151
Konlarni suvsizlantirish usullari. Kon suvlaridan foydalanish.
Termiz muhandislik texnologiya instituti P.f.d .Prof/b
O.N. Sultonova
talabasi Esanov.D
Annotasiya. Maqola hozirgi kunda global muammolardan biri bo’lgan
karyerlarni
suvsizlantirish
maqsadida
yangi
zaomanaviy
texnologiyalardan
foydalangan holda keryer suvini kamaytirish va qulay ish sharoitini yaratishga
qaratilgan.
Kalit so‘zlar. Kon, suvsizlantirish, drenaj, atval, pog‘ona, gil, transport, karer,
quduq, nasos, bort, foydali qazilma
.
Mavzu maqsadi: Konlarni ochiq usulda qazib olishda yer osti suvlaridan
himoyalashda ko‘pincha asosiy usul drenaj usulini qo‘lash xisoblanadi. Shu sababli kon
qazilmalarini suvsizlantirishning drenaj usuli va turlarni ko‘rib chiqamiz.
Kirish: Kon ishlarini olib borishda yer osti va yer usti suvlaridan konni himoya
qilish shuni ko‘rsatdiki: 1) kar’er bortlari pag‘onalar qiyaligini hamda otvallarni
mustahkamligini ta’minlash 2) foydali qazilmani to‘liq qazib olish va sifatini
yaxshilash 3) kon transportlari va jixozlarini ishlash sharoitini yaxshilash kabi
natijalarga erishilar ekan.
Mazu bayoni: Karer bortlarinig mustahkamligini oshirishda drenaj usulida
suvsizlantirishning asosiy vazifasi gidrostatik va gidrodinamik kuchlarni ta’sirini
pasaytirishdir. Shu kuchlarni ta’sirini drenaj usulini qo‘lash orqali kamaytirishga
erishilsa bortlar va pag‘onalarning mustahkamligini ta’minlashda eng efektiv chora
hisoblanadi.Agar gidrostatik va gidrodinamik kuchlar bort va pag‘onalarga xavf
solmasa unda drenaj usulida suvsizlantirish ishlarini amalga oshirish shart emas.
Vaqtincha qazish ishlari olib borilmaetgan (ishlamaydigan) otkoslar va
pag‘onalar qumli va gilli tog‘ jinslaridan tashkil topgan qazish ishlari olib
borilmayotgan otkoslar va pag‘onalar mustahkamligin ta’minlash uchun amalga
oshiriladigan birlamchi vazifa bu pag‘onalarni ustki maydonidagi suvlarni oqovasini
yaxshilash. Bu bilan maydonlarda yig‘ilib to‘planib qolgan suvlarni chiqarish orqali
gidrostatik va gidrodinamik kuchlarni kamaytirilishiga erishiladi, xamla qumli va gilli
jinslarni suvga bo‘kish shishib o‘z xolatini o‘zgartirishga va foydali qazilmaning ustki
pag‘ona yuza qismini yuvilib ketishini oldi olinadi.
Ma’lumki, gilli jinslar o‘zidagi namlikni bermaydi va amaliy suv
o‘tkazmaydigan qatlam hisoblanadi va jinslardan suvni drenaj usulida chiqarib olib
152
bo‘lmaydi. Shuning uchun bu turdagi tog‘ jinslarni suvga to‘yinganda xajmini oshishi(
shishib ketishi) kuzatiladi. Bunday tog‘ jinslari qatlamlari kontaktidagi qatlamlarini
suvsizlantirish lozim bo‘ladi. Bunday xollarda, agarda suv eltuvchi qatlam karerni
qazib olish jarayonida ochilsa drenaj usuli yordamida gidravlik bosimni kamaytirish
mumkun. Pag‘onalardagi suvni oqizib chiqarib tashlash nafaqat gilli jinslarni
qo‘shimcha namlanishi oldini oladi balki pag‘onalarni mustahkamligini saqlashda
boshqa suvga bo‘kkan qattiq, qoyali, yarim qoyali tog‘ jinslarini ham mexanik
xususiyatlarini susayishidan saqlaydi.
Otvallarni mustahkamligini ta’minlashda xam drenaj usuli qo‘laniladi. Lekin
shuni e’tiborda tutish lozimki otvallarga suv kelib tushishini oldini olish zarur, xattoki
konni ochishda suv elituvchi qatlamlar bo‘lsa xam.
Agarda otvallar tuproqli (supes, suglinok, lyoss) tog‘ jinslaridan tashkil topgan
bo‘lsa atmosfera yog‘inlari suvlarini ta’rtibga solish chora – tadbirlarini ko‘rish kerak.
Aks xolda ular suvga bo‘kkanda ko‘chki, oqimlarni, salbiy xodisalari keltirib chiqaradi.
Ma’lumki ko‘pgina karerlarda drenaj usulin qo‘llash tog‘-kon jihozlari va ruda
tashuvchi transportlar va boshqa jihozlarni ish sharoitlarini yaxshilaydi va bu bilan
ishlab chiqarish unumdorligini oshirishga erishiladi. Brinchidan kon tubidagi ekskvator
qaziyotgan foydali qazilmalarni suvga bo‘kishdan saqlaydi, ikinchidan pag‘onalarni
suvlanib deformatsiyalanishini oldini oladi hamda burg‘ulash portlatish ishlarini
amalga oshirish imkonyatini yaxshilaydi.
