• Asosiy terminlar
  • Internet xizmatlari
  • Internetning dasturiy taminoti
  • Klient-server arxitekturasi
  • Internet manzillari va domenlari
  • Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta'minoti Reja




    Download 133.55 Kb.
    bet1/4
    Sana08.11.2023
    Hajmi133.55 Kb.
    #95921
      1   2   3   4
    Bog'liq
    10-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta\'minoti
    Dinora ppt, Optika, 1 2 3 sinf Ona tili va o\'qish savodxonligiМетодик тавсия, 1.KIMYO TAQVIM20, Document 37, 1-ma\'ruza DTTL, AKADEMIK, Texnologiya-Pazandachilik-6-sinf-to-garak-34-soat, I-bob ayollar yelkali yengil kiyimlarini loyihalash va texnik mo, Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlari va uning foydasini aniqlash, Tadbirkorlik etikasi va madaniyati., portal.guldu.uz-«KIMYO» fanidan Laboratoriya mashg’ulotlari uchun uslubiy ko’rsatma, audit, o\'zbek tilining sohada qo\'llanilishi

    Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta'minoti
    Reja:

    1. Internet xizmatlari

    2. Internetting dasturiy ta'minoti

    3. Internet manzillari va domenlari

    4. DNS serverlari

    5. NAT tizimi

    Asosiy terminlar: Internet xizmatlari, Telnet, FTP, E-mail, Whois, faks, elektron tarjimon, shlyuzlar, Copher, WAIS, WWW, HTML, Web-texnologiya, Web-sahifalar, Web-sayt, URL, HTTP, CGI, «butun dunyo o'rgimchak to'ri», Web-master, yozuvchi, kontent-master, analitik, server administratori.Google tizimi

    1. Internet xizmatlari

    Internet, avvalambor, uning foydalanuvchilariga axborot xizmati ko'rsatish uchun yaratilgandir. Umuman olganda, internet xizmat turlari nihoyatda ko'p va xilma-xil bo'lib (yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo'lib, ba'zilari yo'qolmoqda), ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

    • WWW - elektron sahifa xizmati;

    • elektron pochta xizmati;

    • telekonferensiya (Usenet);

    • fayllarni uzatish (FTP);

    • DNS- tarmoq hududlariga nom berish xizmati;

    • Telnet xizmati;

    • IRC - xizmati yoki Chat konferesiya;

    • Ma'lumotlarni izlash xizmati.

    - Telnet-uzoqda turib tarmoqdagi istagan kompyuterni boshqarish rejimi, ya'ni abonentga tarmoqdagi xohlagan EHM da xuddi o'ziniki kabi, ishlash imkonini beradi FTP(File Tragsftr Protocol)-abonentga tarmoqdagi istagan kompyuterda matnli va ikkilik fayllar bilan o'zaro muloqot qilishga sharoit yaratib beruvchi fayllar uzatish protokoli. Uzoqdagi kompyuter fayllari shaxsiy kompyuterga nusxalashgandan keyingina unda ishlash uchun (o'qish, ishlov berish va b.k) kirish imkoniyati beriladi. Fayllarni bir joydan ikkinchi joyga uzatish WWW yordamida amalga oshirilgan taqdirda ham FTP-sistemasi o'zining tezkorligi va foydalanishdagi oddiyligi tufayli ommaviy xizmat turi bo'lib qolmoqda.
    - Usenet (Usenet Wewsq roupe)-tarmoq yangiliklari va tarmoqdagi elektron elonlar doskasini olish. Bu sistema ma'lum bir mavzu bo'yicha guruhlarga bo'lingan hujjat (maqola)lar yigindisi sanaladi. Foydanaluvchi o'zini qiziqtirgan mavzuni ko'rsatib mos hujjatlar bilan tanishib chiqishi va o'zinikini yaratishi mumkin.
    - Yangi xujatlar guruhining barcha a'zolariga yoki konkret avtorlarga yuborilishi mumkin.
    - Elektron pochta (E-mail) - eng ko'p tarqalgan internet xizmati bo'lib, istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan o'zaro muloqotda bo'lib turishini taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar adresatga bir necha minut davomida yetib boradi.
    - Bunda masofa xech qanday rol o'ynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin yetib borishi mumkin.
    - Whais-internetning adres kitobi. Uning yordami bilan abonet o'zoqdagi kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.
    - Yuqorida keltirilgan tarmoqdagi abonentlararo axborot almashuvi xizmatlaridan tashqari, internet ba'zi bir o'ziga xos xizmat turlarini ham taqdim qilishi mumkin, masalan:
    - Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal aloqa orqali xabarlar jo'natish imkonini beradi.

    • Elektron tarjimon-o'ziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilib beradi.

    • Bunda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga oshiriladi.

    • Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda xabarlarni jo ' natish imkonini beradi.

    Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq ma'lumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar kiradi:

    • Gopher-kalit so'z va jumlalar bo'yicha axborotlarni topishga yordam beruvchi Internet tarmog'idagi eng ko'p tarqalgan axborot qidiruv vositasi. Copher-servirida axborotlarni ko'rib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi ko'rinishdagi menyu yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q.

    • Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu elementlarini bo'laklar (detallar) ajratadi. Daraxt bo'yicha pastga siljitishning oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl) kabi.

    • WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit so'zlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional foydalanuvchilar e'tiborini o ' ziga ko'proq jalb etadi.

    • Internetda eng ommabop va bir me'yorda rivojlangan xizmat turlaridan biri World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan o'ylab topilgan. Hozir esa, ko'pchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin bo'lgan butunlay boshqa sayt yoki kompyuterdagi matnning xohlagan boshqa joyiga havola qilinadigan belgilash so ' zlari (buyruqlari) o'rnatilgan global giper matn sistemasi. Giper matn g'oyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu g'oyani amalga oshirishda to'rtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:

    -HTML hujjatlarning gip ermatn belgilash tili.
    -URL(Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.
    -HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP-Hyper Text Transfer Protocol).
    -SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi.
    Bu vositalar kitobning navbatdagi bo'limlarida ko'rib chiqiladi.
    Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion o'zgarishlar bo'ladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har tomonlama qondirishga qaratilgan bo'ladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va o 'qitishni tashkil etish, odamlar o'rtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni, marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
    Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik; arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni o'zlarining xususiy intellektual imkoniyatlariga qo'shimchadek qaraydilar.
    Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga bo'ladigan talab va talabgorlar sonining to ' xtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab bo'lmaydi, inson faoliyatining xohlagan soxasida qo 'yilgan maqsadga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi bo'lib boramiz.

    1. Internetning dasturiy ta'minoti

    Internet axborotni etkazib berishda klient-server (client-server yoki mijoz- xodim) modeli asosida ishlaydi. Bu model' yana mehmon-mezbon (guest-host) deb ham ataladi. Klient-server modelida klient komp'yuteri axborot saqlanadigan server komp'yuteriga ulanadi, klient axborotni olish uchun server unga xizmat ko'rsatishini kutadi. Buning uchun klient serverga unga xizmat ko'rsatishlari haqida talab jo'natadi. Bu xizmatlar axborotni qidirib topish va uni jo'natish bo'lishi mumkin. Bu narsa tarmoqda ma'lumotlar ombori bilan ishlashga o'xshab ketadi. elektron pochta xabarlarini etkazib berish, kirib kelgan va jo'natilgan xabarlarni saqlash xizmatlarning boshqa turlariga misol bo'la oladi.
    Har gal internetga kirganingizda siz server komp'yuterlariga ulanasiz va uning resurslaridan foydalanasiz. Odatda, klient sifatida mahalliy tarmoqqa ulangan komp'yuterlar va ularning dasturiy ta'minotidan foydalaniladi. Server komp'yuterlar, ko'pincha, ancha kuchli komp'yuterlar bo'lib, ularda ma'lumotlar va xizmat ko'rsatuvchi dasturlarjoylashgan bo'ladi. Klient-server modeli yordamida juda ko'p ishlarni qilish mumkin va shu sababli ishlab chiqaruvchilar bu modelni qo'llab- quvvatlovchi bir qator operatsion tizimlarni ishlab chiqarganlar.
    Serverga ulanish turli usullarda bo'lishi mumkin. Bitta serverga ko'plab klient komp'yuterlari bir vaqtda ulana oladilar. Bu klientlarning komp'yuterlari turli rusumda bo'lishi mumkinligini alohida ta'kidlab o'tish kerak.
    Butun olam axborot to'ri - WWWda brauzerlar (veb sahifalarni ko'rish darchasi) klient dasturi, qaerdadir Internet tarmog'ida veb sahifalar saqlanadigan komp'yuter esa server bo' ladi.Brauzer kerakli veb sahifani yuklash haqida serverga talab yuboradi, server bu talabni ko'rib chiqib, so'ralayotgan sahifani klientga jo'natadi. Klient va server o'rtasidagi aloqa faqat ma'lumotlarni almashish paytida vujudga keladi. Veb sahifa klient komp ' yuteriga kelib tushgach, ular orasida http (Hypertext Transfer Protocol -gipermatnni uzatish protokoli WWW da keng ishlatiladi) bog'lanish ham uziladi. http bog'lanish uzilsa ham, internetga, to'g'rirog'i, internet servis provayderga TCP/IP bog'lanish davom etadi.
    Butun olam to'rida klient-server modelining ko'plab funktsiyalari umumiy shlyuz interfeysi (Common Gateway Interface yoki qisqacha CGI) orqali amalga oshiriladi. Bu texnologiya bilan keyinroq bir qadar batafsil tanishib chiqamiz.

