Mavzu: Barabanli quritish apparatini hisoblash




Download 384.6 Kb.
bet1/5
Sana27.03.2024
Hajmi384.6 Kb.
#178515
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Barabanli quritish apparatini hisoblash
O\'rnatilgan tizimlar Umid aka, NURSHODWord 080522192934, XVII XIX asiring birinchi yarmida tarbiya maktab va pedagogik fikrlar, Tarmoqlararo modellar, sanoat-chiqindilari-va-ulardan-foydalanish, xorijiy-investitsiyalarning-milliy-iqtisodiyotini-rivojlantirishda-tutgan-o-rni-va-ahamiyati, 1555085399, Ch 18 4 5 and 6 Bacteria, Amaliyot 3-kurs sirtqi so\'ngisi dastur

Mavzu: Barabanli quritish apparatini hisoblash


(6 soat)
Nazariy ma’lumotlar.
Quritish jarayon turlari, qo‘llanilishi
Nam materiallarni qurituvchi agent yordamida suvsizlantirish jarayoni quritish deb ataladi. Bu jarayonda namlik bug‘lanish yo‘li bilan qattiq faza tarkibidan gaz (yoki bug‘) fazasiga o‘tadi.
Nam materiallarni quritish jarayonini sanoatda tashkil etish katta ahamiyatga ega. Quritilgan materiallarni transport vositasida uzatish arzonlashadi, ularning tegishli xossalari yaxshilanadi, qurilma va trubalarning korroziyaga uchrashi kamayadi.
Materiallarni uch xil usulda: mexanik, fizik-kimyoviy va issiqlik yordamida suvsizlantirish mumkin.
Mexanik usul bilan suvsizlantirish — tarkibida ko‘p miqdorda suv tutgan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Bu usul bilan suvsizlantirishda namlik siqish yoki sentrifugalarda markazdan qochma kuch yordamida ajratib olinadi. Odatda mexanik yo‘l bilan namlikni ajratish — materiallarni suvsizlantirishda birinchi bosqich hisoblanadi. Mexanik suvsizlantirishdan so‘ng yana bir qism namlik qoladi, bu qolgan namlikni issiqlik yordamida, ya’ni quritish yo‘li bilan ajratib chiqariladi.
Fizik-kimyoviy usul bilan materiallarni suvsizlantirish laboratoriya sharoitlarida ishlatiladi. Bu usul suvni o‘ziga tortuvchi moddalar (masalan, sulfat kislota, kalsiy xlorid) dan foydalanishga asoslangan. Yopiq idish ichida suvni tortuvchi modda ustiga nam material joylashtirish yo‘li bilan uni suvsizlantirish mumkin.
Issiqlik ta’sirida suvsizlantirish (quritish) kimyo sanoa tida keng ishlatiladi. Quritish ko‘pchilik ishlab chiqarishlarning oxirgi, ya’ni tayyor mahsulot olishdan oldingi jarayon hisoblanadi. Ayrim ishlab chiqarishlarda materiallarni suvsizlantirish ikki bosqichdan iborat bo‘lib, namlik avval grzon jarayon hisoblangan mexanik usul bilan, so‘ngra qolgan namlik quritish yo‘li bilan ajratiladi. Material tarkibidan namlikni bunday murakkab yo‘l bilan ajratish usuli jarayonning samaradorligini oshiradi.
Quritish ikki xil (tabiiy va sun’iy) yo‘l bilan olib boriladi. Materiallarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deyiladi, bu jarayon uzoq vaqt davom etadi. Qimyo sanoatida materiallarni suvsizlantirish uchun sun’iy quritish usuli ishlatiladi, bu jarayon maxsus kuritkich qurilmalarida olib boriladi.
Quritilishi lozim bo‘lgan materiallar uch turga bo‘linadi: qattiq (donali, bo‘lak-bo‘lakli, zarrachali); pastasimon; suyuq (eritmalar, suspenziyalar).
Issiqlik tashuvchi agentning quritilayotgan material bilan o‘zaro ta’sirlashuv usuliga ko‘ra quritish quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) konvektiv quritish - nam material bilan qurituvchi agent to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zaro aralashadi;
2) kontaktli quritish - issiqlik tashuvchi agent va nam material o‘rtasida ularni ajratib turuvchi devor bo‘ladi;
3) radiatsiyali quritish - issiqlik infraqizil nurlar orqali tarqaladi;
4) dielektrik quritish - material yuqori chastotali tok maydonida qizdiriladi;
5) sublimatsiyali quritish - material muzlagan holda, yuqori vakuum ostida
suvsizlantiriladi.
Oxirgi uchta usul sanoatda nisbatan kam ishlatiladi va odatda quritishning maxsus usullari deb yuritiladi.
Quritishning turlaridan qat’i nazar, jarayon davomida material nam gaz (ko‘pincha havo) bilan o‘zaro ta’sirlashib turadi. Qonvektiv quritish usuli sanoatda keng ishlatiladi, bu jarayonni amalga oshirish uchun materialga nam havo ta’sirining ahamiyati katta. Shu sababli nam havoning asosiy parametrlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.



Download 384.6 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 384.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Barabanli quritish apparatini hisoblash

Download 384.6 Kb.