Mavzu: Bog’lovchi moddalar faniga kirish, fanning mutaxassislik uchun axamiyati, mohiyati, fanning maqsad va vazifasi. Reja




Download 23,74 Kb.
Sana22.01.2024
Hajmi23,74 Kb.
#142941
Bog'liq
Maruza 1


Mavzu: Bog’lovchi moddalar faniga kirish, fanning mutaxassislik uchun axamiyati, mohiyati, fanning maqsad va vazifasi.
Reja:
1. Bog‘lovchi moddalar faniga kirish.
2. Bog‘lovchi moddalar fanining mutaxassislik uchun axamiyati.
3. Bog‘lovchi moddalar fanining maqsad va vazifasi.
Tayanch so‘z va iboralar: bog‘lovchi moddalar, sement, gips, ohak, organik bog’lovchilar, maqsadi, vazifalari. Hozirgi davrga qadar bog‘lovchi moddalar ikki guruxga bo‘linadilar: mineral (anorganik) va organik moddalar. Mineral yoki anorganik modda tabiiy moddadan yoki uning kuydirish yo‘li bilan olinadigan moddadan iborat. Kuydirish yuli bilan oli-nadigan moddalar toshlarni yoki binoning tarkibiy qismlarini bir biriga yopishtirish qobiliyatiga ega. Ulardan bunday moddalarni tayyorlashda xam foydalaniladi. Ko‘p ilmiy ishlarda qurilish moddalari, qurilish konstruksiyalari va qismlari ishlab chiqarish xajmini oshirish, modda xajmini, tannarxi va qurilishdagi ishni kamaytiradigan, binoning va qurilishning og‘irligini kamaytiradigan va ularni issiqqa bardoshligini oshradigan maxsulotlar ishlab chiqarish ko‘zda tutiladi. SHuning uchun xozirgi vaqtda IMSning va tog‘-kon sanoatining ikkilamchi resurslaridan foydalangan xolda qurilish moddalarini ishlab chiqarish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. YOnilg‘i-energetika resurslarini iqtisod qilish uchun sement, ohak, qurilish maxsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar elektrni tejaydigan texnologiyaga o‘tmoqda. Bunga kuruk usulda portlandsement ishlab chiqarishni misol qilib kelitirish mumkin. Bu usulda xul usulga nisbatan 1,5-2 marta energiya sarfi iqtisod qilinadi. Sement, beton va boshqa moddalar ishlab chiqarish usulidan ko‘pgina davlatlar xam foydalanmoqda. Sovet, olimlari sement kimyosi va texnologiyasi soxasida bir qancha muxim kashfiyotlarni yaratdilar. Xom-ashyoni quyi xaroratda quydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash ana shular jumlasidandir. Mamlakatimiz eng muxim kurilish moddalari, sement, barkaror temir-beton ishlab chiqarish borasida eng rivojlangan davlatlardan biridir. Xususan, sement va uning turlarining 30 xili ishlab chikarilmoqda. Mineral (anorganik) bog‘lovchi moddalar. Qadim zamonlarda parchalangan va butun toshlarni bir-biriga zich joylashtirib yoki band, qavs bilan qisib inshootlar qurishgan. Biroq bunday usulda katta inshootlar qurish qiyin edi, shuning uchun odamlar toshni bir-biriga biriktirishning boshqa yo‘llarini izlay bosh-ladilar. Ular dastlab gildan foydalanishgan, birok gil qurigan vaqtda kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Bundan qutilish maqsadida qumtuprokdan foydalana boshladilar, mustaxkamligini oshirish uchun esa turli xil tolasimon moddalar qushdilar, eramizdan taxminai 3-4 ming yil avval quydirish yo‘li bilan olinadigan bog‘lovchi moddalar paydo buldi. Ulardan eng birinchisi gips edi. Gips uncha yuqori bo‘lmagan xaroratda.ya’ni I40- 190°C da gips tarkibli jinsni kuydirib olingan. So‘ngra ohakdan xam foydalanila boshlandi. Gips va ohakning bunchalik erta ishlatilishiga tabiatda gipstosh va ohaktoshning kup tarkalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab buldi. Gips va ohak quydirilganda o‘zgarish xosil bulishi ulardan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga keltirgan bo‘lsa ajab emas. Rivojlanayotgan shaxar xo‘jaligiga va yo‘l qurilishiga suvga chidamli, mustaxkamligi yuqori bo‘lgan bog‘lovchi moddalar kerak edi. SHuning uchun barcha mamlakatlarda ohakdan keng foydalanildi, barcha 'ilmiy ishlar esa tarkibi ohakli xom-ashyoning sifatini yaxshilash va bu xom-ashyo asosida qurilish moddalari olish texnologiyasini takomillashtirishga qaratilgan. 