• Qishloq xo’jaligi jihati
  • Agrosanoat jihati
  • Tashqi savdo jihati
  • Mavzu “Davlatning agrar siyosati”




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana15.01.2024
    Hajmi1,92 Mb.
    #138206
    1   2
    Bog'liq
    Slayd Davlat agrar siyosati 2

    Oziq-ovqat jihati 
    tamoyillar tahlilining muqaddimasi bo’lib, 
    agrar siyosat maqsadi-oziqovqat xavfsizligining miqdoriy ifodasi 
    sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda ichki bozorda oziq- 
    ovqat mahsulotlariga talabning fiziologik va to’lovga qodir 
    chegaralarini aniqlaydi, shuning uchun iste’molning fiziologik 
    me’yorlari, iste’molning mavjud tarkibi, mamlakatni shu 
    jumladan ichki ishlab chiqarish hisobiga oziq-ovqat mahsulotlari 
    bilan ta’minlanishi ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi. 


    Qishloq xo’jaligi jihati oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning 
    haqiqiy holatini tavsiflaydi, oziq-ovqat mahsulotlarini olishda agrar salohiyatni 
    aniqlaydi. U qishloq xo’jaligi samaradorligi ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi: 
    (yer hosildorligi, mehnat unumdorligi, chorva mollari mahsuldorligi, ozuqa 
    qoplanganligi, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnatga haq, qishloq xo’jaligia 
    dotasiyalar, fond qaytimi va boshqa omillar).
    Agrosanoat jihati, bir tomondan, qishloq xo’jaligi moddiy-texnika bazasi 
    tahlilini amalga oshirish, ikkinchi tomondan marketing sohasi samaradorligini 
    baholashga imkon beradi. Baholash uchun muhim ko’rsatkichlar- 
    sarfxarajtalarning yiriklashtirilgan tarkibi, turli maqsadlarda mahsulotni 
    ishlatish.
    Tashqi savdo jihati jahon va ichki qishoq xo’jaligi bozorlari o’zaro 
    bog’liqligini aks ettiradi. U turli mahsulotlar bo’yicha importga qaramlik, 
    qishloq xo’jaligi va tayyor mahsulotni chetga chiqarish va olib kirish balansi, 
    qishloq xo’jaligini erkinlashtirishdan kutilayotgan zararni baholash va 
    boshqalar. 


    Mamlakat agrar siyosatini samarali amalga oshirish 
    uchun bir qator qiyinchiliklar ham mavjudki, ularni 
    e’tiborga olmasdan rivojlanish strategiyasini tanlash 
    mumkin emas. Shuning uchun ham agrar siyosatni 
    to’g’ri tanlash iqtisodiy islohotlarning samarali borish 
    garovidir. Davlat tomonidan agrar siyosat orqali 
    tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilar 
    hisoblanadi: 


     • agrosanoat majmui mahsulotlari ishlab chiqarishni 
    barqarorlashtirish va rivojlantirish;
    • O’zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
    • aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash;
    • qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar o’rtasidagi iqtisodiy 
    munosabatlarni qo’llab-quvvatlash va takomillashtirish;
    • agrar soha va sanoat sohalari ishlab chiqaruvchilari 
    daromadlari darajasini birbiriga yaqinlashtirish;
    • mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish.
    • Davlat tomonidan agrar siyosati orqali tartibga solish quyidagi 
    yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
    • oziq-ovqat, xom-ashyo va qishloq xo’jaligi mahsulotlari 
    bozorlarini shakllantirish va rivojlantirish;


    • moliya, kredit, sug’urta, imtiyozli soliqqa tortish;
    • tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishlab ishlab 
    chiqaruvchilar manfaatlarini himoyalash;
    • agrosanoat ishlab chiqarish sohalarida ilmiy 
    faoliyatni qo’llash va fanni rivojlantirish;
    • qishloq joylarda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish. 
    Davlat agrar siyosati orqali tartibga solishda bir qator 
    usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib 
    quyidagicha guruhlash mumkin:
    • bevosita ta’ sir qilish usullari;
    • bilvosita ta’ sir qilish usullari;
    • tashqi iqtisodiy usullar. 


    Zamonaviy agrar iqtisodiyot mamlakatimiz 
    iqtisodiy hayotida muhim o’rin tutadi. Uning 
    rivojlanish holati doimiy e’tiborga molikdir. 
    Mustaqillikning dastlabki yillarida O’zbekiston 
    qishloq xo’jaligining iqtisodiy inqirozga yuz 
    tutganligining bir qator sabablari mavjud edi:


    • birinchidan, ko’p yillar davomida yerga nisbatan davlat mulki 
    munosabatlari hukmronlik qilgani va kishilarda sosializmga xos 
    fikrlashning hukmronlik qilishi iqtisodiy islohotlarni amalga oshishiga 
    salbiy ta’sir ko’rsatdi;
    • ikkinchidan, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga fan-texnika 
    yutuqlarini qo’llash va uni amalga oshirishning qiyinlashib qolganligi;
    • uchinchidan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida keragidan ortiqcha 
    mehnat resurslarining yig’ilib qolganligi, ularni bo’shatish va boshqa 
    ish bilan ta’minlash hukumat oldiga yana bir ulkan muammoni 
    qo’yganligi;
    • to’rtinchidan, qishloq xo’jaligi texnikalarining eskiligi va tarmoqda 
    mexanizasiyalashtirish darajasining pasayib ketganligi, yangi texnika 
    sotib olish va ishlab chiqarishga jalb qilish qimmatligi va ishlab 
    chiqaruvchilarda buning uchun kerakli mablag’ning yo’qligi;
    • beshinchidan, qishloq xo’jaligi korxonalarini rivojlantirish uchun 
    kerakli miqdordagi ssuda va kreditlarning yetishmasligi yoki ularni 
    olishning haddan tashqari qiyinligi.


    Download 1,92 Mb.
    1   2




    Download 1,92 Mb.
    Pdf ko'rish