Mavzu: Lokal tarmoq texnologiyasi va zamonaviy Ethernet tarmoq
texnologiyasi.
Reja:
1. Lokal kompyuter tarmoqlarini strukturasi
2. Kompyuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi.
Hisoblash tarmog`i –kelishib ishlaydigan dasturiy va apparatli komponentlar
va o`zaro bog`langan murakkab kompleksdir.
Tarmoqni o`rganishda uning alohida elementlarini va ishlash tamoyillarini
bilish kerak: bu elementlar quyidagi qatlamlarni tashkil etadi:
• kompyuterlar;
• kommunikatsion asbob - uskunalar;
• operatsion tizim;
• tarmoq ilovalari.
Tarmoqning dastur - apparatli barcha kompleksi ko`p qiymatli model bilan
qayd etilishi mumkin. Bu mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin saytlarda
yoki qayta ishlanayotgan axborotlar markazida joylashgan bo`lib, tarmoq
zvenosini tashkil etadi, undan foydalanuvchilar o`zining abonent tizimi bo`yicha
talabalar bilan murojaat qiladilar.
Ikkinchi qatlam - kommunikatsion qurilma va uskunalar.
Tarmoqlarda kompyuterlar ma`lumotlarni qayta ishlovchi markaziy element
bo`lsa ham, oxirgi paytlarda kommunikatsion qurilmalar ham tarmoqlarda katta
rol o`ynaydi. Kabel tizimlari, takrorlovchilar, mostlar, kommutatorlar,
marshrutizatorlar modulli kontsentratorlar tarmoqning yordamchi komponentlari
emas, balki kompyuterlar va tarmoqlarning dasturiy ta`minoti bilan bir qatorda
asosiy elemenlarga aylandi. Hozir kommunikatsion qurilma murakkab
maxsuslashtirilgan mul`tiprotsessorni taqdim etadi. Kommunikatsion asboblarni
ish tamoyilini o`rganish uchun lokal va global tarmoqlarda ishlatiladigan katta
hajmdagi protokollarni (bayonoma) bilish kerak.
Uchinchi qatlam - tarmoqning dastur platformasini tashkil etadigan
operatsion tizimdir. Tarmoqni loyixalashda joriy operatsion tizim boshqa tarmoq
OTlar bilan ishlash jarayonida ma`lumotlarni xafsizligi va ximoyalanganligi qay
darajada ta`minlanishi foydalanuvchilar sonini ko`paytira olishini, uni boshqa
turdagi kompyuterga o`tkazish mumkinligini hisobga olish lozim.
To`rtinchi qatlam - tarmoq vositalarining eng yuqori qatlami bo`lib, unga
tarmoq ilovalar - tarmoq ma`lumotlar bazasi, ma`lumotni arxivlashtirish
vositalari pochta bazalari va b.k. kiradi. Bularni ishlatishda ularning imkoniyat
diapozonining, shuningdek boshqa tarmoq ilovalari va operatsion tizimlari bilan
moslashuvchanligini bilish juda muhim.
Hisoblash tarmoqning dasturiy taminoti o`zining tarkibiga ko`ra turli-
tumanligi bilan farqlanadi.
Dasturiy ta`minot axborotlarni qayta ishlashda programmalash jarayonini
avtomatlashtiradi, shuningdek rejalashtirish, telekommunikatsion, hisoblash va
tarmoq informatsion resurslariga murojaat ilishni, foydalanuvchilar talabini
qoniqtira olish, resurslarni dinamik taqsimlanish va qayta taqsimlanishlarda
tezkorlikni oshirish kabilarni amalga oshirib beradi. Tarmoqning dasturiy
ta`minoti quyidagilarga bo`linadi:
1. Umumtarmoq DT (dasturiy ta`minot) bu taqsimlangan tarmoq sistemasi
bilan va texnik xizmatining dastur komleksiga kiruvchi dastur vositalaridan
tashkil topgan.
2. Maxsus DT – bu amaliy dasturiy vositalarini tashkil etadi: bunga
funktsional va integratsiyalashgan. Amaliy paketlar dasturlari hamda tarmoq
amaliy dasturlar va boshqalar kiradi.
3. Kompyuter abonent tizimining bazaviy dasturlashni ta`minlash – tarkibiga
kompyuterning operatsion sistemalari, tizimni avtomatlashtirish dasturi,
tekshiruvchi va diagnostik test dasturlari kiradi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimi, barcha tarmoqlardagi rejimlarni
boshqaradi, foydalanuvchilar talabini amalga oshiradi va tarmoq zvenolarini
ishini boshqaradi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimi – abonent tizimlarining o`zaro
harakat jarayonlarini amalga oshiruvchi dasturiy vositalari tizimini tashkil etadi
va kommunikatsion protokollar bilan umumiy arxitekturaga birlashtirilgan bladi.
Taqsimlangan tarmoq operatsion tizimining boshqaruvchi va xizmat qiluvchi
dasturiy to`plami quyidagilarni ta`minlaydi:
1. Umumtarmoq resurslarini ishlatish bo`yicha foydalanuvchi talabini
qondirish.
2. Dasturlararo kirish (muloqot) usullarining mumkinligi.
3. Umumtarmoq resurslariga u yoki bu tarmoqqa murojaat qilishda
foydalanuvchilar dasturlar sinxronlashtirish.
4. Istagan abonent tizimidan vazifalarni kiritish va ularni istagan ATda
paketli yoki operativ rejimda ularni bajarilishini ta`minlash.
5. Masofadagi kompyuterda saqlanayotgan va qayta ishlanayotgan fayllarga
kirish va AT tarmoqlar o`rtasida fayllarni almashtirish.
6. Elektron pochta, telekonferentsiya, masofaviy ta`lim kabilardan matn
xabarlarini uzatishda yuqoridagi xizmatlardan foydalanish.
7. Apparat, informatsion va tarmoq dasturiy resurslarini holatini
harakterlaydigan so`rovnoma chiqarib berish.
kompyuterning apparat ta`minoti turli xil, aloqa vositalari abonent tizimining,
aloqa uzellar asbob uskunalarini aloqa apparaturalaridan tashkil topgan bo`lib,
bitta tarmoq yoki bir xil darajadagi yoki turli darajadagi tarmoqlarning ishi bilan
kelishish, universallik ya`ni foydalanuvchining cheklanmagan masalalar
doirasini
bajarishni
va
kompyuterning
konfiguratsiyasini
o`zgartirish
imkoniyatini ta`minlovchi modullik kompyuter tarmog`iga quyilgan asosiy
talablarni tashkil etadi.
Tarmoqlarda kompyuterlar vazifalariga ko`ra keng diapozonda o`zining
harakteristikalariga ko`ra super kompyuterdan to SHkompyutergacha
ishlatimoqda. Bu mashinalar foydalanuvchilarga bevosita yaqin joylarda yoki
qayta ishlanayotgan axborotlar markazida joylashgan bo`lib, ular tarmoq
zvenosini tashkil etadi, undan foydalanuvchilar o`zining abonent tizimi bo`yicha
talablar bilan murojaat qiladilar.
|