7 Jumladan, Rossiyada, xamda qadimgi rus shaxarlari Kiev, Novgorod, Pskov, Rostov va Moskva shaxar devorlarini, ibodatxona va minoralarini qurishda ohakli xom-ashyodan foydalanilgan. Angliyada Disan Smitontarkibidagiqushimchalari bor kuydirilgan ohak maxsulotini tatbiq etdi. Bu bog‘lovchi modda gidravlik xossaga ega edi, shuning uchun uni gidravlik ohak deb ataldi. So‘ngra esa putssolon va ohak aralashmasidan iborat maxsulot olindi va u romansement deb ataldi. 1825 yilda E.G.CHelievning kitobi nashrdan chiqdi. U o‘z kitobida sun’iy xom-ashyo aralishmasidan iborat bog‘lovchi moddani ishlab chi-qarish texnologiyasi xaqida batafsil yozgan edi. Sun’iy xom-ashyo esa ohaktoshni quydirish natijasida xosil bo‘lgan bir qism ohakdan va bir qism gildan iborat. Bu modda suv bilan aralashtiriladi, so‘ngra quydiriladi va xosil bo‘lgan maxsulot maydalanadi xamda uni bochkalarga joylashtiriladi. Bunda CHeliev mustaxkamlikni oshirish uchun gips qushishni tavsiya etdi. CHeliev bilan bir vaktning o‘zida ingliz olimi Djozef Aspdin bog‘lovchi modda - portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasini taklif etdi. Bu modda qattiq xolda Portland shaxridagi toshga o‘xshardi. Rossiyadamaxsulot xolidagi portlandsement 1856 yilda Trodzetse shax-rida ishlab chiqarilgan. Lenin shisha, farfor, albaster, sement ishlab chiqarishni rivojlantirish xaqidagi ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, sement ishlab chikarishni ko‘paytirishga aloxida axamiyat bergan. Sement sanoatini rivojlantirishga va qurilishiga portlandsementni tatbiq etishga A.R.SHulyachenko (1841-1903 yy) va boshka ko‘pgina olimlar katta hissa qo‘shdilar. Ular birinchi bo‘lib portlandsement ishlab chiqarishni ruscha variantini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi s’ezd tashkil etildi va 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal "Sement" ning dastlabki nashri chop etildi. Keyingi yillar davomida sovet olimlari N.M.Belyaev, I.P. Aleksandriy va B.G.Skramtaev beton tayyorlashning xam nazariy, xam amaliy qismiga juda ko‘p yangiliklar kiritdilar. Birinchi jahon urushi va grajdanlar urushi yillarida sement ishlab chiqarish keskin kamayib ketdi. Sovet davlati amalda sement sanoatini yangitdan tuzishiga to‘g‘ri keldi. Qurilayotgan va qayta tiklanayotgan zavodlar yangi jixozlar bilan ta’minlanadi. Texnologiya operatsiyalarni boshqarish jarayonining avtomatlashtirish soxasida muxim ishlar boshlanib ketdd. Sementning turli xil yangi turlari paydo bo‘ldi. Mineral bog‘lovchi moddalar xakidagi fanni rivojlantirishda xamda uni ishlab chiqarishni tashkil va tatbik etishda atoqli olimlardan Voljenskiy, YU.M. Bunin, V.V.Timashev , M.M. Sыchev , V.D.Gluxovskiy xamda boshqalar faol ishtirok etdilar. Kukunsimon moddalar bog‘lovchi moddalar deb ataladi. Bunday moddalar suv bilan reaksiyaga kirishganda plastik, ya’ni qovushqoq xamir xosil qiladi. Bu xamir esa fizikkimyoviy jarayon natijasida o‘zidan-o‘zi qotadi. Bog‘lovchi moddalar o‘zning tarkibiga ko‘ra ikkita katta guruxga bulinadi: 1. anorganik (ohak, sement, gips, suyuq,shisha va boshqa); 2. organik (bitum, elim, polimer). Ularni qizdirib, suyuklantirib yoki organik suyukliklarda eritib ishchi xolatga