• “turg‘unli”
  • Mavzu: Anomal xossali neft konlarini ishlash loyihalashtirish




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/2
    Sana07.11.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #95224
      1   2
    Bog'liq
    11-mavzu
    referat, 47 mavzu, Презентация1, detalization 2023-01-01 2023-01-05 828, JAMOLIDDINOVA KAMOLAXON, tavsiyanoma, Основы Архивоведения, L, 1 - АМАЛИЙ МАШҒУЛОТ МАВЗУ ДАРАХТ–БУТА ЎСИМЛИКЛАРИ СИСТЕМАТИКАСИ. ДЕНДРОФЛОРА ВА БИНАР НОМЕНКЛАТУРАСИ ҲАҚИДА ТУШУНЧА, Muloqot-texnologiyasi (1), Qarshi muhandislik iqtisodiyot institui neft va gaz fakulteti «t, 10-mavzu, 1-mavzu, Mavzu Neft qudug’ini favvora usulida ishlatish Ma’ruza rejasi (1)


    Mavzu: ANOMAL-QOVUSHQOQ NEFTLI
    UYUMLARNI ISHLASH VA LOYIHALASHTIRISH
    REJA:
    1. Anomal-qovushqoq neftli uyumlarni ishlash xususiyatlari
    2. Anomal neftni tekis-radial sizishini sxemalashtirish


    1.Anomal-qovushqoq neftli uyumlarni ishlash
    xususiyatlari
    ▪ Anomal neftli konlarni ishlash, neftda strukturani hosil bo‘lishi bilan bog‘liq bir
    qator xususiyatlarga ega. Neftda strukturani hosil bo‘lishi, neft uyumlarini ishlash
    ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashishiga olib keluvchi, bir qator salbiy
    oqibatlarni keltirib chiqarish mumkin. Masalan, yuqori qovushqoq neftni sizishi
    natijasida olish burg‘ quduqlarini debiti kamaytiradi. Qatlamni sizish bilan
    qamrab olish koeffitsiyenti ham kamayishi mumkin, chunki bosimlar gradiyenti
    neftdagi strukturani chegaraviy buzulish bosimlari gradiyentidan kam
    bo‘lganda, neft kichik o‘tkazuvchanli qatlamchalarda kam harakatsiz bo‘lib,
    asosan yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda harakat qiladi.


    Agar qatlamdagi bosim gradiyentlari ushbu neftni dinamik siljish bosimi
    gradiyentidan kichik bo‘lsa, deyarli buzilmagan strukturali neft harakati
    kuzatiladigan zonalar hosil bo‘lishi mumkin. Bu zonalar shartli ravishda
    “turg‘unli” zonalar deb atalishi mumkin. Qatlamni turg‘unli zonalarida neft
    faqat ayrim yuqori o‘tkazuvchanli qatlamchalarda yoki zonalarda siziladi.
    Qatlamni qolgan qismlarida neft deyarli harakatda bo‘lmaydi. Agarda neftni
    anomal qovushqoqligini kamaytirish yoki qatlam bosimi gradiyentlarini oshirish
    choralari ko‘rilmasa, bu qatlamni yakuniy neft beraolish koeffitsiyentini
    pasayishiga olib keladi.


    Neftni anomal qovushqoli zonalarini yuzaga kelishi
    va tarqalganlik xususiyati, haydash va olish burg‘ quduqlarini
    joylashtirish sistemasiga, hamda ularni ishlash rejimiga
    bog‘liq bo‘lgan, uyum maydoni bo‘ylab qatlam bosimi
    gradiyentlarini taqsimlanganligiga bog‘liq. U yana anomal
    qovushqoqli neft tarkibiga va g‘ovak muhitni
    o‘tkazuvchanligiga bog‘liq. Anomal qovushqoqlikni yuzaga
    kelishiga jinslarni kimyoviy tarkibini ta’siri hozirgi vaqtda
    to‘liq o‘rganilmagan.


