|
Mavzu: Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish muammolari. Siqib chiqish samarasi
|
bet | 1/2 | Sana | 15.11.2022 | Hajmi | 376.75 Kb. | | #30385 |
Bog'liq Fiskal va monetar siyosat Savlat Yiu J The Definitive Guide to ARM Cortex, Ya.N. Bot (2-sem), Xaydarova Gulzodaxon Botanika tezis, 24998, 1-maruzaga, 6-maruza-ТМИЧМТ-1, 42350, 1706275, 2222, 1111111111, 1 маруза, O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus, Reja O‘lchash vositalarini qiyoslash va uning turlari, Chaqiruv qog`ozi-379231101446
Mavzu: Fiskal va monetar siyosatni muvofiqlashtirish muammolari. Siqib chiqish samarasi.
1
2
- O’zbekistonda byudjet-soliq va pul-kredit siyosatlari doirasida amalga oshirilgan islohotlar va ularning tahlili
3
- O’zbekistonning barqaror rivojlanishida fiskal va monetar siyosatning ahamiyatini oshirish masalalari va ularning prognozi
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Iqtisodiyotda to’liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. - Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari,soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini avtomatik o’zgartirishni ko’zda tutadi. Nodiskret fiskal siyosat o’rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi.Rivojlangan davlatlarda o’rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok etish tizimi o’ynaydi
Pul-kredit siyosati deganda, to’liq bandlik sharoitida yalpi milliy mahsulotni ishlab chiqarishga inflyatsiyaning ta’sirini kamaytirish yoki bartaraf etish maqsadida muomaladagi pul miqdorini o’zgartirishga qaratilgan chora-tadbirlar tushuniladi. Pul kredit siyosati davlat tomonidan belgilanadi va uni Markaziy Bank amalga oshiradi.Uning yordamida har qanday davlat mamlakatda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasini hayotga tadbiq etadi.
|
| |