keltiriladi. Bog‘lovchi moddalarning turlanishi va nomlanishi, ularni ishlab chiqarish uchun xom-ashyo qushimchalar. Hamma quruvchi mineral bog‘lovchi moddalar asosiy guruxga bo‘linadi: havoi, suvli, gidravlik kislotaga chidamli. Havoi, ya’ni faqat havoda qotish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar uzoq muddat mustaxkamligini saqlab turadi. Kimeviy tarkibiga ko‘ra ular to‘rt guruxga bo‘linadi: I) ohakli bog‘lovchi moddalar, ular asosan kalsiy oksid CaO dan iborat; 2) magnezial bog‘lovchi moddalar,uning tarkibida magniy oksid bo‘ladi; 3) gipsli bog‘lovchi moddalar, bu moddalarning asosini kalsiy sulfat tashkil etadi; 4) suyuq shisha - natriy silikat yoki kaliy silikat (suvli eritmasi). Gidravlik bog‘lovchi moddalar tez qotadi va uzoq vaqtgacha o‘zining mustaxkamligini faqatgina xavo ta’siridan emas, balki suv ta’sirida xam saqlab turadi (xatto ba’zan oshiradi). Gidravlik bog‘lovchi moddalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra asosan to‘rtta oksiddan tashkil topgan murakkab tuzum shaklida ifodalanadi. 8 O‘z navbatida uchta asosiy guruxga bo‘linadi: 1) asosan kalsiy silikat (75% dan ko‘proq)dan iborat silikatli sement, unga portlandsement va uning boshqa turlari kiradi. Bular xozirda qurilishda asosiy "kuch" xisoblanadi; 2) alyuminatli sementlar, uning asosi kalsiy alyuminat xisoblanadi, ulardan asosiysi qum tuproqli sement va uning turdoshlaridir; 3) gidravlik ohak va romansement. Kislotalarga chidamli sementlar uchinchi guruxga qarashli bo‘lib, tarkibi o‘ta maydalangan kremneftorli natriy va kaliy yoki natriy silikatni suvli eritmasidan tashkil topgan. Bu bog‘lovchi modda oldin xavo muxitida qotgach uzoq vaqt davomida xar xil kislotalar ta’siriga qarshilik kursatishi mumkin. SNiP I-V, 2-69 qoidalariga kura yuqorida aytilib o‘tgan moddalar bilan bir qatorda aloxida guruxga avtoklavda qotuvchi bog‘lovchi moddalar ajratilgan. Bularning qotish jarayoni yaxshi o‘tishi uchun bosimi 0,8-1,5 MPa ga teng bo‘lgan to‘yingan bug‘ bo‘lishi lozim. Bu guruxga ohak-kvars, ohak-shlak, ohak-kulli, mikroqushimchali sementlar, jumladan kvars qumi asosidagi qumli sementlar misol bo‘ladi. CHunki ular gidrotermal va shunga yaqin muxitda yaxshi qotadi. Ularni ishlab chiqarishuchun boshlang‘ich xom-ashyo sifatida tabiiy birikmalar, masalan, ohak, giltuproq, ishlab chikarishdagi chiqindilari va xakazolardan foydalaniladi. Bog‘lovchi moddalarni ishlab chiqarish uchun xar xil tog‘ jinslarini va sanoat chiqindilarini ishlatish mumkin. Masalan, qurilish gipsi olish uchun ikki molekula suvli gips toshini, yoki fosfor kislotasini ishlab chiqarishda xosil qiluvchi fosfogipsdan foydalanish mumkin. Sement olish uchun, bur, ohaktosh, gil jinslar va xakazolar ishlatiladi. Xozirgi davrda keng tarqalgan usul sanoat chiqindilarini keng ishlatib yangi bog‘lovchilar ishlab chiqarishdir.Bog‘lovchi moddalarga va beton qorishmalariga xossalarini yaxshilash uchun xar xil qushimchalar qushiladi. Ular kimyoviy - fizik kimyoviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatuvchi bo‘lib oltita sinfga bo‘linadilar: 1 - sinf: birikmalarni reologik xususiyatini kuzatuvchilar, bular uchta guruxga bo‘linadilar: 2- yumshatuvchi - bularga SSB - sulfit-spirtli suyuqlik, SDB - sulfit-achitkich suyuqlik, suvda eriydigan polimer VRP. Bog‘lovchi moddani og‘irligidan 0,15-0,3jo miqdorda qushiladi, 2 - Suv tutib qoluvchi qo‘shimchalar: aktiv mineral qo‘shimchalar (AMK) - trepel, diatomit,opoka , nordon kullar, xamda xavo olib kiruvchi moddalar. Bularni bog‘lovchi moddani og‘irligidan 0,01-0,05/ miqdorda qo‘shiladi. 