• Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning amaliy ahamiyati.
  • Mavzu. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati




    Download 72 Kb.
    bet1/3
    Sana24.02.2024
    Hajmi72 Kb.
    #161699
      1   2   3
    Bog'liq
    1-mavzu
    2 slayd, 777777777777777777777, Bir million dasturchi laboratoriyalari, 1, 11-sinf-informatika doc, 50610501 Dasturiy injiniring, 40d4c6dab0b9f021428bfd52b1e42dd4, Boshqaruv psixologiyasi bo\'yicha tematik reja Semenarlar (2), 7 Yoshli bolalar uchun psixologiya, djoldasbayev33, 4. maruza CSS га кириш. Селекторлар турлари. Ўлчов бирликлари., KIBER mustaqil ish, tEQfzZPVFqEQnoOijCZCqs6zD9Rtz4i9wntwpHkq, Fanuc

    1. MAVZU. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati.

    Reja

    1. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning maqsadi.

    2. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning vazifalari.

    3. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning amaliy ahamiyati.

    Boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar badiiy asar mutolaasi va matni ustida ishlash orqali o‘zlariga hayotiy saboqlarni oladilar. Badiiy asar matni tahlili jarayonida ular asar qahramonlarining xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning qilmishlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini anglaydilar, shu bilan birga asardagi voqealardan ta’sirlanadilar. Buning uchun o‘qish va sinfdan tashqari o‘qish darslarini interfaol, qiziqarli, sifatli va munozaralarga boy tarzda tashkil etish talab etiladi.


