|
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida lan va vlan tarmoqlarini qurish
|
Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 0,78 Mb. | | #133645 |
Bog'liq 1-Labaratoriya ishi
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI
"Kompyuter injiniring" fakulteti
"Kompyuter tarmoqlari” fanidan
LABORATIRIYA ISH-№1
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Bajardi: KIS 20-01-guruh talabasi
Qarabayev Muhammadali
Qabul qildi: Saidmurodov M.A
SAMARQAND – 2022
Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish.
Ishning maqsadi: CPT dasturida ikkinchi sath kommutatori modeli bilan ishlashni o’rganish. Kommutator asosida LAN va VLAN tarmoqlarini qurish bo’yicha bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish.
Nazariy qism:
Kommutator (switch) – bu kompyuter tarmoqlarining bir nechta uzellarini (xostlarini) bir yoki bir nechta tarmoq segmentlari chegarasida bog’lash uchun mo’ljallangan qurilma. Konsentratordan farqli ravishda kommutator ma’lumotlarni faqat qabul qiluvchiga yuboradi. Bu tarmoqning samaradorligini va xavfsialigini tarmoqning boshqa segmentlari ular uchun mo’ljallanmagan ma’lumotlarni qayta ishlashini zaruratining oldini olish hisobiga oshiradi.
Kommutatorlar OSI modelining kanal sathida ishlaydi. Kommutator xotirasida kommutatsiya jadvalini saqlaydi, jadval kommutatorning portiga mos keladigan qurilma MAC-adresini ko’rsatadi. Kommutator yoqiganda bu jadval bo’sh bo’ladi va u o’rganish rejimida ishlaydi. Ushbu rejimda qaysidir portga kelgan ma’lumot kommutatorning qolgan barcha portlariga yuboriladi. Bunda kommutator kadrni tahlil qiladi va yuboruvchi-uzel MAC-adresini aniqlab uni jadvalga kiritadi. Keyinchalik, agar kommutatorning portlaridan biriga kadr yuborilsa va u kadr MAC-adresi jadvalda mavjud bo’lgan uzel uchun mo’ljallangan bo’lsa, u holda kadr faqat jadvalda ko’rsatilgan port orqali yuboriladi. Agar qabul qiluvchi uzel MAC-adresi kommutatorning qaysidir portiga mos kelmasa, u holda kadr barcha portlarga yuboriladi. Vaqt o’tishi bilan kommutator o’zining barcha portlari uchun to’liq jadvalni shakllantiradi va natijada trafik lokalizatsiyalanadi.
Amaliy qism:
VLAN tarmoqlarini qurish.
Birinchi bosqich:
Cisco Packet Tracer dasturini ishga tushiramiz.VLAN tarmog’ini qurish uchun End Device bo’limidan PC(Kompyuter) ni tanlab olamiz.Hamda Switches bo’limidan 2 ta Switch (2950-24) ni olamiz.
1-rasm
Ikkinchi bosqich:
Bu bosqichda PC larga IP adresslar beramiz.
2-rasm
Uchinchi bosqich:
PC larni ajratib olamiz.
3-rasm
To’rtinchi bosqich:
Bu bosqichda birinchi Switchni sozlaymiz
Switch>
Switch>
Switch>en
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#
Switch(config)#vlan 2
Switch(config-vlan)#name qizil
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#vlan 3
Switch(config-vlan)#name yashil
Switch(config-vlan)#exit
Switch(config)#end
Switch#
%SYS-5-CONFIG_I: Configured from console by console
Switch#show vlan brief
4-rasm
Ikkinchi switchni ham shu tarzda sozlab olamiz
Switch#
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#interface fa0/1
Switch(config-if)#switchport mode acces
Switch(config-if)#switchport acces vlan 2
Switch(config-if)#
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#interface fa0/2
Switch(config-if)#switchport mode acces
Switch(config-if)#switchport acces vlan 3
Switch(config-if)#exit
Switch(config)#show vlan brief
Switch#
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#
Switch(config)#interface fa0/3
Switch(config-if)#switchport mode trunk
5-rasm
switchport mode trunk buyrug’i orqali jarayonni yakunlaymiz.
Beshinchi bosqich
Ping orqali tekshirib ko’ramiz
6-rasm
Natija:
1.Laptop0 dan PC1 ga ma’lumot uzatganimizda natija successful chiqadi.Ya’ni ma’lumot almashish jarayoni amalga oshirilyapti.(7-rasm)
7-rasm
2.Laptop0 dan Laptop1 ga ma’lumot uzatganimizda natija failed chiqadi.Bu ma’lumot almashish jarayoni bajarilmaganini anglatadi.(8-rasm)
8-rasm
Xulosa
Xulosa qilib aytganda,men bu laboratoriya ishini bajarish davomida Cisco Packet Tracer dasturi bilan ishlash va tarmoq yaratishni o’rgandim. Bundan tashqari, ip address berish, switchni sozlash, ping berish va xabar almashish kabi parametrlar bilan ishladim hamda ma’lumot almashish jarayonini kuzatdim. Bu dastur orqali biz ko’plab bilimlarga ega bo’ldik.
|
| |