3 - suyuqlantiruvchi (suv ajratmasdan) - bularga mikroko‘pik xosil qiluvchi - mыlonaft, mыlonatriy, asidol (I KPS-10, I 1SHS-11) va boshqa suvga bo‘lgan talabni xamda bog‘lovchi moddalar sarfini kamaytiruvchilar kiradi va 0,01-0,2% miqdorda kiritiladi. 2 - sinfga bog‘lovchi moddalarni tutib qolish va qotish jarayonlarni boshqaruvchi qo‘shimchalar kiradi va bir nechta guruxga bo‘linishadi: 1. Tutib qolishni sekinlashtiruvchilar (gips, mыlonaft, SSB, va x.k.) 2. Qotishni sekinlashtiruvchilar (SSB, SDB) 3. Tutib qolishni tezlashtiruvchilar (NaF CaCL kalsiy, natriy-nitrat va boshqalar). 5. Sovuqqa qarshi qo‘shimchalar 6. Bir xil klinkersiz bog‘lovchilarni qotishini aktivlashtiruvchilar ( va boshqalar) 3 - sinf qo‘shimchalar sakkizta guruxga bo‘linadi va bularni umumiy fazilati - qotayotgan bog‘lovchilarni tuzilishini boshqarish va o‘zgartirish, zichligini oshirish. 4 - sinf qo‘shimchalarga po‘lat armaturani zangga duch kelishini oldini oluvchilar kiradi. 5 - sinfga o‘ta maydalangan, sement sarfini kamaytirish va beton zichligini oshirish uchun ishlatiladigan to‘ldiruvchi qo‘shimchalar, ohak, tog‘ jinslari, qum, gil, domna va yoqilg‘i shlaklarining ba’zi turlari va xakazolar kiradi. 6 - sinfga beton va bog‘lovchi moddalarga aloxida xususiyatlar beruvchi moddalar kiradi, masalan nurlanishga qarshi. Bu qo‘shimchalarni ishlatilishi sementni iqtisod qilishda, mustaxkamlikni oshirishda katta yordam beradi, va ularni miqdori tajriba orqali aniqlanadi. 9 O’quv fannining maqsadi va vazifalari Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda qurilish industriyasining rivojlanishida issiqlik izolyasiyalovchi, pardozlovchi, beton va temir-beton buyumlarini ishlab chiqarish uchun noorganik, organik, polimer bog’lovchi moddalarni, bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini, bog’lovchi moddalar olishda chiqindilardan foydalanish, olingan bog’lovchining xususiyatlarini aniqlash; minerallarni tanlash va kerakli uskunalarini o’rganish; qurilish materiallarining tuzilishi; qurilish materiallarini differensial-termik, rentgenografik va mikroskoplar yordamida o’rganish; olingan natijalarni tahlil qilish; qurilish materiallarining tuzilishi va undagi o’zgarishlarni o’rganish bo’yicha ushbu fan o’qitiladigan bakalavr ta’lim yo’nalishlari profiliga mos bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir. Fanning vazifasi – talabalarga bog’lovchi moddalar xom ashyosining tarkibi, xossalari, qabul qilish shartlari, saqlash, bog’lovchi moddalarning xususiyatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoatining xom ashyosidan keng foydalanish, beton va temir-beton buyumlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, sifatini oshirish, bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish texnologiyasini loyihalash, zamonaviy texnologiyalarni qo’llashni; mineral xom ashyoning tarkibini, fizikkimyoviy usullar tahlili, qizitish jarayonida olingan egri chiziqlar, tekshirilayotgan namunani mineralogik tarkibi, qurilish materiallarini zamonaviy tekshirish usullarini o’rganishdan iborat. Takrorlash uchun savollar: 1. Bog’lovchi moddalar deb nimaga aytiladi? 2. Bog’lovchi moddalardan tayyorlangan materiallarning qurilishda qo’llanilishi haqida gapiring? 3. Fanning maqsad va vazifalari haqida nimalarni bilasiz?
Download 23,74 Kb.




Download 23,74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Bog’lovchi moddalar faniga kirish, fanning mutaxassislik uchun axamiyati, mohiyati, fanning maqsad va vazifasi. Reja

Download 23,74 Kb.