• O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining yutuq va kamchiliklari.
  • Demokratik jarayonlarni
  • Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi
  • Konstitutsiyamizning 67-moddasida
  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
  • Mavzu: Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni. Reja




    Download 118.86 Kb.
    Sana21.02.2024
    Hajmi118.86 Kb.
    #159980
    Bog'liq
    120 MMT s Rozumbetov Ravshanbek


    Mavzu: Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni.
    Reja:
    • Respublikamiz birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisida “Axborot sohasini isloh qilish” to’g’risida.
    • O`zbekistonda ommaviy axborot vositalarining yutuq va kamchiliklari.
    • Ommaviy axborot vositalari globallashuv sharoitida.

    120 MMT_s guruh talabasi Rozumbetov Ravshanbekning tayyorlagan slaydi
    «Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash» bo‘yicha belgilab bergan strategik vazifalari ommaviy axborot vositalari uchun yana muhim davrni boshlab berdi.
    Davlatimiz rahbari o‘z nutqlarida «Demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish, aholining siyosiy faolligini oshirish, fuqarolarning mamlakatimiz siyosiy va ijtimoiy hayotidagi amaliy ishtiroki haqida so‘z yuritar ekanmiz, albatta, axborot erkinligini ta’minlamasdan, ommaviy axborot vositalarini odamlar o‘z fikr va g‘oyalarini, sodir bo‘layotgan voqealarga o‘z munosabati va pozitsiyasini erkin ifoda etadigan minbarga aylantirmasdan turib, bu maqsadlarga erishib bo‘lmasligini o‘zimizga yaxshi tasavvur etamiz» — deb, ommaviy axborot vositalarining jamiyatdagi tub mohiyatini bayon etib berdilar.
    Mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga soluvchi quyidagi qonunlar qabul qilindi:
    — «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonun (2007-yil 15-yanvar’); — «Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); — «Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida»gi Qonun (1997-yil 24-aprel’); — «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonun (2002-yil 12-dekabr); — «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonun (1996-yil 30-avgust); — «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonun (2006-yil 20-iyul’); — «Reklama to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 25-dekabr); — «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun (1993-yil 7-may); — «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi Qonun (1999-yil 20-avgust).
    O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari huquqiy bazasini yaratilishida Respublikamiz Konstitutsiyasiga asosiy manba sifatida tayanildi. Konstitutsiyamizning 67-moddasida «Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning to‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar.
    Konstitutsiyamizning 67-moddasida
    Yaratilgan keng sharoitlar tufayli mustaqillik yillarida ommaviy axborot vositalarining bugungi kundagi umumiy soni 1366tani (2013-yil 01.07. holatiga) tashkil etadi. E’tiborlisi shundan iboratki, 1991-yillarda davlatga qarashli bitta televideniye va radiodan boshqa bunday ommaviy axborot vositasining o‘zi mavjud emas edi. Bugun respublikada nodavlat OAV tez rivojlanmoqda. Telekanal, radiokanallardan tashqari veb-saytlar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda. Bir so‘z bilan aiytganda sohada eng tez rivojlanayotgan tarmoqlar ham aynan elektron OAV hisobiga to‘g‘ri keladi. Hozirda mavjud nodavlat OAV jami OAV’ning 60 foizini tashkil etadi.
    Mazkur Konsepsiyada axborot sohasiga daxldor «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunlarga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bilan birga «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qonunni takomillashtirish hamda «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi va «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi Qonunlarni qabul qilish taklifi kiritildi.
    2010-yil 12-noyabrdagi Oliy Majlis palatalarining navbatdagi qo‘shma yig‘ilishida birinchi Prezidentimiz «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi»da yana axborot sohasiga alohida to‘xtalib o‘tganlari diqqatga sazovordir.
    Mustaqillik yillarida ushbu tarmoqni rivojlantirish yo‘lida ko‘plab ishlar qilindi. Eng avvalo sohaning huquqiy asosi yaratildi, qator qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, 1996-yilda qabul qilingan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida Nizom», 2006-yil 16-aprelda O‘zbekistan Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1561-raqami bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligining 2006-yil 15-martdagi «Nashrlarni chop etish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 29-sonli buyrug‘i shular jumlasidandir.
    Istiqlolga erishganimizdan so‘ng sohada katta o‘zgarishlar yuz berdi. Agar 1990-yilda Respublikada 9ta nashriyot faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, bugun ularning umumiy soni 107taga (2013-yil 01.07. holatiga) yetgan.
    E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
    Download 118.86 Kb.




    Download 118.86 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Jamiyatning demokratlashuvida ommaviy axborot vositalarining tutgan o’rni. Reja

    Download 118.86 Kb.