|
Mavzu: Avtomobil yo’llarida uchridigan nuqsonlar turlari Reja
|
bet | 1/5 | Sana | 28.03.2024 | Hajmi | 458.9 Kb. | | #179972 |
Bog'liq Avtomobil yo’llarida uchridigan nuqsonlar turlari Matematik analiz, Mavzu Tarmoqlararo ekran texnologiyalari Reja (1), KONDENSATORLAR SIG, Muqobil energiya manbalari, Datchiklar va ularning asosiy xarakteristikalari, 1-Lab, Тезлик датчиклари, Mavzu № faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika va psi, 2 5202069160623873264, Namuna referat, ПИИ Узбекистан показатели, Перспективы развития и пути совершенствования контейнерных перевозок, Презентация к теме, dffdffddfdffd, sddddww3333222
Mavzu: Avtomobil yo’llarida uchridigan nuqsonlar turlari
Reja:
Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davridagi nuqsonlar
Yo‘l holatini kompleks baholash ko‘rsatkichlari
Avtomobil yo‘lini saqlash ishlari loyihasini ishlab chiqish.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Avtomobil yo‘llaridan foydalanish davrida vaqti vaqti bilan yo‘l qoplamasi va yo‘l elementlarida qarov ishlari amalga oshiriladi. Qarov ishlari qishgi, kuzgi va bahorgi qarov ishlari kabi turlarga bo‘linadi. Qarov ishlari davrida yo‘l elementlarida sodir bo‘lgan har hil bo‘zilishlar, cho‘kishlar, yeriqlar va boshqa turdagi nuqsonlar qayd jurnaliga yozib quyiladi.
Avtomobil yo‘llarida ta’mirlash ishlarini rejalashtirishdan oldin nuqsonlar qaydnomasi tuzib chiqiladi. Nuqsonlar qaydnomasini tuzish ishlarini tashkil qilishda quyidagi ishtirokchilar asosida guruh tashkil qilinadi.
Yo‘l joylashgan xududga qarashli xarakat havfsizligi xodimi
Yo‘lni ta’mirlash korxonasi vakili
Ta’mir turi aniqlangandan so‘ng loyihalovchi tashkilot vakili
Yo‘lni ta’mirlash ishlarini moliyalashtiruvchi tashkilot vakili
Nuqsonlar qaydnomasini tuzuvchi laboratoriya jamoasi
Avtomobil yo‘llarida nuqsonlar qaydnomasini tuzishda yuqorida ko‘rsatib utilgan vakillardan laboratoriya xodimlari nuqsonlarni aniqlab qayd qilib boradi. Qolgan vakillar esa qaydnomaga kiritilib borayotgan nuqsonlarni tasdiqlab boradi.
Nuqsonlar qaydnomasini tuzishda quyidagi talablarni etiborga olish lozim;
Tekshiruv ishlarini bahorda, yo‘l qordan tozalanganda o‘tkazish tavsiya etiladi.
Guruh videokamera yoki videokompyuterda suratga olish yordamida nuqsonlarni avtomatik qayd etish va yo‘l yer to‘shamasining holatini elektron axborot tashuvchilarda qayd etish uchun maxsus asbob-uskunalarga ega bo‘lishi lozim.
Bundan tashqari, guruh quyidagi jihozlar bilan jihozlanishi kerak:
o‘tilgan yo‘l datchigi bilan jihozlangan avtomobil;
"Yo‘l ishlari" va "To‘siqni chapdan aylanib o‘tish" yo‘l belgilari;
laboratoriya uskunalari bilan jixozlangan mashina (mashinada progomomer, kern olish uskunasi, 3 metrlik reka va boshqa laboratoriya uskunalari bo‘lishi kerak);
nuqsonlar qaydnomasi jurnali;
sariq rangli xavfsizlik jiletlari;
|
| |