• 1. Raqamli qurilmalarning vazifalari.
  • 3-ma’ruza mavzu: Raqamli qurilmalar Reja: Raqamli qurilmalarning vazifalari




    Download 50.8 Kb.
    bet1/7
    Sana29.05.2023
    Hajmi50.8 Kb.
    #66789
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    3-ma’ruza mavzu Raqamli qurilmalar Reja Raqamli qurilmalarning
    1-qo\'ng\'iroq, Toshkent farmasevtika instituti fizika, matematika va axborot te, Azonallik, Ishlab chiqarish amaliyoti (1), Mavzu Moliyaviy bozorlarda korporativ tuzilmalarning o’rni-fayllar.org

    3-MA’RUZA
    Mavzu: Raqamli qurilmalar
    Reja:
    1. Raqamli qurilmalarning vazifalari.
    2. Raqamli integral sxemalarning asosiy xarakteristikalari va ko‘rsatgichlari.
    3. Trigger turlari va tadbiqi.


    Tayanch iboralar: raqamli qurilma, statik xarakteristikalar, dinamik xarakteristikalar, analog-raqam va raqam-analog o‘zgartirish, trigger.


    1. Raqamli qurilmalarning vazifalari.
    Har qanday raqamli qurilmalarning eng oddiydan eng murakkablarigacha har doim bir xil tamoyilda ish olib boradi (5.1-chizma). U kirish signalini qabul qiladi, ularga ishlov berishni bajaradi, uzatadi, saqlaydi va chiqish signallarini hosil qiladi. Shu bilan bir qatorda, kirishdagi signalning har qanday о‘zgarishi chiqishdagi signalni darxol va albatta о‘zgarishiga olib kelishi shart emas. Qurilmaning bunga javoban eʻtibori juda murakkab bо‘lishi mumkin, vaqt bо‘yicha qoldirilgan, payqab bо‘lmaydigan, lekin mohiyati bu bilan о‘zgarib qolmaydi. Misol tariqasida keltirilgan sxemada kirish signali sifatida boshqa raqamli qurilmalarning chiqishlari, о‘chirib yoquvchi moslama yoki fizik kattaliklar datchigi bо‘lishi mumkin. Aytgandek, oxirgi xolda, odatda datchikdan olinadigan uzluksiz (analog) signalni analog-raqam о‘zgartiruvchi qurilma (ARО‘Q) yordamida (5.2-chizma) raqamli kod oqimiga о‘zgartirish kerak bо‘ladi. Masalan, shaxsiy kompyuter bо‘lgan holda kirish signali bо‘lib klaviaturadan, sichqonchaning siljishi datchigidan, mikrofondan (havo bosimi, yani tovush, analogli elektor signaliga о‘zgartiriladi sо‘ng raqamli kodga о‘zgartiriladi), mahalliy tarmoq kabellaridan va hokazo beriladigan signallar bо‘lishi mumkin.
    Raqamli qurilmalarining chiqish signallari boshqa raqamli qurilma kirishiga, ekranda aks ettirish uchun indikatorlarga berilishi va shuningdek fizik kattaliklarni hosil qilish uchun mо‘ljallangan bо‘lishi mumkin. Oxirgi holda raqamli qurilmadan kelayotgan kod oqimlarini raqam-analog о‘zgartiruvchi qurilma (ARО‘Q) yordamida uzluksiz (analogli) signallarga (5.2-chizma) va fizik kattaliklarga о‘zgartirish kerak bо‘ladi. Masalan, kompyuter bо‘lgan holda chiqish signali bо‘lib, kompyuter tomonidan printerga beriladigan signal, videomonitorga beriladigan signallar, tovush karnagida (kolonkadan) hosil qilinadigan tovushlar (kompyuterdagi kod oqimi analogli elektor signaliga о‘zgartiriladi, sо‘ng uni havoning bosimiga о‘zgartiriladi – tovushga ). Bitta raqamli qurilma bir nechta ancha oddiy raqamli qurilmadan tashkil topishi mumkin. Kо‘pincha bu tashkil etuvchi elementlarni bloklar, modullar, uzellar va qismlar deb ataydilar. Agarda bir necha murakkab raqamli qurilmalar birlashtirilsa, u holda raqamli tizimlar, tо‘plamlar haqida gap ketishi mumkin. Biz asosan “qurilma” atamasini ishlatamiz, u oraliq holatni egallaydi.

    5.1-chizma. Raqamli qurilmani ulanishi.


    5.2-chizma. Analog-raqam va raqam- analog о‘zgartirish.


    Kirish va chiqish signallari о‘rtasidagi bog‘liqlik qattiq, о‘zgarmas yoki о‘zgaruvchi moslashuvchan (yani dasturiy) bо‘lishi mumkin. Yaʻni raqamli qurilmalar qattiq bir marotaba butunlayga о‘rnatiladigan algoritm bо‘yicha yoki dasturlanuvchi algoritm bо‘yicha ishlashi mumkun. Odatda, bunda bitta juda oddiy tamoyil bajariladi: kirish va chiqish signallari bog‘lanishini qancha kо‘p о‘zgartirish uchun imkoniyat bо‘lsa, ishlash algoritmini о‘zgartirish imkoniyati qancha kо‘p bо‘lsa, raqamli qurilma shuncha sekin ishlaydi. Bu holda gap, albatta, erishish mumkin bо‘lgan tezlik haqida bormoqda.
    Boshqacha qilib aytganda, ishlashi qattiq mantiqda bajarilgan oddiy qurilmalar har doim dasturlanuvchi, moslashuvchi murakkab algoritmli qurilmalardan tez ishlaydigan qilib bajarilishi mumkun. Qattiq mantiq shuningdek oddiy funksiyalarni joriy etilishi uchun apparatlarni kam sarflanishini ta’minlaydi. Lekin dasturlanuvchi, intellektual qurilmalar murakkab ishlov berish zarur bо‘lgan hollarda ancha yuqori moslashuvchanlikni va moliyaviy kam xarajatni ta’minlaydi. Oddiy funksiyalarni joriy etilishi uchun ular kо‘pincha resurslarini ortiqchaligi yuqori va murakkablik qiladilar. Bu ikki raqamli qurulma turlaridan birini tanlashda, hal qilinishi kerak bо‘lgan aniq masalaning murakkablik darajasiga etibor berish kerak va unga bog‘liq bо‘ladi.
    K о‘pchilik masalalar faqat apparat usulida yechilishi mumkin (“qattiq mantiq” li qurilmalar yordamida) va shuningdek dasturiy – apparat usulda (dasturlanuvchi qurilmalar yordamida). Bunday hollarda qurilmaning qaysi kо‘rsatgichlari eng muxumligiga etibor berish kerak bо‘ladi: ishlash tezligi, narxi, moslashuvchanligi, loyihalashtirishning murakkablik darajasiga va hokazo. Shundan kelib chiqqan holda u yoki bu yechimni qabul qilish kerak, lekin baribir dasturiy ta’minot bilan apparat qismi о‘rtasida vazifalarni qayta taqsimlanadi.
    Ushbu kitobda asosiy etiborni qattiq mantiqli qurilmalarga va ularni tashkil etuvchilariga qaratiladi. Biroq ularni ishlash tamoyillarini bilish va ularni loyihalashtirish jarayonini о‘rganish, dasturlanuvchi hamda intellektual qurilmalarni yaratishda katta yordam kо‘satishi mumkin.

    Download 50.8 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 50.8 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-ma’ruza mavzu: Raqamli qurilmalar Reja: Raqamli qurilmalarning vazifalari

    Download 50.8 Kb.