    ❑ Ma’lumki, neftni tarkibi va xossalari uyumni maydoni va qatlam qalinligi bo‘yicha jiddiy
    o‘zgarishi mumkin. Ko‘plab tadqiqotchilar qatlamni shipidan tagi tomon neftni zichligini
    ortib borishi haqida ma’lumotlar keltirishgan. Ammo, neft qovushqoqligini uyum bo‘ylab
    taqsimlanganligi kam o‘rganilgan. Odatda gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi aniqlanadi.
    Neftning bu ko‘rsatkichi qatlam bo‘ylab katta oraliqda o‘zgarishi kuzatilgan. Masalan,
    Taymurzin konidagi (Rossiya, Bashqirdiston) gazsizlashtirilgan neftni qovushqoqligi maydon
    bo‘ylab 28 dan 200 mPa*s o‘zgarishi aniqlangan.
    ❑ Odatda, neft konlarini ishlashni loyihalashtirishda neftni fizik xossalarini va qatlamni fizik
    xususiyatlarini uyum bo‘ylab o‘rta qiymati olinadi. Neft shakli bo‘yicha modellashtiriladi.
    Konlarni asosiy ishlash ko‘rsatkichlarini bashorat qilish uchun bunday yondashishni anomal
    neftni uyumlarda qo‘llab bo‘lmaydi.


    Neft
    konlarini
    muhim
    texnologik
    ko‘rsatkichlarini
    aniqlash
    uchun
    gidrodinamik hisoblarni bajarishda neftni reologik xossalarini o‘zgarishni
    va qatlamni har xilligni inobatga olish kerak. Shunday qilib, anomal
    qovushqoqli neft uyumlarini loyihalashtirishdagi va tahlilidagi bosh xususiyati
    neft va gaz tarkibini, fizik va muhim reologik xususiyatlarini uyum hajmi
    bo‘ylab o‘zgarishini mufassal o‘rganish zaruriyati hisoblanadi. Gidrodinamik
    hisoblashlar sxemasini tanlash neft va gaz xossalarini uyum bo‘ylab
    taqsimlanganlik xususiyatlari inobatga olib bajaralishi kerak.


    ❖Neftlarni anomal qovushqoqli xususiyatlariga qatlamni fizik xususiyatlari va har
    xilligi katta ta’sir etadi. Masalan, dinamik siljish bosimini gradiyenti va neftdagi
    strukturani chegaraviy buzilish bosimi gradiyenti jinslarni o‘tkazuvchanligiga katta
    bog‘liq. Reologik xossalarni keskin yomonlashuvi, kichik o‘tkazuvchanlik
    koeffitsiyenti
    bilan
    xususiyatlanuvchi,
    g‘ovak
    muhitlardagi
    neftni
    sizilishida
    namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, oluvchi va haydovchi quduqlarni joylashtirish
    sistemasi, ular orasidagi masofalar, ularni ishlash rejimlari uyumni ishlashda qatlam
    bosimi
    gradiyentlarini,
    neftdagi strukturalarni chegaraviy
    buzilish
    bosimi
    gradiyentlaridan katta bo‘lishini, ta’minlash kerak. Agar ushbu maqsadga erishish
    ishlash iqtisodiy ko‘rsatkichlarini jiddiy yomonlashuvi sababli, mumkin bo‘lmasa, u
    holda neftni reologik xossalarini yaxshilash tadbirlarini loyihalash kerak.



    Neft konini ishlashni dastlabki loyihalarini tuzish bosqichida loyihalovchi,
    neftni strukturali mexanik xossalariga ta’sir etuvchi, neftni tarkibini uyum maydoni
    bo‘ylab taqsimlanganligi va o‘tkazuvchanlik koeffitsiyentini o‘zgaruvchanlik
    xususiyatlari haqida yetarli darajadagi mufassal ma’lumotlarga ega bo‘lmaydi. Shu
    sababli qatlam va qatlam nefti haqida yangi ma’lumotlar paydo bo‘lib borishi bilan
    neftni anomal qovushqoqligini kamaytirish tadbirlariga o‘zgarishlar kiritilish kerak.

    Bundan tashqari, uyumni ishlash jarayonida turli sabablarga ko‘ra ishlatish
    quduqlaridan olinayotgan neftni xossalari jiddiy o‘zgarishi mumkin. Shu sababli
    neft va gaz tarkibini, ularni reologik xossalarini o‘zgarishi haqida muntazam
    nazorat olib borish kerak.



    Download 0.63 Mb.
      1   2




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Anomal xossali neft konlarini ishlash loyihalashtirish

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish