Mavzu: Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni




Download 4.31 Kb.
Sana27.02.2024
Hajmi4.31 Kb.
#162954
Bog'liq
Mavzu Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni-fayllar.org
1-qo\'ng\'iroq, Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot te, Azonallik, Ishlab chiqarish amaliyoti (1), 3-ma’ruza mavzu Raqamli qurilmalar Reja Raqamli qurilmalarning

Mavzu: Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Moliya va moliyaviy texnologiyalar yo’nalishi 5 mm-2021 guruh talabasi Ibragimov Ma’rufjon
Mavzu: Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni

Korxona rahbariyati oʻz kundalik faoliyatida moliyaviy rejalash- tirish, moliyaviy qarorlar qabul qilish, natijalarni tahlil qilish va baholash hamda boshqa shu kabi bilan bogʻliq koʻplab muammolar bilan toʻqnash keladi. Tadbirkorga kutilgan natijani (foydani) keltirishi lozim boʻlgan har qanday yangi loyiha ma’lum bir gʻoyalar asosida paydo boʻladi. Bu gʻoyalar mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, qayta sotish maqsadida tayyor mahsulotlarni sotib olish va boshqalarga yoʻnaltirilgan boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu daromad olish maqsadida boshqa kompaniyaga oʻz pul mablagʻlarini investitsiyalash toʻgʻrisidagi gʻoyalar ham boʻlishi mumkin.
Koʻp sonli imkoniyatlar va bozordagi jiddiy raqobat sharoitida tadbirkor oʻziga toʻgʻri yoʻnalish belgilab olishni bilishi juda zarur. Faraz qilaylik, siz uyali aloqa xizmati koʻrsatish boʻyicha oʻz biznesingizni boshlashni xohlaysiz. Tasavvur qiling, ayni vaqtda hudud boʻyicha bunday xizmat koʻrsatish bilan shugʻullanadigan oʻnta kompaniya muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Bu kompaniyalardan har biri oʻz raqobatchilarini diqqat bilan kuzatib boradi. Xizmat koʻrsatish sifati va texnologiyasida orqada qolmaslikka, shuningdek, imkon qadar kengroq abonentlar doirasini qamrab olishga intiladi. Agar barcha uyali aloqa kompaniyalari bir xil texnologiyalardan foydalansa va bir xil maqsad sari intilsa, bu uzoq muddatli planda koʻrinadiki, ular amaliy jihatdan bir xil narx boʻyicha bir xil xizmatlarni iste’molchiga taqdim etadilar. Birorta ham uyali aloqa kompaniyasi raqobatchilariga qaraganda oʻz xizmati uchun yuqori narx belgilay olmaydi, aks holda oʻz mijozlarini yoʻqotadi. Natijada biz mikroiqtisodiyotda ideal raqobat (sof raqobat) deb ataluvchi holatga ega boʻlamiz. Ideal raqobat sharoitida bitta tarmoqqa kiruvchi kompaniyalar bir xil tovar va xizmatlarni taklif qilgan holda, bir xil narx belgilaydilar va qoʻshimcha ravishda deyarli bir xil daromadga ega boʻladilar.Agarda ideal raqobat haqiqatda mavjud boʻlganda tadbirkorning jamiyatdagi oʻrni va hayoti zerikarli, kelajagi esa yoʻq boʻlardi. Haqiqatdan ham bunday sharoitda xususiy biznesni boshlashning umuman keragi ham boʻlmasdi. Ya’ni, oddiy tarzda pul mablagʻlarini boshqa kompaniyaga joylashtirish va oʻzi xohlagan oʻrtacha daromadni olish mumkin boʻlardi.
Har bir tadbirkorning ish jarayonidagi ishonchi va umidi bozordagi barqaror balansni buzishga, raqobatchilariga qaraganda yaxshiroq mahsulot ishlab chiqarishga, ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga, bozorning mumkin qadar kattaroq qismini egallashga, erkin raqobat sharoitida gʻolib chiqishga va bevosita oʻz shartlarini oʻtkazishga undaydi. Faqatgina ana shunda biznesning uzoq muddatli muvaffaqiyatini va aksariyat raqobatchilarga qaraganda yuqoriroq foyda olishni ta’minlash mumkin. Bozorni egallash va shu orqali foydaning doimiy ravishda oʻsib borishini ta’minlashda kompaniya biznesi rivojlantirishning aniq strategiyasi belgilanishi alohida ahamiyat kasb etadi.
Shundan kelib chiqqan holda belgilangan strategik maqsadlarga erishish uchun talab qilinadigan iqtisodiy resurslarni jamlay olishi va ulardan nafaqat ishlab chiqarish nuqtai nazaridan, balki moliyaviy nuqtai nazardan ham eng samarali usullardan foydalana olishi lozim. Bunda moliyaviy samaradorlikni ta’minlash moliyaviy menejerning bosh vazifasi hisoblanadi.
Moliyaviy menejer – bu biznes egasining agenti boʻlib, u mulkdor manfaatlari uchun faoliyat yuritishi lozim. Uning faoliyati kompaniya- ning boshqa rahbarlaridan ajralmagan holda amalga oshiriladi. Ya’ni, moliyaviy menejer umumiy strategik maqsadlarga erishish uchun rejalashtirish boʻlimi, marketing, buxgalteriya va boshqa asosiy boʻlimlar bilan oʻaro hamohang tarzda faoliyat yuritishi talab etiladi.
http://fayllar.org
Download 4.31 Kb.




Download 4.31 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni

Download 4.31 Kb.