• 1 Globallashuv hodisasi va globalistika.
  • Global jarayonlarning shakllanish tarixi
  • Mavzu: globallashuv globastika va barqaror taraqqiyot tushunchalaring oʻzaro aloqasi va farqi reja: 1




    Download 124 Kb.
    bet1/10
    Sana14.03.2024
    Hajmi124 Kb.
    #171908
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Referati mavzu globallashuv va barqaror taraqqiyot falsafasi re
    Презентация Issiqlik yuritgichlari, KURS ISHI 7



    MAVZU: GLOBALLASHUV GLOBASTIKA VA BARQAROR TARAQQIYOT TUSHUNCHALARING OʻZARO ALOQASI VA FARQI


    REJA:


    1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining o‘zaro aloqasi va farqi.

    2 Muammolarning turli darajalari


    3 Glabal muammolarni yechishda falsafaning roʻli.


    4 Xulosa



    1 Globallashuv hodisasi va globalistika. Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko‘rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo‘lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so‘nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o‘zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o‘laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga qadam qo‘ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o‘zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo‘ldi.
    Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o‘rin bo‘shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to‘g‘ri talqin qilishga muvaffaq bo‘ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to‘planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o‘zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o‘zgartirdi. Er kurrasi shar (globus) ko‘rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o‘z tarixida birinchi bo‘lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo‘lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo etish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o‘z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi. Bularning barchasi jiddiy migratsiya jarayonlari yuz berishiga ham sabab bo‘ldi; xususan, mustamlakachilar qora tanli qullarni Afrikadan Amerikaga ommaviy tarzda tashib keltira boshladilar va shu tariqa uning demografik tarkibini butunlay o‘zgartirdilar. Shuning o‘ziyoq globallashuv turli xalqlarning iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti bilan avvalboshdan uzviy bog‘liq bo‘lgan, degan xulosaga kelish imkonini beradi.
    XVII asr boshlariga kelib sharq va g‘arb savdogarlari ulkan hududlarni o‘zlashtirdilar va deyarli butun dunyo bo‘ylab joylashdilar. Shu tariqa ular insoniyat tarixida birinchi bo‘lib yagona global iqtisodiy va siyosiy tizimning zaruriy asoslarini yaratdilar va mazkur tizim shakllanishi uchun zamin hozirladilar.

    Download 124 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 124 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: globallashuv globastika va barqaror taraqqiyot tushunchalaring oʻzaro aloqasi va farqi reja: 1

    Download 124 Kb.