristikalarining notekisligini birmuncha tekislaydi. SHuning uchun tinchlantiruvchi chulg‘amli turbogeneratorlar va gidrogeneratorlar uchun nosimmetrik qisqa tutashuvlarni amaliy hisoblashlarda X2 Xd deb olinadi.
    Agar takribiy hisoblashlarda u holda:

    • tinchlantiruvchi chulg‘amsiz mashinalar uchun X2 1,45 X`d

    • tinchlantiruvchi chulg‘amli mashina va turbogeneratorlar uchun

    X2 1,22 X ``d
    Teskari ketma-ketlikda umumlashgan yuklama qarshiligi asosan
    elektr iste’molchilarning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi.
    Bu qarshiliklarni qiymati nisbiy birliklarda quyidagini
    tashkil etadi.
    6-10 kV li tarmoqlar uchun
    Z2= 0,18 + j 0, 24;
    35 kV va undan yuqori tarmoqlar uchun
    Z2= 0,19 + j 0, 36;
    Teskari ketma-ketlikni tula qarshiligi umumlashgan yuklama qiymati nisbiy birliklarda ekvivalent reaktivlik bilan almashtirib quyidagicha qabul qilinadi.
    6-10 kV li tugun tarmoqlari uchun X2 = 0,35.
    35 kV va undan yuqori tugun tarmoqlari uchun X2= 0,45.
    Takribiy hisoblashlarda umumlashgan yuklamani ulanish joyidan kat’iy nazar X2=0,35 ga teng deb qabul qilinadi. SHu qiymat o‘tkinchi jarayonlarni boshlang‘ich laxzasida ham bir xil bo‘ladi.
    Umumlashgan yuklama o‘z ichiga pasaytiruvchi transformatorlarning ta’minlanuvchi chulg‘amlarining qarshiliklari va ulanish sxemalari orqali aniqlanadi.
    Transformatorlar va avtotransformatorlarning nol ketma-ketligining indo‘qtiv qarshiligi chulg‘amlarning ulanish sxemasi va konstro‘qsiyasini tuzilishi bilan aniqlanadi.
    Agar bir fazali shikastlanish transformatorning chulg‘ami uchburchak yoki noli erga tutashmagan yuldo‘z ko‘rinishida ulangan yoxud nol simsiz tomonida sodir bo‘lsa, nol ketma-ketlikdagi toklar shu transformator orqali okib o‘ta olmaydi va nol ketma-ketlikdagi almashtirish sxemasida uning qarshiligi cheksizga teng bo‘ladi.
    Nol ketma-ketlikdagi toklarning sirkulyasiyalanishi uchun yul faqat shikastlanish neytram erga tutashtirilgan yuldo‘z ko‘rinishida ulangan chulg‘am tomonidan sodir bo‘lgan trasformatordagina bo‘lishi mumkin. Bu holda transformator-ning qarshiligi nol ketma-ketlikdagi almashtirish sxemasida hisobga olinishi lozim.
    Quyidagi (8.1) rasmda ikki va uch chulg‘amli transformator tipi uchun, shuningdek uch chulg‘amli avtotransformator uchun almashtirishlar sxemalari keltirilgan.
    CHulg‘amlarni ulanish sxemasi Yo / bo‘lgan ikki chulg‘amli hamma transformatorlar uchun (8.1-rasm a) da nol ketma-ketligining indo‘qtiv qarshiligi quyidagiga teng:
    a ) Xo =Xyu+Xp=X1
    ya’ni to‘g‘ri ketma-ketlikning indo‘qtiv qarshiligiga teng. Xuddi shu kabi, past kuchlanishi ajratilgan chulg‘amli transformatorning nol ketma-ketligining almashtirish sxemasi tuziladi. (8.1-rasm b)
    Bu transformatorlarning ikkilamchi chulg‘amlarida nol ketma – ketlikdagi E.YU.K indo‘qsiyalanadi va fazalar chulg‘amlari uchburchak ko‘rinishida ulanganligi uchun, bu chulg‘amlarda uchburchakdan tashqariga chiqaydigan nol ketma – ketlikning toki hosil bo‘ladi. SHunday qilib, ikkilamchi chulg‘amdagi nol ketma – ketlikdagi hamma indo‘qsiyalangan E.YU.K ikkilamchi chulg‘amning qarshiligi Xp dan nol ketma – ketlikdagi tokli o‘tqazish uchun sarflanadi. Almashtirish sxemasiga qarshiliklar Xyu va Xp kiritilgan.
    (rasm a.b). Uchburchak ko‘rinishida ulangan chulg‘amning tashki zanjiri o‘zilgan va Xp shoxobchasining uchlari erga tutashtirilgan.
    (8.1-rasm v va g) larda tegishliga uch chulg‘amli transformatorlar va
    avtotransformatorning almashtirish sxemasi ko‘rsatilgan.
    Transformatorning almashtirish sxemasida neytrali izolyasiyalangan yuldo‘zcha ko‘rinishida ulangan chulg‘ami katnashmaydi, chunki unda nol ketma – ketlikdagi toklar sirkulyasiyalanishi mumkin emas. Avtotransformator bo‘lganda esa, avtottransformator orqali nol ketma – ketlikdagi toklar yuqori kuchlanish tomonidan urta kuchlanishi tomonga o‘tishi mumkin bo‘lgani uchun almashtirish sxemasida hamma chulg‘amlar katnashadi, chunki YUP va UP chulg‘amlar umumiy neytralga ega.
    Sinov savollari.

    1. Tekari ketma – ketlik qarshiligi nima?

    2. Nol ketma – ketlik nima?

    3. Umumlashgan yuklama haqida tushuncha bering?

    4. Aylanuvchi mashanalarda X1 X2 nima uchun teng bo‘lmaydi?

    5. CHulg‘amlari ulanish sxemasi U0/ bo‘lgan ikki chulg‘amli transformatorni nol ketma – ketlik sxemasini chizib tushuntiring.

    6. Generator, mator va umumlashgan yuklamalar qarshiliklarini aniq

    qiymatlari ma’lum bo‘lsa, ular kanday qabul qilinadi?

    1. Simmetrik tashkil etuvchilar usulini kanday hisoblashlarda qo‘llaniladi?

    2. Teskari va nol ketma – ketliklarning natijaviy sxemalarini chizib tushintiring?

    3. Simmetrik tashkil etuvchi usilini moxiyatini tushintiring?

    4. Nol ketma-ketlik tok kachon hosil bo‘ladi?

    Download 43.25 Kb.




    Download 43.25 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: №9 Teskari va nolinchi ketma – ketliklar uchun element-larning parametlari. Reja

    Download 43.25 Kb.