Konlarning muxandislik – geologik hamda gidrogeologik sharoitlarlardan kelib
chiqqan xolda amalga oshiradigan konni suvsizlantirishda drenaj tizimi usullarini
qo‘llash chegaralari belgilanadi. Shu maqsadda konni ochiq usulda qazib olishda
barcha konlarni 3 guruxga bo‘lish mumkun:
A- guruxga konning geologik tuzilishida zaif gilli va mineral zarralari
birikmagan tog‘ jinslari majumasidan iborat bo‘lgan hamda ularning pag‘onlarining
mustahkamligi ko‘p jixatdan yer osti suvlariga bog‘liq xisoblanadi.
B – guruxga konning geologik tuzilishida darzlangan va suvlanganda
mustahkamlik darajasi pasaymaydigan va yaxshi suv o‘tkazuvchan tog‘ jinslari
majmuasi qatnashadi.
V- guruxiga konning geologik tuzilishida A va B gurxlariga kiruvchi tog‘ jinslari
majmuasi taxminan bir xil darajada ishtrok etadi.
A – guruxga taluqli tog‘ jinslari qatlamlari yotishi konda (kar’erda) joylashish
sharoitlari bo‘ycha 2 turga bo‘linadi A-1 – tog‘ jinslarini yotish xolati o‘zgarmaydigan
153
yoki gorizontal xolatda joylashgan konlar. A-2 –tog‘ jinslari qatlamlari qiyalik burchak
ostida joylashgan konlar.
Kar’erlarning suvsizlantirishda drenaj ishlari burg‘ quduqlar yordamida yer osti
suvlarini sathini pasaytirish orqali amalga oshiriladi. Bunda xar bir burg‘ qudug‘i suv
tortuvchi nasoslar bilan jixozlanadi. Konni suvsizlantirishda yer osti drenaj tizimi filtrli
shtrek, hamda burg‘ quduqli drenaj, bosimli- o‘zi oqar burg‘ qudug‘i, hamda zumpf,
lahmlardan suv chiqish drenajlari tizimi. Yuqorida keltirilgan karerlarni suvsizlantirish
usullari xar doim xamma karerlarda ko‘llash yaxshi samara bermaydi. Xar bir kar’erda
(konda) shu konning geologik, muxandislik- geologik va gidrogeologik shart –
shariotlarini hamda texnikaviy iqtisodiy va mavjud kon texnik imkonyatlarini nazarda
tutgan xolda drenajning qaysi usulidan foydalanish maqsadga muvofiqligi aniqlanadi
va ulardan biri tanlanadi.
Burg‘ quduqlariga suv satxini pasaytiruvchi suv osti nasoslari tizimini qo‘llashda
qo‘ydagilar ko‘zda tutiladi: bu usulda ko‘p kapital xarajatlar talab qilinmasligi va
texnik soddaligi, burg‘ quduqlarini tezda ishga tushirish qulayligi; suvsizlantirishda
karer maydonidan chiqarilayotgan suvni miqdorini o‘zgartirish, burg‘ quduqlarini
sonini ko‘paytirish va kamaytirish mumkunligi.
Shu bilan bir qatorda yer osti suvlarini satxini pasaytirish bo‘ycha drenaj burg‘
quduqlari tizimini qo‘llashda quyda keltirilgan ba’zi kamchiliklar xam mavjud:
1)
suv o‘tkazish xususiyati past bo‘lgan (sizilish koeffitsienti k<5 m/sut) tog‘
jinslari tarqalgan konlarda yaxshi natija bermasligi;
2)
karerga tushayotgan yor osti suvlarini yana qo‘shimcha nasoslar
yordamida ( bu hol foydali qazilma konlarini er osti usilida qazib olishda xam mavjud)
chiqarish zarurligi;
3)
haddan ziyod suv tortuvchi nasoslarni ishlatishda (nasoslarni tezda ishdan
chiqish xollari kuzatilishi) ishchi xodimlarni ko‘p talab qilinishi, hamda drenaj
tizimidagi tortib chiqarilgan suvlarni markazlashgan suv tashlash xavzalarini tashkil
qilish muommalari.
Konlarni drenajli suvsizlantirishda katta diametrli (0,5-1 m) burg‘ quduqlaridan
foydalanish yaxshi samara beradi va suv nasoslarni tanlash ko‘p muommolar
tug‘dirmaydi. Bundan tashqari bunday katta burg‘ quduqlari drenaj tizimini qo‘llashda
xarakatdagi nasoslar sonini kamaytirish orqali katta maydonda yer osti suvlarini satxini
pasaytirishga erishish mumkin. Oxirgi yillarda diametri 1 m chuqurligi 200-300m va
154
bundan chuqur burg‘ quduqlari qo‘llanilmoqda va drenaj tizimi yaxshi samara
berayotganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor.
Yer osti drenaj tizimidan suv chiqarishni markazlashgan usuli (43.1-rasm) yaxshi
natija berishi kuzatilgan. Bu usuldan yer osti suvlarini satxini pasaytirishda yaxshi suv
o‘tkazuvchan hamda kam suv o‘tkauvchan tog‘ jinslarida (sizilish koeffitsienti K=1-
5m/sut) ham foydalanish mumkin. Shu usuldan foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib
olishda yaxshi natija bermaganligi uchun foydalanilmaydi.
5>
|