Mavzu: Analog signal va raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi




Download 78.13 Kb.
bet1/25
Sana30.11.2023
Hajmi78.13 Kb.
#108822
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Mavzu
Таркатма материаллар, Data Mining Nima -fayllar.org, Тетрадь 2, 21-BHMS. Schyotlar rejasi, Документ Microsoft Word

  1. Mavzu: Analog signal va raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi.

Raqamli (diskret) signallar. Raqamli signallar ikki xil diskret almashinuvchi (bor-yo’q) signallardan iboratligi sababli u orqali ikkilik sanoq sistemasidagi ma’lumotni tasvirlash mumkin. Bunda elektrik implusning borligi -1, yo’qligi – 0 bilan ikkilik tarzda diskret signallarni uzatish 1880 yillarning o’rtalaridayoq Semyuel Morze tomonidan joriy qilingan edi. Unda ma’lumot nuqta(«.») va tire («-») lar ketma-ketligi shaklida tasvirlangan. Morze alifbosida, masalan, V harfi «…-»kabi belgilangan. Telegraf simlari orqali bu harfni uzatish uchun pauza bilan ajratilgan uchta qisqa va bitta cho’ziq signal ishlatilishi mumkin. Ammo bunday uzatish tekligi nihoyatda past. Modem. Kompyuterda hosil qiligan ma’lumotni uzatish uchun raqamli signallardan foydalanish ham, tez ham qulay va aniq bo’ladi. Ammo hozir ham ko’pgina aloqa qurilmalari (telefon, telegraf, radio, televideniya) analog signallar bilan ishlaydi. Bu muammodan qutilish uchun modem zarur. Modem raqamli signali analogli signalga ham (MO dulyatsiya), analogli signalni raqamli signalga ham (DEM odulyatsiya) aylantira oluvchi yagona qurilmadir. Modem ichki yoki tashqi bo’lishi mumkin. Ularni tanlashda quydagilarga e’tibor berish lozim: -Tashqi modem alohida qurilma bo’lib, alohida elektr toki sarfini talab etadi. Ammo uni turli kompyuterlar bilan ishlatish mumkin. U sistema blokdagi ketma-ket portlardan biriga kabel orqali ulanadi. - Ichki modem sistema bloki ichidagi slotga ulanadi va qo’shimcha elektr quvvati talab etmaydi. - Modemning asosiy ko’rsatkich uning ma’lumot almashinish tezligi hisoblanadi. Bu tezlik bod (bit/sek) yoki kbit/sek-larda ulanadi. Ananaviy telefon liniyalarida modem orqali ma’lumot almashishning maksimal tezligi 60kbit/sek bo’lishi mumkin. Tezlik bo’yicha modemlarni to’rt gruhga bo’lish mumkin : Tezligi past modemlar (1200, 2400, 4800 bit/sek). Bunday modemlar hozir ishlatimaydi. O’rtacha tezlikdagi modemlar (9600, 14 400 bi/sek) Yuqori tezlikdagi modemlar (28 800, 33 600, 56 000 bit/sek) O’ta yuqori tezlikdagi modemlar. Kommunikatsiya dasturlari . Modem orqali ma’lumot almashinish uchun maxsus dasturlar zarur. Ko’pgina operatsion sistemalar tarkibida bunday dasturlar mavjud va yaratilmoqda. Masalan, Macintosh Systemda Smart Com: Windows va Smart Com, CrossTolk, WinCom, Comm Works, Telix, Proccom Plus, Hyper Terminal; OS/2 Warp-da Huper Access dan foydalanish mumkin. Bunday dasturlar ko’pincha modem bilan birga sotiladi. Kommunikatsion dasturlar kompyuterlar orasida aloqa o’rnatishdan tashqari yana bir qator ishlarni bajaradi: Kabel-modemlar. Ularning tezligi 28,8 Kbit/sek li modemlarga nisbatan 100 marta yuqori. Kabel-modem kompyuterni television tizimgan ulanadi. Ularning tarqalishi nisbatan sekin.Sababli, narxi yuqori. AQSHda kabel-modemdan foydalanuvchilar soni 2002 yilga kelib 7 million kishni tashkil etdi. Melvillning «Mobi Dik» asarning hamma 857 betni kabel modem atiga 2-sekundda uzata oladi. Shu vaqt ichida ISDN liniya 10 betni shuningdek, 28,8 – Kbit/sek li oddiy modem esa 2,5betni uzata oladi, xalos. ADSL. 1995 yilda V.34 bis nomli yangi standartlardagi modemlar paydo bo’ldi. Ularning tezligi 33600 bit/sek-ni tashkil etardi. Xozir bu tezlik yuqori hisoblanmaydi. Shuning uchun telefon kommunikatsiyalari ISDN ni soddalashtirish va optic-tolali kabelni joriy etishga urinmoqdalar.Kabel aloqasi komunikatsiyaning kabel-modemlar orali kabel yoki simsiz aloqani o’rnatishga urinishlari natijasida ADSL (Asymmeetic Digital Subscriber Line) texnalogiyasi yuzaga keladi. ADSL AQSH dagi eng yirik tadqiqot konsorsiumi Bellcore Labs tomonidan yaratilgan. ADSL texnalogiyasi odatdagi telefon liniyalari orqali 1,5 Megabit/sek tezlik (yani 1-sekundda 1 disketada saqlash mumkin bo’lgan ma’lumotdan 25 % ortiq malumotni) bigan uzatishga imkon beradi. Bu esa eng yuqori sifatli videotasvirlarni to’g’ridan-to’g’ri (on-line) uzatishga imkon beradi. Bu texnologiya, albatta, yanada qimmatroq.Quydagi jadvalga e’tibor bering: Texnologiya turi Tezligi ISDN 128kbit/sek Kabel modem 30-43 Megabit ADSL 640Kbit/sek-6,14 Megabit Aloqa kanallari Kanal – bu ma’lumot uzatishdagi yo’lidir. Turli kanallar turli spektrdagi radioto’lqinlardan iborat. Sim orqali aloqaga bulargan juft, koaksial kabel va optik tolali kabel vaoptik tolali kabel kiradi. Simsiz aloqaning asosan ikki turi mavjud:Mikro to’lqin va suniy yo’ldoshlar. Aloqaning ham simli, ham simsiz turi elektromagnit spektordagi to’lqinlardan iborat. Elektromagnit spektr. Telefon signallari radar to’lqinlari, avtoqo’riqchi to’lqinlari turli ko’rsatgichga va spektrga bo’lgan elektromagnit to’lqinlardir. Barcha turdagi radiosignallar, retgen nurlari, yorug’lik radiatsiya bunga misol bo’la oladi. Bu to’lqinlarning asosiy ko’rsatgichlari chastota va to’lqin uzunligidan iborat. Chastota: Sekundda to’lqin tebranishining to’la takrorlanishi soni bo’lib, gers (Gs)larda o’lchanadi. 1Kilogers (KGs)=100Gs, 1Megagers (MGs)=1000000Gs, 1Gigagers(Ggs)=1000000000Gers. Chastotalar farqi ko’lami qanchalik keng bo’lsa, ma’lumot uzatish shunchalik tez bo’ladi. Masalan uyali telefon 800-900Mgs oraliqda chastotada ma’lumot almashina oladi.


  1. Download 78.13 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Download 78.13 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Analog signal va raqamli axborot. Raqamlashtirish va raqamli axborot xizmati tushunchasi

Download 78.13 Kb.