• Dars uchun umumiy kompetensiya
  • Yangi mavzu bayoni: Tasvir qoʻshish
  • Kalit so’zlar Tasvir: rasm, fotosurat yoki diagramma.
  • Yangi mavzuni mustahkamlash: 1-mashg‘ulot
  • 3-mashg‘ulot “Menyu.docx” hujjatida hoshiyani oʻzgartiring. Yulduzlardan tashkil topgan bezakli hoshiyani tanlang. Uyga vazifa
  • Mavzu: hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish dars maqsadi: Ta’limiy




    Download 0.6 Mb.
    Sana02.03.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #165668
    Bog'liq
    Hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish
    Python-Cookbook-3rd-Edition, GEOMETRIK SHAKL-WPS Office, Dars ishlanma, DIE JAHRESZEITEN 1, REFERAT-TURON-PROVINSIYASI, 2.2-Labaratoriya ishi Sirojov, 1-Laboratoriya ishi Sirojov, Qunduz opcham zaks, Документ Microsoft Word, wepik-yenilenebilir-enerji-kaynaklarinda-elektrik-enerjisi-uretimi-20231120175401cpEH, BINO ELEMENTLAR1, Ijtimoiy menejment.1docx, Qurilishni tashkil etish va rеjalashtirish Mustaqil ish 2, Obyektivka

    MAVZU: HUJJATGA TASVIR VA HOSHIYA QO‘SHISH


    Dars maqsadi:

    1. Ta’limiy: O’quvchilarga hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusini o’rgatish;

    2. Tarbiyaviy: O’quvchilarni vatanga sodiq va fidoiy qilib, milliy va umummadaniy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash;

    3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompetensiyalarini rivojlantirish.



    Dars uchun umumiy kompetensiya:

    1. Axborotlar bilan ishlash;

    2. O’z-o’zini rivojlantirish;

    3. Milliy va umummadaniy;

    4. Kompyuter savodxonlik.

    Fanga oid kompetensiya:
    O’quvchilarda hujjatlarga tasvir va hoshiya qo’shish mavzusi yuzasidan ko’nikmalari rivojlangan. Ixtiyoriy kompyuterda hujjatlar tayyorlay oladi.
    Darsning borishi:

    • Tashkiliy qism:

    • Salomlashish:

    • Davomatni aniqlash:

    • Siyosiy daqiqa (Bugungi kundagi axborot texnologiya yangiliklari)

    Yangi mavzu bayoni:


    Tasvir qoʻshish
    Tasvirni joylashtirish uchun kursor kerakli qatorga joylashtiriladi va Insert (Вставка - Kiritish) menyusi tanlanadi.

    Pictures (Картинки - Rasmlar) tugmasi orqali qoʻshmoqchi boʻlgan rasmni topishingiz mumkin. Tanlashingiz uchun oʻqituvchi tomonidan rasmlar toʻplami yaratilgan bo’lsa, shu to’plamdan foydalanishingiz mumkin.

    Agar Insert (Вставить-kritmoq) tugmasini bossangiz, hujjatga rasm joylashganini koʻrasiz.





    Kalit so’zlar

    Tasvir: rasm, fotosurat yoki diagramma.
    Joylashtirish: ma’lum bir joyga biror narsa joylashtirish.

    Hoshiya qoʻshish
    Design (Дизайн - Dizayn) menyusi orqali hujjatga hoshiya qoʻshish mumkin.



    Page Borders (Границы страниц - Sahifa chegaralari) tugmasi orqali sahifa uchun hoshiyani joylashtirsangiz bo‘ladi.



    Bu yerda sahifa uchun hoshiya va shu hoshiya uchun ko‘rinish, rang va uning qalinligini tanlash mumkin.




    Yangi mavzuni mustahkamlash:


    1-mashg‘ulot
    Oʻqituvchi tomonidan berilgan “Menyu.docx” hujjatini oching. “Bizda tanlashingiz uchun turli sabzavotlar ham mavjud” va “Bizning taomlarimiz sizga yoqadi, deb umid qilamiz” qatorlari orasiga “Sabzavotlar.jpg” rasmini joylashtiring.

    2-mashg‘ulot
    “Menyu.docx” hujjatiga hoshiya qoʻshing. Quyidagi ko‘rinishdagi (nuqtadan iborat chiziq) hoshiyani tanlang: ………………
    Hoshiyani 1pt kenglikda va koʻk rangga o‘zgartiring.
    3-mashg‘ulot
    “Menyu.docx” hujjatida hoshiyani oʻzgartiring. Yulduzlardan tashkil topgan bezakli hoshiyani tanlang.


    Uyga vazifa:
    Mavzuga oid atamalarni o’zlashtirish. Qo’shimcha ravishda mustaqil mashqlar bajarish.
    Download 0.6 Mb.




    Download 0.6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: hujjatga tasvir va hoshiya qo‘shish dars maqsadi: Ta’limiy

    Download 0.6 Mb.