    “O‘qish” (Ona tili va o‘qish savodxonligi) fani boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘quv predmeti hisoblanadi. Zero, mazkur o‘quv predmeti yordamida o‘quvchilarning savodini chiqarishga erishiladi, harflarni tanish va o‘qitish asosida kitobga, kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otiladi, atrof-muhit haqidagi bilimlari boyitiladi. O‘quv predmetining asosiy vazifalaridan biri boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn ustida ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, uning malakaga o‘sib o‘tishini ta’minlashdir. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da “matn” (ar. “nutqning yozuvdagi ifodasi”) tushunchasiga “yozuvda yoki bosma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat” deb ta’rif berilgan. “Matn” so‘zi rus va ingliz tillarida chop etilgan adabiyotlarda “tekst” (lotincha “textum” asosida shakllantirilgan “text”) shaklida qo‘llanilib, “bog‘lanish”, “birikish”, “aloqa”, “birikma” kabi ma’nolarni bildiradi . Tadqiqotchi L.Losevaning “Matn qanday tuziladi?” nomli tadqiqotida “matn” tushunchasi “lingvistik tadqiqotning eng murakkab ob’ektlaridan biri” sifatida e’tirof etilib, uning mohiyatini asoslovchi bir qator belgilar ko‘rsatib o‘tilgan: 1) axborotning yozma shaklda ifodalanishi; 2) mazmun jihatidan o‘ziga xos tugallikka egalik; 3) o‘quvchida voqelikka nisbatan muayyan munosabat uyg‘otish imkoniyatining mavjudligi.
    Ko‘rsatilgan belgilar asosida matnni mazmunan tugal va o‘quvchida xabar qilinayotgan axborotga ma’lum munosabat uyg‘otish bilan xarakterlanadigan yozma shakldagi axborot sifatida ta’riflash mumkin. Bizningcha, “matn” tushunchasining g‘oyaviy-nazariy talqini yetarlicha yoritilmagan. Ayni o‘rinda L.Losevaning matnni ifodalovchi belgilar borasidagi fikrini quyidagilar bilan to‘ldirish mumkin: 1) axborotning yozma shaklda ifodalanishi; 2) mazmun jihatidan o‘ziga xos tugallikka egalik; 3) o‘quvchida voqelikka nisbatan muayyan munosabat uyg‘otish imkoniyatining mavjudligi; 4) kompozitsiya, syujet, tarkibiy tuzilmaga, shuningdek, tarkibiy elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikka egalik; 5) muayyan sohaga taalluqli bo‘lishi; 6) aniq mavzu bo‘yicha axborot berishi; 7) o‘ziga xos bayon uslubiga egalik; 8) aniq subyektga yo‘naltirilganligi (masalan, o‘quvchi, o‘qituvchi uchun mo‘ljallanganligi); 9) aniq maqsad uchun xizmat qilishi.
    Matnni sintaktik jihatdan mazmuniga ko‘ra va leksik-grammatik vositalar yordamida o‘zaro bog‘langan gaplar yig‘indisi tarzida tushunish ham xato sanalmaydi. “Matn deganda murakkab sintaktik butunlik va erkin gaplardan iborat butunlikni tushunish kerak. Matnning sintaktik tahlili gaplar o‘rtasidagi aloqalarni o‘rganish, matnni gapdan kattaroq sintaktik birliklarga, murakkab sintaktik butunlikka parchalashni o‘z ichiga oladi”.
    Nutq jarayonida gaplar guruhlanadi, mavzu jihatdan, qurilishi va ohangiga ko‘ra birlashadi va alohida sintaktik birlik – murakkab sintaktik butunlik hosil qiladi. Biroq, matndagi barcha gaplar ham murakkab sintaktik butunlikka kirmaydi, ayrimlari uning tarkibiy qismi bo‘lmaydi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, mazkur tadqiqot ishida matn mohiyatini ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish emas, balki, matn ustida ishlash orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish metodikasini tadqiq qilish maqsad qilib belgilanganligi sababli masalaning ana shu jihati tahlil qilinadi. «Ona tili va o‘qish savodxonligi» darsligida berilgan matnlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich sinflarda o‘qish darslarining asosiy maqsadi o‘quvchilarni matn mazmunini to‘g‘ri tushunish, ongli va ifodali o‘qiy olish, matnda berilgan axborotni idrok qilish, matnda ifodalangan voqelikka nisbatan munosabat bildirishga tayyorlashdir. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi metodik tayyorgarlikni darsning maqsadi, o‘rganilayotgan materialning mazmuni, o‘quvchilarning mavjud bilim, ko‘nikma, malakalari darajasiga ko‘ra amalga oshiradi. O’quvchilarni asar matnini o‘qishga tayyorlashda, birinchi navbatda, ularni matn mavzusi, tili, g‘oyaviy mazmuni va badiiyestetik qiymati bilan tanishtirish, matn mazmunidan tegishli xulosa chiqarishga e’tibor qaratiladi. O‘qish faoliyati ham nutqning alohida ko‘rinishi hisoblanadi. O‘quvchining o‘z fikrini qanchalik mazmunli, aniq va to‘g‘ri ifodalay olishi uning o‘quv-bilish faolligi darajasini, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga imkon beradi. O’qish darslarida matnni idrok qilish va mazmun-mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan qo‘yilgan savol va topshiriqlar o‘quvchilarni o‘ylashga majbur qilishi, javob berishda muallif qo‘llagan iboralardan, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishga qaratilishi, nutqda ko‘proq o‘zi uchun yangi so‘z va iboralarni ishlatishga undashi lozim. Matnni o‘qish ko‘nikmasiga egalik, o‘z navbatida, o‘quvchi nutqini boyituvchi muhim omillardan biri sanaladi. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarni ijodiy, mustaqil va mantiqiy mushohada yuritishga, matnni tahlil qilish va unga o‘z munosabatini bildira olishga o‘rgatish o‘qituvchidan katta mahorat talab etadi. 7-9 yoshdagi bolalarda “yozma nutq ham shakllana boshlaydi... Yozma nutqni egallashi asosida ularda turli matnlar haqida ma’lumotlar yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endigina shakllana boshlaganligi bois, bolalarda hali o‘zi yozgan fikrlarni, so‘z va harflarni nazorat etish ko‘nikmasi yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Mustaqil ijodiy ishlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash, fikrini bayon etish uchun ma’lumot to‘plash, muhim jihatlarini ajratib olish, uni ma’lum ketma-ketlikda amalga oshirish, reja tuzish ko‘nikmasini hosil qiladi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan shu mazmunga mos so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z holatlarini topa olish va to‘g‘rilash aqliy rivojlanishning ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi”. Boshlang‘ich sinflarda “Ona tili va o‘qish savodxonligi ” o‘quv fani bo‘yicha matn ustida ishlashga yo‘naltirilgan dars quyidagicha shakllarda tashkil etiladi: Kirish darsi. Bunda o‘qituvchining vazifasi yozuvchi hayoti va ijodining muhim jihatlarini bayon etish, uning asarlariga nisbatan o‘quvchilarda qiziqish tuyg‘usini uyg‘otishdir. O’qish darslaridagi dastlabki suhbat o‘quvchilarning dars mavzusiga oid umumiy tushunchasini aniqlashdan iborat. Suhbat jarayonida o‘quvchilarning savollarga javob berishi bilan birga erkin fikr bildirishi ham kuzatiladi. Suhbat bilan kompleks tarzda qo‘llanadigan o‘qituvchi hikoyasi mazmuni o‘rganiladigan matn janri va mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Uning asosiy maqsadi o‘quvchilarni badiiy obrazlarni hissiy jihatdan idrok etishga tayyorlashdir.
    O‘qish bo‘yicha metodik qo‘llanmalarda tavsiya qilingan nutq namunalari tahlili butun tayyorgarlik ishi (suhbat va o‘qituvchi hikoyasi) uchun optimal vaqt 3 daqiqadan oshmasligini ko‘rsatadi. Suhbatda beriladigan savollarning miqdori o‘rtacha 4-5 ta bo‘lishi ijobiy samara beradi. Tayyorgarlik ishida o‘qituvchi hikoyasi ikki maqsadni ko‘zlaydi: 1) o‘rganish ob’ekti haqida qo‘shimcha ma’lumotlar berish; 2) o‘qish bilan bog‘liq talablarni belgilash. Matnni o‘qishga tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchi topshirig‘i qat’iy belgilanadi: “...qarang”, “Diqqat bilan eshiting”. Bular yordamida matnni idrok etish bilan bog‘liq to‘xtam, urg‘u, o‘qish sur’ati va ohangga e’tibor qaratish yuzasidan ko‘rsatma beriladi. Bunday tayyorgarlik ishi ko‘p vaqt talab qilmaydi. O’quvchilarni matnni idrok etishga tayyorlash uchun o‘qituvchi suhbat hajmi, maqsadi, mazmunini hamda og‘zaki beriladigan qo‘shimcha ma’lumotlarning zaruriy hajmini aniqlab olishi lozim. Suhbat vahikoyaning o‘rinli hamda maqsadga muvofiqligi, savollar miqdori, ularning mazmuni va qo‘yilish mantiqi, hikoya hajmi o‘qituvchining diqqat markazida bo‘lishi kerak. Odatda, o‘quvchilarning hayotiy tajribasiga yaqin mavzularni o‘qishda ko‘pincha suhbatga zarurat sezilmaydi. Biroq o‘qituvchining o‘quvchilarni mavzuga yo‘naltiruvchi kirish so‘zi, albatta, zarur. Busiz o‘quvchilarning asarni to‘laqonli idrok qilishlariga erishish mushkul.

    Download 72 Kb.
      1   2   3




    Download 72 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu. Boshlang‘ich ta’limda matn ustnda ishlashning maqsadi, vazifalari, amaliy ahamiyati

    Download 72 Kb.