    1. Klient-server arxitekturasi

    1. SHaxsiy komp'yuterda ishlash uchun mo'ljallangan ilovalardan farqli ravishda, veb ilovalar, ya'ni tarmoqda ishlash uchun mo' lj allangan ilo valar b ir necha komp'yuterlarda ishlaydi. Bunday ilovalar klient/server (mijoz/xodim) arxitekturasi asosida yaratiladi. Klient dasturlari foydalanuvchi komp'yuterida tarmoqdagi resurslardan foydalanish imkoniyatini beradi. Serverlar esa mijoz komp'yuterlarining talabiga ko'ra o'zidagi resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Uning yordamida serverga talablar va so'rovlar jo'natiladi, olingan ma'lumotlar ekranga chiqariladi. Klient komp'yuterida brauzer deb ataladigan dasturlar odatda bu vazifalarni bajaradi. Bundan tashqari turli xizmat turlari uchun turli dasturlar yaratilgan.

    2. Mezbon (host) komp'yuterlarda esa mijoz (klient) komp ' yuterlarga xizmat ko'rsatiladi. Server (xodim) dasturlari kelayotgan p aketlardan talablarni ajratib oladi va talab qilinayotgan xizmatlarni ko'rsatadi. Masalan, talab qilinayotgan veb sahifa mijoz komp'yuteriga jo'natiladi. YAna bir misol, serverda qilingan so' rovga ko' ra ma' lumotlar omboridan kerakli yozuvlar qidirib topiladi va ular asosida veb-sahifa yaratilib, mijoz komp'yuteriga jo'natiladi.

    3. Mezbon komp'yuter - serverlarda veb saytlar joylashgan bo'ladi. Veb sahifalar joylashgan serverlar veb serverlar deb ataladi. Keyinchalik

    serverlarning boshqa turlari bilan tanishib chiqamiz. Veb serverlarning dasturiy ta'minoti talab qilingan veb sahifani ajratib oladi va mijoz komp ' yuteriga jo'natadi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com

    1. Ma'lumotlar ombori va unga o'xshash ilovalarni boshqarish uchun maxsus interfeys: CGI (Common Gateway Interface - umumiy shlyuz interfeysi) yaratilgan. Serverdagi ma'lumotlar omboriga tarmoqdan so'rov kelganda bu so'rov bevosita ma'lumotlar ombori serveriga jo'natiladi. Server esa ma'lumotlar omborining qasddan yoki bexosdan buzilishining oldini olish uchun ombordagi ma'lumotlarga CGI orqali murojaat qiladi.

    2. Internet manzillari va nomlari Internet ishining negizini domen (soha) nomlari tizimi (Domain Name System yoki qisqacha DNS) tashkil etadi. DNS orqali komp'yuterlar bir-birlariga murojaat qila oladilar. Internetdagi biror saytga kirish uchun manzili, masalan, www.zn.uz kiritiladi. Resurslarning internetda joylashuvini aniqlash uchun yana URL (Uniform Resource Locator - resurslarning yagona lokatori) dan foydalaniladi. DNS yordamida yozilgan va insonlarga tushunarli bo'lgan manzillar komp 'yuterlarga tushunarli bo'lishi uchun IP manzillarga o'tkaziladi. IP manzillar internetda kerakli komp'yuterni topish uchun xizmat qiladi (buni odamlarning pochta manziliga qiyoslash mumkin). IP manzillar 8 bitli to'rtta sondan iborat, masalan, 221.25.169.7.

