Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda boshqaruv tamoyillarining o’rni




Download 313.44 Kb.
bet1/5
Sana17.03.2023
Hajmi313.44 Kb.
#45841
  1   2   3   4   5
Bog'liq
15-Amaliy
Dars mavzusi- Tayanch harakatlanish sistemasining tuzilishi Dars, NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI, Detalning izametriyasini chizish-hozir.org


Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda boshqaruv tamoyillarining o’rni.

Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, xalqimiz davlatchiligi tarixi, milliy qadriyatlar va jahon tajribasini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan isloh qilish va rivojlantirish milliy modeliga ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning beshta asosiy tamoyili asos qilib olindi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tish «o‘zbek modeli»ning asosiy tamoyillari.

Birinchi tamoyil: Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, bu shuni anglatadiki, iqtisodiy islohotlar har qanday aqidalar va eskirgan andozalardan holi bo‘lishi va qandaydir mafkuraga bo‘ysunmasligi lozim.
Ikkinchi tamoyil: Davlat – bosh islohotchi, u islohotlarning asosiy ustuvor yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilab berishi va ularni hayotga izchil tatbiq etishi shart.
Uchinchi tamoyil: Jamiyat hayotining barcha sohalarida qonun ustuvorligi. Demokratik yo‘l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va qonunlarga istisnosiz barcha rioya qilishi shart.
To‘rtinchi tamoyil: kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtning o‘zida aholining, ayniqsa kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarning, pensiya yoshidagi insonlarning ishonchli ijtimoiy himoyalanishini ta’minlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni qo‘llash zarur.
Beshinchi tamoyil: Bozor munosabatlariga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonuniyatlarni hisobga olgan holda, izchil, chuqur o‘ylab, bosqichma-bosqich evolyutsion yo‘l bilan amalga oshiriladi.

Rivojlanishning «o‘zbek modeli» deb nom olgan jamiyatni modernizatsiya qilish va yangilash modelining amalga oshirilishi tarixan qisqa muddatlarda iqtisodiyotning tarkibini tubdan o‘zgartirish, makroiqtisodiy muvozanatni va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash imkonini berdi.
YAIMning o‘sish sur’atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)

O‘zbekiston 1991 yilda mustaqillikka erishgan vaqtdan buyon mamlakat YAIMining hajmi xarid qilish qobiliyatining pariteti bo‘yicha qariyb 4,5 marta oshdi, shu bilan birga, so‘nggi yillarda iqtisodiy o‘sish sur’atlari kamida 8 foizni tashkil qilmoqda.
Inflyatsiya darajasi (o‘tgan yil dekabr oyiga nisbatan foiz hisobida)

Byudjet saldosi (YAIMga nisbatan foiz hisobida)

1991-2013 yillarda sanoat ishlab chiqarish hajmi 3,7 marta oshdi va oxirgi 10 yilda sanoat o‘sishining o‘rtacha yillik sur’atlari YAIMning o‘sish sur’atlariga qaraganda ilgarilab, 9,4 foizni tashkil qilmoqda.
Sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'atlari (o‘tgan yilga nisbatan foiz hisobida)

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida sanoatning ulushi 14,2 foizdan 24,2 foizgacha o‘sdi, bunda sanoatning tarkibi sezilarli darajada diversifikatsiya qilindi, bu sanoatda xomashyoga yo‘naltirilishdan ichki va tashqi bozorda talab etilgan tayyor tovarlar ishlab chiqarishni kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi. 
Shu bilan birga, ushbu davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘sishining yuqori sur’atlari (har yili o‘rtacha 6,1%) saqlab qolingan holda YAIM tarkibida qishloq xo‘jaligining ulushi 30,1 foizdan 17,6 foizgacha kamaydi.
O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining tarkibi, foiz hisobida

