Mavzu “Davlatning agrar siyosati”




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana15.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#138206
  1   2
Bog'liq
Slayd Davlat agrar siyosati 2
sasas, 2 toifa uchun test savol-javob Ona tili, rasmlar, НАМУНА 1, 3-SINF OTLARNING BIRLIK VA KO’PLIKDA QO’LLANILISHI USTIDA ISHLASH JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH, Ziyayev Jamshidbek Xurshidbek o`g`li3, Nanoelektronika materillari. Kvant nuqtalar iplar va o\'rala, Narkologiya-2, 15-99 Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish, 2-mavzu Zamonaviy STEAM yondashuvi –davr talabi, Mavzu Ko’p xonali sonlar ichida qo’shish va ayirish Mundarija K, Work Prog 738969 44.03.05 03182023, Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол (1), Butun olam tortishish qonuni. Kosmik tezliklar. Reja (1)


Gruppa 5/EK-94 3 
Holdorova Nargiza 


 O’zbekiston Respublikasi agrar siyosatining mazmuni, 
maqsadi va asosiy yo’nalishlari.
1 O'zbekiston respublikasi agrar siyosatining o'ziga hos 
hususiyatlari;
2 Agrar siyosatning bosqichlari va rivojlanish tamoyillari;
3 Agrar siyosatni amalga oshirishning vosita va mexanizmlari;
 


1 O'zbekiston respublikasi agrar siyosatining o'ziga hos 
hususiyatlari 

“Siyosat” termini (grek tilidan politika-davlat va jamiyat ishlari) aholi turli 
guruhlari o’rtasidagi munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat 
ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, shakl va vazifalarining 
aniqlanishi tushuniladi. Davlatning iqtisodiy siyosati uning strategik 
vazifalaridan kelib chiqib jamiyatda ishlab chiqarish, daromad va 
ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan 
joriy davr ichida qo’llaniladigan choratadbirlar tizimini ifodalaydi. 
Davlatning iqtisodiy siyosati o’z ichiga tashqi iqtisodiy, 
tarkibiyinvestisiyaviy, institusional, agrar, sanoat, ijtimoiy, narx, 
moliyaviy, soliqbyudjet, pul-kredit, hududiy (mintaqaviy) siyosatlarni 
oladi.1 Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, 
u qishloq xo’jaligi va unga bog’liq xo’jalik sohalarini qamrab oladi, 
mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini va aholini oziqovqat mahsulotlari bilan 
ta’minlashni yaxshilash, agrar sektor ishlab chiqarishining 
samaradorligini oshirish, qishloqlarni obod etish asosida qishloq 
aholisining daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish vazifalarining 
amalga oshirilishini ko’zda tutadi.


Uni davlatning agrar iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli va 
metodlari ko’rinishidagi faoliyati deb ham tushunish mumkin. Agrar siyosatni agrar 
iqtisodiyot sohasida eng ta’sirchan shakl va usullar orqali yuz beradigan iqtisodiy 
jarayonlarning o’zaro ta’siri orqali amalga oshuvchi agrar sektorda xo’jalik-moliyaviy 
va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan davlatning faoliyati 
sifatida belgilash mumkin. Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini 
barqaror rivojlantirishga qaratilgan davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi 
bo’lib hisoblanadi. Qishloq hududlarining barqaror rivojlanishi deganda ularning 
barqaror ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarishning o’sishi, qishloq xo’jaligi samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq 
bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, yerlardan oqilona foydalanish 
tushuniladi. Agrar siyosat o’zida qishloq aholisining moddiy, ijtimoiy, huquqiy va 
iqtisodiy shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar 
bozor, investisiya, kredit, moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va 
soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli va tarkibiy qayta shakllanish agrar 
siyosatning asosiy sohalaridir. Agrar siyosatning umumiy maqsadi muayyan siyosiy, 
iqtisodiy, ijtimoiy, hududiy, tarmoq, ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat 
rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga bog’liq ravishda aniq maqsadlar 
o’zaro nisbati o’zgaradi. 


Davlat agrar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar: 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari va tovar ishlab chiqaruvchilar 
raqobatbardoshligini oshirish, oziq- ovqat mahsulotlari sifatini 
ta’minlash; 

qishloq hududlari barqaror rivojlanishini, qishloq aholisi 
bandligini ta’minlash, ularning turmush darajasini, shuningdek 
qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ish haqini oshirish; 

qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qo’llaniluvchi 
tabiiy resurslarni takror ishlab chiqarish va asrab-avaylash;

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari daromadliligi 
oshishini va shu bozorlar infratuzilmasi rivojlanishini 
ta’minlovchi xomashyo, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat 
mahsulotlari samarali faoliyat yurituvchi bozorlarini 
shakllantirish; 

qishloq xo’jaligi sohasida investisiyalar hajmini oshirish va qulay 
investision muhitni yaratish; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va qishloq xo’jaligi tovar 
ishlab chiqaruvchilari qo’llovchi sanoat mahsulotlariga narx 
indeksini kuzatish va bu narxlar indeksi o’zaro nisbatiparitetini 
ushlab turish. 


Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar 
qonunchilik - qishloq xo’jaligida va qishloq aholisi hayoti bilan bog’liq holda amalga 
oshayotgan jarayonlarga ta’sir o’tkazuvchi huquqiy me’yorlardir. Yerga egalik 
munosabatlari, kredit va soliqqa tortish, mehnat munosabatlari, mulkiy 
munosabatlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, 
ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, 
ijtimoiy ta’minot va boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi: 
Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, 
aholining yashash va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish 
omillariga bog’liq agrar sohaning iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari yig’indisidir. U 
mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi. 
Agrar siyosatning negizida agrar bozor yotadi. Agrar bozor agrar siyosatni ham 
ishlab chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam 
qiladi. 


Davlatning agrar siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi: 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat 
tomonidan qo’llabquvvatlaning manzilliligi va 
hammabopligi; 

davlat agrar siyosati holati to’g’risida axborotning 
mavjudligi; 

qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-
ovqat mahsulotlari bozorining yagonaligi va bu 
bozorda raqobat teng shartlarining ta’minlanishi; 

davlat agrar siyosati chora-tadbirlarini amalga 
oshirishning ketma-ketligi va uning barqaror 
rivojlanishi; 

davlat agrar siyosatini shakllantirish va amalga 
oshirishda qishloq xo’jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarining ishtiroki. 


Agrar siyosatning asosiy vazifasi - agrar sohadagi jarayon va 
qarashlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi 
qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini ochib 
berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi: 
• mamlakat aholisini iqtisodiy asoslangan baholardagi sifatli oziq-
ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash; 
• qishloq xo’jaligining umumiy daromad yaratish sohasidagi ishtirokini 
ta’minlash, agrar sektorni rivojlantirish; 
• agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi 
infratuzilmasini yaratish;
• atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. 


Davlat agrar siyosatining asosiy yo’nalishlari: 

oziq-ovqat tovarlari bilan aholini barqaror 
ta’minlash; 

qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari, 
xomashyo bozorlarini shakllantirish va tartibga 
solish, uning infratuzilmasini rivojlantirish; 

qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini 
davlat qo’llab-quvvatlashi; 

ichki va tashqi bozorda qishloq xo’jaligi tovar 
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish; 

agrosanoat majmuasi sohasida fanni va innovasion 
faoliyatni rivojlantirish; 

qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish; 

qishloq xo’jaligi uchun mutaxassislarni o’qitish, 
tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini 
takomillashtirish. 



Download 1.92 Mb.
  1   2




Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish