• Mundarija
  • Mavzu: Diqqat turlari va uning xususiyatlari




    Download 142.58 Kb.
    bet1/13
    Sana12.06.2023
    Hajmi142.58 Kb.
    #72208
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    kurs ishi ABDURAXMONOVA RUQIAXON
    1.Internet tarmog’I xizmatlari-hozir.org, Amaliyot kundalik (2), O20, kurs ishi diqqat, Andijon davlat universiteti


    TOSHKENT IQTISODIYOT


    VA TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    KURS ISHI


    Mavzu: Diqqat turlari va uning xususiyatlari

    Bajardi:

    Pedagigika va psixalogiya yo‘nalish 22-3 guruh talabasi Abduraxmonova Ruqiaxon



    Tekshirdi:



    Toshkent sh.2023yil




    Mundarija


    kirish 3
    i bob. DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA 5
    1.1.DIQQat turlari 6
    1.2.DIQQATNING XUSUSIYATLARI 9
    1.3.DIQQATNING RIVOJLANISHI 11
    ii bob. DIQQATNING NERV-FIZIOLOGIK ASOSLARI 13
    2.1. DIQQAT BORASIDAGI PSIXOLOGIK NAZARIYALAR 15
    2.2. DIQQATNING BUZULISHI 21
    XULOSA 24
    Foydalanilgan adabiyotlar: 25






    kirish




    Kurs ishi dolzarbligi. Shavkat Mirziyoyevning “Aholiga psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
    Quyidagilar respublikada psixologik xizmat ko‘rsatish va psixologiya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilanishi mumkin:

    • mamlakatda amalga oshirilayotgan yangilanish, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda psixologik xizmatlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish;

    • yoshlar tarbiyasining ta’sirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning ma’naviy kamol topishida psixologik qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning mustaqil ongli kasb tanlashi va o‘zining shaxsiy kasbiy rejalarini shakllantirishga sharoitlarni yaratishga psixologik ko‘maklashish;

    • iqtidorli yoshlar salohiyatlarini namoyon etishlariga ko‘maklashish, ularning bilish faoliyati va qiziqishlarini boyitish, dunyoni idrok etishning universal usullarini shakllantirish uchun psixologik yordam tizimini yaratish asosida ularni psixologik qo‘llab-quvvatlash;

    • aholiga psixologik xizmatning talab qilinadigan darajasi va sifatini ta’minlovchi me’yoriy, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish, jumladan, onlayn psixologik xizmatlar ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;

    • aholi baxtlilik darajasi, sog‘liqni saqlash, xususan, mental salomatlik, stressdan himoyalanish yo‘nalishidagi tadqiqotlarni amalga oshirish;

    • favqulodda holatlar sharoitida psixologik xizmat ko‘rsatish, hayot faoliyatida og‘ir psixologik holatlarga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan trening-reabilitatsiya dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;

    • bolalarning maktabgacha bo‘lgan davri rivojlanishi, idrok, ong va xulq-atvor, kognitiv va ijtimoiy psixologiya sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish va ommalashtirish;

    • psixologik ma’rifat va maslahat berish faoliyatini tizimli tashkil etish, uning uzluksiz metodik ta’minotini yaratish;

    • tibbiy va klinik psixologiya, psixolingvistika, psixogenetika, boshqaruv psixologiyasi, savdo psixologiyasi, gerontopsixologiya, kross-madaniy psixologiya, mehnat psixologiyasi, tashkiliy psixologiya kabi dolzarb yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashni rivojlantirish;

    • psixologiya sohasida zamonaviy o‘quv, ilmiy va ommabop adabiyotlarni tayyorlash, nashr etish va ommalashtirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish;

    • yosh psixologiyasi, psixofiziologiya, tibbiy psixologiya, psixoterapiya, patopsixologiya, differensial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixodiagnostika, genetik psixologiya kabi sohalarda fundamental, amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish[1]