2013 yilda sanoatning tarmoq tarkibi, foiz hisobida

O‘zbekiston mustaqillik yillarida mamlakatimizda sanoatning avtomobilsozlik, neft-gaz-kimyo, neft-gaz mashinasozligi, zamonaviy qurilish materiallari sanoati, temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektrotexnika, farmatsevtika, zamonaviy oziq-ovqat va to‘qimachilik kabi mutlaqo yangi tarmoqlari barpo etildi.
Asaka va Pitnak shaharlarida «Jeneral Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yengil avtomobillar, Samarqandda «Isuzu» avtobuslari va «MAN» kompaniyasi bilan hamkorlikda yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavodlar ishga tushirildi.
Neft-gaz-kimyo tarmog‘ida Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmui, Qo‘ng‘irot soda zavodi, Dehqonobod kaliyli o‘g‘itlar zavodi va bir qator boshqa yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlar qurildi.
Shu bilan birga O‘zbekistonda so‘nggi yillarda iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ishlab chiqarishlar samaradorligini oshirishga doir dasturiy chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda, ular natijasida 2000-2013 yillarda mehnat unumdorligi 2,1 marta oshib, iqtisodiyotning energiya sarfi 3,2 martaga qisqardi.
Sanoat tarmoqlarining o‘sish sur’atlari, (foiz)
(1990 y. = 100 foiz)


1990y.

2000y.

2013y.

Sanoat – jami

100

123,6

3,7 m.

Elektr energetikasi

100

78,9

85,4

Yoqilg‘i sanoati

100

127,3

2,4 m.

Qora metallurgiya

100

58,8

1,8 m.

Rangli metallurgiya

100

87,7

100,9

Kimyo va neft-kimyo sanoati

100

101,6

3,6 m.

Mashinasozlik va metallga ishlov berish

100

142,2

18,5 m.

O‘rmon, yog‘ochga qayta ishlash va sellyuloza-qog‘oz sanoati

100

248,4

19,8 m.

Qurilish materiallari sanoati

100

58,4

1,9 m.

Yengil sanoat

100

159,2

5,0 m.

Oziq-ovqat sanoati

100

150,0

7,5 m.

Boshqa tarmoqlar

100

162,6

7,0 m.

Faol investitsiya siyosatining amalga oshirilishi, sanoat tarmoqlari va ishlab chiqarish infratuzilmasining texnik modernizatsiya qilinishi iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirishga xizmat qildi.
Investitsiyalarning o‘sish sur’atlari, foiz hisobida

Biznes yuritish uchun qulay muhit, xorijiy investorlar uchun huquqiy kafolatlar va imtiyozlar keng tizimi, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag‘batlantirish yaxlit tizimi mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini oshirishga yordam berdi.
2013 yilda mamlakat iqtisodiyotiga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi YAIMga nisbatan 24,1 foizni tashkil etdi. O‘zlashtirilgan kapital qo‘yilmalar umumiy hajmining 20 foizidan ko‘pini 2,6 milliard dollar umumiy qiymatdagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar tashkil qildi, shuning 78 foizidan ko‘pi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston eksportining tarkibi sezilarli darajada o‘zgardi, eksport monokulturasi – paxtaga bog‘liqlikka barham berildi, uning ulushi 59,7 foizdan 8 foizgacha kamaydi, tashqi savdo jug‘rofiyasi tubdan o‘zgardi, bu mamlakatimizning eksport salohiyatini mustahkamlash imkonini berdi.
Masalan, 1990-2013 yillarda O‘zbekistondan mahsulot eksport qilish hajmi 35,2 marta oshdi, bunda keyingi 13 yil mobaynida savdo balansining musbat saldosi barqaror ta’minlanmoqda.
Birgina so‘nggi o‘n yil ichida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulot, xususan, avtomobil eksport qilish hajmi 11,6 marta, yigirilgan ip eksport qilish hajmi 4,1 marta, trikotaj polotno eksport qilish hajmi 114,8 marta, o‘g‘itlar eksport qilish hajmi 11,3 marta oshdi.
Eksportning tovar tarkibi, % hisobida


1990y.

2013y.

