Mavzu: kommunikatsiya siyosati talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishda kommunikatsiyaning ahamiyati




Download 52.45 Kb.
bet1/4
Sana26.04.2024
Hajmi52.45 Kb.
#208417
  1   2   3   4
Bog'liq
KOMMUNIKATSIYA SIYOSATI
Atomning bor modeli. Bor postulatlari, 1-ilova Reja-grafik, 1-mustaqil ish, Ariza, “Бобур Мирзо”, 2700 words 25x108 t.meMurphyMrENGLISH .doc 00, 12-mustaqil organika, Futbol musobaq, chilangarlik to\'garak, 2 5334564044097470675, Mavzu Mashinali o\'qitishga kirish va uning asosiy tushunchalari-fayllar.org, CALLS ONLINE MULTISUBS ORDER ACTION (5), Doc1 tarmoq 14.11.202, 05 Tarmoq, 04 Telnet

Mavzu: KOMMUNIKATSIYA SIYOSATI
1. Talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishda kommunikatsiyaning ahamiyati
2. Xaridorlarga ta’sir etish uslublari
3. Marketing kommunikatsiyasi kompleksi

1.Talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishda kommunikatsiyaning ahamiyati
Sotishni rag‘batlantirish - bu ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida turli rag'batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag‘batlantirish vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketmaket tovami sotib olgani uchun sovg'alar, lotereya va o‘yinlar o‘tkazish, tovar bilan qo‘shimcha narsalar qo‘shib berish, bepul yetkazib berish va o‘matish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko'rsatish va boshqalar kiradi.
Sotishni rag‘batlantirishda tovar to‘g‘risida ma’lum darajada axborotga ega bo‘lmagan iste’molchilarga murojaat qilinadi. Shuning uchun rag‘batlantirish siyosatining vazifasi - ularda firma tovarlarini keying vaqtda sotib olishga ishtiyoq tug‘dirish hamda doimo aloqada bo‘lishga chaqirishdan iborat. Odatda, talabni shakilantirish tadbirlari iste’molchilarga va sotuvchilarga qaratilgan bo‘ladi. Iste’molchilami rag‘batlantirish ularga sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko‘zda tutadi:
• tovami sotib olish hajmiga va doimiy aloqada bo‘lib turishga beriladigan imtiyoz;
• har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish;
• tovaming ko‘p hajmda xarid qilinishini ko‘zlab namunalarni bepul tarqatish;
• tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish;
• ishlatilgan tovami ma’lum shartlar bilan qabul qilish;
• yangi tovarlarni bo‘lajak xaridorlarga ko‘rsatish;
• tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayohat uyushtirish;
• yangi tovarlaming bozorga kiritilishiga bag‘ishlangan matbuot konferensiyalari o‘tkazish;
• tovar narxini keskin tushirish to‘g‘risidagi radio, televideniya va
matbuot orqali e’lonlar.
Tovarlarga bag'ishlangan rag‘batlantirish siyosati ulaming sotib oluvchi xaridorlari turiga bogiiq. Vositachilami rag‘batlantirish, ularning faolligini va tashabbuskorligini oshirishga hamda iste’molchilar doirasini kengaytirishga mo‘ljallanadi. Talabning shakllanishi va sotishni rag‘batlantirish siyosati tovaming bozordagi hayotiy bosqichlariga muvofiq kelishi bilan har biriga mos mazmun bag‘ishlashi shart.
O‘tgan o‘n yil davomida sotuvchilar mijozlar ommasiga yuqori standartlarga javob beradigan mahsulotlar sotishdi. Bu jarayonda ular ommaviy axborot vositalaridan samarali ravishda foydalanishdi. Ushbu strategiyalami qoilab-quvvatlash uchun yirik savdo kompaniyalari bugungi kunda millionlab yoki hatto milliardlab dollarlami televideniya, jumal yoki boshqa ommaviy axborot vositalarida o‘z mahsulotini reklama qilish uchun sarflamoqda bu orqali esa millionlab mijozlarni bitta reklama bilan jalb etadilar.
Marketing kommunikatsiyalari barcha xabarlami, ommaviy axborot vositalarini va bir tashkilot tomonidan bozor bilan bogianish uchun foydalanadigan hamda maqsadli auditoriyani o‘z xabarlarini qabul qilishga va shunga mos ravishda harakatga undashga yordam beradigan faoliyatni o‘z ichiga oladi. Ya’ni, marketingda kommunikatsiya savdo korxonasini ta’minotchilar va iste’molchilar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlami o‘rnatish, zarur ma’lumotlami tezkor almashish jarayonini ifodalaydi. Kommunikatsiya siyosati (Promotion mix) - bu tovami bozorga siljitish usullari yig‘indisidir. Kommunikatsiyaning asosiy vositalari bo‘lib (public relations) pablik rileyshnz - jamoat bilan aloqa; reklama; sotishni rag‘batlantirish; maxsus ko‘rgazmalar; shaxsiy sotuv hisoblanadi.
Marketingda kommunikatsiya sotuvga chiqarilishi moijallanayotgan mahsulotlar bo'yicha xaridorlar tasavvurini oshirish, yangi tovarlarning ijobiy xususiyatlarini ochib berishga yordam beradi. 1950-1960- yillarda kommunikativ siyosat katta rol o'ynamagan, doimiy talabni ta’minlash uchun tovar taklifi hajmiga konsenratsiya bosh masala hisoblangan. 1960-yildan keyin sotishni tashkil etishda korxonalar kommunikativ vositalaridan foydalana boshlaganlar. Birinchi rejaga reklama va sotishni rag'batlantirish chiqqan. 1980-yillarda raqobatli kommunikatsiya bosqichi, 1990-yillardan boshlab raqobatli va integratsiyalangan kommunikatsiya bosqichlari rivojlana boshlagan. Kommunikatsiya raqobat kurashida muvaffaqiyat omili bo‘lib hisoblanadi.
Marketing kommunikatsiyasining asosiy maqsadi - savdo-sotiqni rag‘batlantirish, ilmiy jihatdan aytganda, tovarlar yoki xizmatlami sotishni rag'batlantirish. Ba’zan siz birinchi navbatda talabni yaratishingiz kerak, ayniqsa mahsulot yangi boisa. Xabardorlikni oshirish, iste’molchilarni chilami sotib olishga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlami saqlab turish, brend va mahsulot imijini yaratish, o‘zini doimo eslatib turish - bular marketing kommunikatsiyalarining qo‘shimcha vazifalari.
Raqamli texnologiyaning rivojlanishi natijasida kommunikatsiya siyosatida reklamalami joylashtirishda gazeta, jumal va televideniyadan foydalanish darajasi pasayib bormoqda. Buning natijasida esa kompaniya tomonidan xaridorlar bilan mahsulot haqida o‘zaro muloqot o‘matish ulaming fikrini aniqlash va ulami jalb qilish kabi jarayonlar internet orqali amalga oshirilmoqda.