    Diqqat - kishi faoliyati barcha turlari, eng avvalo mehnat va o`quv faoliyati samaradorligini muhim va zarur shartidir. Mehnat qanchalik murakkab va mas’uliyatli bo`lsa, u diqqatga shunchalik katta talablar qo`yadi.
    Ziyraklik kishiga uning kundalik hayotida, turmushida, boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishida zarurdir. O`quvchilarning diqqat e’tibori o`quv tarbiya jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etishning asosiy shartlaridan biridir. Diqqat individning hissiy, aqliy eki harakatlantiruvchi faolligi darajasininig oshirilishini taqoza etadigan tarzda ongning yo`naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir. Soddaroq qilib aytadigan bo`lsak, diqqat - deb ongimizning bir nuqtaga to`plab, ma’lum narsa va hodisalarga aktiv yo`naltirilganiga aytiladi. Biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, qilgan ishimiz, uy va fikrlarimiz diqqatining ob’ekti bo`ladi. Diqqat paytida ongning bir nuqtaga to`planishi, ong idrokning torayishidan iboratdir. Ongning eng yuqori nuqtasi diqqatning markazi deb ataladi. Ana shu nuqtaga tushgan barcha narsalar, ya’ni idrok qilinayotgan predmetlar, tasavvurlar fikrlar to`la yorkin holda aks ettiriladi. Diqqat sezgi, idrok, xotira, xayol, tafakkur va harakat jarayonlarida namayon bo`lishi mumkin. Diqqat aqliy jarayonlarning sifatini ta’minlaydigan ichki aktivlikdir. Diqqat har qanday faoliyatning muhim shartidir.
    Inson his qilgan barcha narsa va hodisalar izsiz yo`qolmaydi. Ular ma’lum miqdorda xotirada saqlab qolinadi, mustahkamlanib va kerak bo`lganda qayta esga tushiriladi. Odamda tasavvurlarning mavjudligi bizning idrokimiz miya po`stlog`ida qandaydir izlar qoldirilishidan, ular ma’lum vaqt davomida miyada saqlanib turishidan dalolat beradi. O`tmish tajribamizda nimaiki hodisa yuz bergan bo`lsa, shuni esda olib qolish, esda saqlash va keyinchalik esga tushirishi yoki tanish xotira deb aytiladi. Agar odamlar o`zlarining o`tishish tajribalarini esda saqlay olmasa va qayta tiklash qobiliyatiga ega bo`lmasa bilimlarni egallashning har qanday imkoniyatidan mahrum etilgan va ularning aqli darajasida qolavergan bo`lar edi. Shu sababdan ham har bir odamning vazifasi o`z xotirasini boyitishdan iboratdir. Esda olib qolish jarayonida odamda bir narsa yoki hodisa bilan boshqa narsa yoki hodisa o`rtasida o`zaro aloqa bog`lanadi. Masalan, biz yangi topishgan kishining ismini esda qoldirishda bu isimni hamma mazkur kishi bilan uning tashqi qiyofasi va boshqa xususiyatlari bilan bog`laymiz. Ma’lum bir tarixiy faktni o`zlashtirishda uni boshqa tarixiy hodisalar bilan bog`laymiz, uning ma’lum bir davrga taalluqli ekanini aniqlaymiz. Shunday qilib esda qoldirish - biron bir yangi narsani ilgaridan odam ongida mavjud bo`lgan boshqa narsa bilan bog`lashdan iborat.
    Xotirani tajriba asosida psixologiya asosida tadqiq etish, X1X asrning 80-yillariga to`g`ri keladi. 1885 yilda nemis psixologi Ebbingous xotirlab qolish jarayonlari haqida kitobini yaratadi.
    XX asrning 30-yillarida Rossiya psixologlari L.S.Vigodskiy, A.N.Leont’ev, A.N.Zankov, T.I.Zinchinko kabilar xotiraning turli jihatlarini o`rganadilar.

    Download 142.58 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 142.58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Diqqat turlari va uning xususiyatlari

    Download 142.58 Kb.