    Yuqoridagi misolda www.zn.uz domen (soha) nomi deb ataladi. eng katta va umumiy domenlar nomning oxirida, o'ng tomonda ko'rsatiladi. Bizning misolda u .uz dir. Bu nom bilan Internetning O'zbekiston Respublikasiga tegishli sohasi (segmenti) belgilangan. SHunga o'xshash, Internetning kaznet segmentiga .kz, Rossiyaga tegishli runet segmentiga .ru deb nom berilgan. Har bir davlatga tegishli internet domeni o'z nomiga ega. Ulardan tashqari yana bir necha umumiy domenlar bo'lib, ular o'zlarining faoliyat turlari bilan farqlanadi. Masalan, .com (commercial yoki tijorat tashkilotlari), .edu (education - ta'lim muassasalari), .gov (government - davlat organlari), .mil (military - harbiy tashkilotlar), .net (networks companies - tarmoq va Internetga tegishli tashkilotlar), and .org (organization - boshqa tashkilotlar).
    Domenlar, ya'ni internet sohalari ichma-ich joylashgan. Bunday joylashuvda katta domenlar kichiklarini o'z ichiga oladi va ularning nomlari bir- biridan orqali ajratib ko'rsatiladi. Yuqoridagi misol www.zn.uz da Ziyonet tashkilotiga tegishli zn domeni uz domeni ichida joylashgan. zn domeni ham o'z navbatida bir necha domenlarga bo'lingan, masalan uning informatia va axborot texnologiyalariga bag'ishlangan domeni ivat deb nomlanishi mumkin. U holda bu domenga www.ivat.zn.uz deb mur oj aat qilinadi. Bu domen ham o'z navbatida turli domenlardan tashkil topgan bo'lishi mumkin. Misol uchun, bu domenda joylashgan informatika o' qituvchisi Ali Valievning veb saytiga kirish uchun bu sayt nomi www.ali_valiyev.ivat.zn.uz dan foydalaniladi. Bu jarayon yana davom etishi mumkin.
    DNS serverlari deb ataluvchi komp'yuterlar domenlar va ular nomlarida bo'layotgan o' zgarishlar uchun javob beradilar, paydo bo'lgan yangi domenlarning nomlarini o'z ro'yxatlariga kiritib qo'yadilar. Bundan tashqari, bu serverlar domen nomlarini IP manzillarga o'tkazish uchun ham xizmat qiladilar. Sizning komp'yuteringiz internetga ulanganda boshqa komp'yuterlarga ulana olish uchun unga ham IP manzil beriladi. Bu manzil statik yoki dinamik manzil bo'lishi mumkin. Statik manzil hech qachon o'zgarmaydi va statik manzilga ega foydalanuvchilar har gal internetga ulanganlarida shu nomga ega bo'ladilar. Lekin internetda IP manzillar soni cheklangan va statik manzillar hammaga etmaydi. SHu sababli provayderlar foydalanuvchini internetga ulash uchun dinamik manzillardan foydalanadilar. Bu manzil internetda ishlashning bir seansi uchun beriladi va keyingi safar bu manzil boshqa bo'lishi mumkin.

    1. Internet manzillari va domenlari

    1. Internet protokoli (IP) elektron xatni etkazishda maxsus elektron pochta manzilidan foydalanadi. Internetda manzillar nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta sondan iborat. Bu sonlarning har biri 0..255 oraliqdagi qiymatni qabul qilishi mumkin. Internetdagi turli manzillarning umumiy soni 256*256*256*256=4.294.964.296 ta.

    Sonlar yordamida yozilgan manzillar komp'yuter va dasturlar uchun juda qulay bo'lsa-da, odamlarning bunday manzillarni eslab qolishi qiyin. SHu sababli internetda domen (soha) nomlaridan keng foydalaniladi. Domen nomlari so'zlar, harflar va raqamlardan tashkil topadi va ularni eslab qolish ancha oson. Domen nomlariga misol sifatida: gov.uz; mail.ru; microsoft.com; larni keltirish mumkin.

    Download 133.55 Kb.
      1   2   3   4




    Download 133.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Internet xizmatlari va uning dasturiy ta'minoti Reja

    Download 133.55 Kb.