Ko‘plab aloqa vositalarining rivojlanishi ko‘plab imkoniyatlar bilan birga bir qancha muammoli vaziyatlami ham keltirib chiqardi. Marketologlar uchun xaridorlar bilan muloqot o‘matish uchun ko‘plab tarmoqlar yaratildi tarmoqlar orqali muloqot tizimini samarali tashkil etish muammosi mavjud. Ushbu muammoni hal qilish uchun integratsion marketing kommunikatsiyalaridan foydalanilmoqda (12.1.1-chizma)
Integratsiyalangan marketing kommunikatsiyalari maqsadli mijozlami aniqlash va mijozlar uchun yaxshi muvofiqlashtirilgan rag‘batlantiruvchi dasturini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Kommunikatsiyada, eng avvalo, mahsulotni tanlangan auditoriyaga targ‘ib qilish uchun muqobil variantlami tanlab olish kerak. Masalan, simsiz telefon ishlab chiqaruvchi korxona o‘z mahsulotini reklama qilish uchun turli websaytlami gazeta jumal va televideniyani o‘rganib chiqadi va o‘z reklamasi uchun mosini tanlaydi.


Download 52.45 Kb.
  1   2   3   4




Download 52.45 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: kommunikatsiya siyosati talabni shakllantirish va sotuvni rag‘batlantirishda kommunikatsiyaning ahamiyati

Download 52.45 Kb.