Mavzu: bios tizimi va ovozli va matnli xabarlari




Download 3.39 Mb.
Sana27.02.2024
Hajmi3.39 Mb.
#163501
Bog'liq
ochiq dars taqdimot
Хоразмча ялла 1 - машғулот, Тупроқшуносликда информатика ва замонавий ахборот технологиялари, Жанровая специфика русского романтизма, ehtimol dxx, 1- topshiriq, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya ishlarini tashkil etilishi bo‘yicha metodik tavsiyalar, file, nostandart-darslar, lecture1pre, flesh kartali misollar - iqrokids-2021, tarjimai hol, Документ Microsoft Word (3), MUSTAQIL ISHI, Документ Microsoft Word

Mavzu:BIOS tizimi va ovozli va matnli xabarlari

REJA

1.BIOS tizimi haqida tushuncha

2.BIOS ning asosiy vazifalari

3.BIOS ovozli va matnli xabarlari


BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(материнская плата)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab bios ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan biosning ishi.
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.
BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda.
BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi:
— American Megatrends (AMI);
 Award Software;
 Phoenix Technologies.
BIOSturiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim.
AWARD BIOS versiyasi 6,0 
AWARD + PHOENIX. birgalikda ishlashgan, zamonaviy platalarda shunaqa.
BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin:
Пуск -> Выполнить -> msinfo32
Bundan tashqari, EverestSandrasiw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi.
Kompyuterning ona platasiga kichkinagina dinamik biriktirilgan bo‘lib (uni «spiker» deb ataydilar), ana o‘sha kompyuterni yoqqaningiz zahoti tarkibiy qismlar holati va umuman, kompyuterning ishlashi haqida xabar beradi.
Biz aytayotgan «chiyillash» – shunchaki tovush emas, balki kompyuterda “hammasi joyida” ekanligi haqidagi signaldir. Ba’zida esa, spiker butunlay boshqacha ovoz beradi, yoki umuman jim turadi. Bu bilan u qayerdadir nosozlik mavjudligidan ogohlantiradi.
Kompyuterning «tili»ni tushunib olish uchun spikerning quyidagi asosiy signallarini bilib olishimiz lozim bo‘ladi:
- bitta qisqa signal – hamma jihozlar to‘g‘ri ishlamoqda;
- signal umuman yo‘q – ozuqa blokida muammolar mavjud, u ona plataga ulanmagan bo‘lishi mumkin, shuningdek, ona plataning o‘zi ham ishdan chiqqan bo‘lishi ehtimoli mavjud;
- uzluksiz signal – ozuqa blokida nosozliklar bor;
- ikkita qisqa signal – ahamiyatsiz nuqsonlar mavjud;
- bitta uzun, takrorlanuvchi signal – tezkor xotirada muammolar mavjud, uni slotdan chiqarib olib, qaytadan joylab ko‘ring.
Yuqoridagilardan tashqari yana ko‘plab signallar bor, lekin bu yerda faqat eng asosiylari va ko’p uchraydigani. Boshqa signallar kamdan-kam hollarda uchraydi.
Norin sanoat va servis kasb hunar kolleji
“Axborot komunikatsion texnalogiyalari”kafedrasi
Shaxsiy kompyuter va offis qurilmalariga texnik xizmat ko’ratish fani
Ochiq dars uchun
Tayyorladi: Rasulov Abbos
TAQDIMOTI


E’tiboringiz uchun rahmat
Download 3.39 Mb.




Download 3.39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: bios tizimi va ovozli va matnli xabarlari

Download 3.39 Mb.