• “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish masalalari
  • Mavzu: “informatika va axborot texnologiyalari darslarida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uslubiyoti”




    Download 94.63 Kb.
    bet1/3
    Sana14.04.2023
    Hajmi94.63 Kb.
    #51247
      1   2   3
    Bog'liq
    Boyqobilov Muhammadi
    ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ОЛИЙ ВА ЎРТА МАХСУС, @NTM TESTi (Kimyo Biologiya) (2), Abulov sarvar, Adxamova Zulfizar obektikasi., G. To\'xtasinova obektivka, Tohir ustozning fani endi tayyori, Tohir ustozning fani, Nutq mad.-majmua.doc 1 (3), Testlar ХМ., Жаҳон иқтисодиёти ва халқаро иқтисодий муносабатлар фанидан якуний, qo\'shimcha javoblar 10.04.23., 04, ХАТ 2 , 2-mavzu. Egri chiziqli harakat. Aylanma harakat. Yuqoriga tik ot-fayllar.org

    DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSITITUTI
    MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI
    3-KURS 1MI-20 GURUH TALABASI Boyqobilov Muhammadining
    “INFORMATIKA O’QITISH METODIKASI”
    3-AMALIY ISHI
    MAVZU: “INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING BILIM VA KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH USLUBIYOTI
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishni yanada takomillashtirish masalalari
    Ma’lumki, “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o‘z xususiyatiga ko‘ra fanlararo xarakterga ega bo‘lgan kompleksli ilmiy yo‘nalish hisoblanib, boshqa ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda muhim ro‘l o‘ynaydi. Shuning uchun u fan-texnika va ta’lim tizimlarida integrativ funksiyani bajaruvchi fan sifatida tan olinadi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan yillaridan buy on mamlakatimizda axborotlashtirish va ta’limda axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash muammolariga xukumatimiz tomonidan alohida e'tibor qaratilmoqda.
    “Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishda interfaol usullarning o‘rni va ularni qo‘llash
    Keyingi vaqtlarda pedogogik texnologiya masalasi mutaxassislar tomonidan alohida tadqiqot ob’yekti sifatida o‘rganila boshlandi. Bunda pedogogik texnologiya ta’lim, o‘qitish jarayoni maqsadiga va shaxs barkamolligiga erishtirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat samardorligini oshirishning tizimlashtirilgan, loyixalashtirilgan vosita va usullari sifatida talqin qilinadi.Fanlarni o‘qitish o‘qituvchidan mantiqiy usullar asosida pedagogik texnologiyalardan foydalanishni talab etadi. Chunki fan asoslarini o‘zlashtirish uchun talaba abstrakt tushuncha, (kategoriya)larning mazmun, mohiyatini teran anglab yetishi kerakli, bunga esa o‘qituvchi, eng avvalo, dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni mantiqiy usullardan mohirlik bilan foydalangani holda qo‘llay bilishi orqali erishadi.
    Zamonaviy pedagogik texnolgiyalar va interfaol usullar asosida o‘qituvchining yangi bilimlarning talabalar tomonidan muayyan o‘quv topshiriq, masalalarni yechishi bo‘yicha muammoviy vaziyatlarni tashkil qilishi va shu yo‘nalishda o‘quv jarayonini boshqarishi tamoyili yotadi. Zamonaviy pedagogik texnolgiyalar va interfaol usullardan foydalanish talabalarda fanga bo‘lgan qiziqishini xosil qilishning zaruriy sharti hisoblanadi. Chunki mazkur usullar talabalarning diqqatini qo‘yilgan muammolarning mohiyat-ahamiyatini anglab olishga va ularning yechimi ustida mustaqil, tanqidiy muhokama yuritishga yunaltiradi.
    O‘qitish usuli (metodi) (grekcha metodos - biror narsaga yul so‘zidan) - bu ta’lim va tarbiya vositasi sifatidagi o‘qitish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan o‘qituvchi va o‘quvchining bir-biri bilan bog‘langan faoliyatining tartiblangan usullaridir. O‘qitish metodlarining muammosini qisqacha “qanday o‘qitish kerak?” degan savol yordamida ifoda qilish mumkin. Lekin shuni e’tirof etish lozimki, ushbu savolga javob olish uchun “Nima uchun o‘qitish kerak?”, “Nimalarni o‘qitish kerak?” va “Kimlarni o‘qitish kerak?” kabi savollar bo‘yicha yetarlicha axborotga ega bo‘lish kerak.

    Download 94.63 Kb.
      1   2   3




    Download 94.63 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: “informatika va axborot texnologiyalari darslarida o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish uslubiyoti”

    Download 94.63 Kb.