Paxta tolasi

59,7

7,5

Oziq-ovqat mahsulotlari

3,9

9,5

Kimyoviy mahsulotlar

2,3

3,9

Energiya manbalari va neft mahsulotlari

17,1

30,1

Qora va rangli metallar

4,6

6,1

Mashina va asbob-uskunalar

1,7

5,3

Xizmatlar 

1,3

18,9

Boshqalar 

9,4

18,7

Agar 1990-yillarning boshida respublikamiz tashqi savdosi faqat MDH mamlakatlari bilan amalga oshirilgan bo‘lsa, bugungi kunda tashqi savdoning 40 foizidan ko‘pi Osiyo mamlakatlari, 15 foizi Yevropa mamlakatlari bilan amalga oshirilmoqda.
Mustaqillik yillarida temir yo‘l aloqasini modernizatsiya qilish va rivojlantirish yuzasidan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirildi.
Yangi temir yo‘llar, shu jumladan Navoiy – Uchquduq – Sulton Uvaystog‘ – Nukus yo‘nalishi bo‘yicha Amudaryo daryosidan o‘tuvchi 342 km uzunlikdagi, Toshg‘uzor – Boysun – Qumqo‘rg‘on yo‘nalishi bo‘yicha dengiz sathidan 1500 metr balandlikdagi tog‘li dovon orqali o‘tib, Afg‘onistonning shimoliy chegaralariga chiquvchi 223 km uzunlikdagi yangi temir yo‘l qurildi.
345 km uzunlikdagi Toshkent – Samarqand, 66 km uzunlikdagi Toshkent – Xo‘jakent va 115 km uzunlikdagi To‘qimachi – Angren temir yo‘l liniyalari elektrlashtirildi. 2011 yilda Toshkent – Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha «Talgo-250» zamonaviy qulay poyezdlari negizida «Afrosiyob» yuqori tezlikka ega yo‘lovchi poyezdi foydalanishga topshirildi.
2013 yilda transmilliy transport koridorini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 19 km uzunlikdagi yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan 125 km uzunlikdagi Angren-Pop yangi elektrlashtirilgan temir yo‘l qurilishi boshlandi.
Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi doirasida so‘nggi yillarda qariyb 2 ming km avtomobil yo‘llari, shu jumladan O‘zbekiston milliy avtomagistrali tarkibiga kiruvchi 1,5 ming km uchastka qurilib, rekonstruksiya qilindi.
Farg‘ona vodiysini mamlakatimizning markaziy qismi bilan bog‘lovchi ikkita yer osti yo‘li qurlishini o‘z ichiga olgan Qamchiq dovoni orqali o‘tuvchi eng yuqori xalqaro talablarga javob beradigan avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda 20 dan ortiq xalqaro transport koridorlari ishlab turibdi, shundan 2 ta yirik xalqaro avtomobil yo‘li G‘arbiy Yevropa davlatlarini Sharqiy Osiyo mamlakatlari bilan bog‘laydi.
O‘zbekistonda havo transportini rivojlantirish va yangilash doirasida G‘arbda ishlab chiqarilgan samolyotlarga texnik xizmat ko‘rsatish majmui barpo etilib, aeroportlar rekonstruksiya qilindi, O‘zbekistonning butun hududida MDHda havo harakatini boshqarishning eng yaxshi tizimlaridan biri sifatida e’tirof etilgan navigatsiya tizimi takomillashtirildi. Bugungi kunda samolyotlar parkidan faqatgina «Boing» va «Airbus» kabi jahonda yetakchi hisoblangan ishlab chiqaruvchilarning zamonaviy havo kemalari joy olgan. Bortiga O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatilgan samolyotlar Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerikaning 40 dan ortiq mamlakatiga parvoz qilmoqda.
Mustaqillik yillarida xizmatlar ko‘rsatish sohasi O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining eng istiqbolli va jadal rivojlanuvchi tarmog‘iga aylandi. Agar 2000 yilda YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi 37,0 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yil yakunlariga ko‘ra bu ko‘rsatkich 53 foizga teng bo‘ldi.
YAIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining ulushi (foiz hisobida)

Shu bilan birga, mazkur yillarda mobil aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlashtirish xizmatlari, konsalting, yuridik va auditorlik xizmatlari, rielterlik va brokerlik xizmatlari, xususiy tibbiyot, avtosug‘urta, texnologik asbob-uskunalar servisi va ularni ta’mirlash kabi zamonaviy xizmatlar turlari, moliyaviy xizmatlarning yangi turlari, shu jumladan lizing, elektron banking va hokazolar paydo bo‘ldi va bugungi kunda ularning ko‘rsatilgan xizmatlar umumiy hajmidagi ulushi 20 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi tarixiy obidalar soni bo‘yicha jahonda yetakchi o‘rinlardan birini egallab turish bilan birga, ulkan meros – Buyuk ipak yo‘li tarixi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan ko‘p asrlik tarix va madaniyatni aks ettiruvchi 4 mingdan ortiq tarixiy-me’moriy yodgorliklarga ega.
Samarqand, Buxoro, Hiva, Shahrisabz, Qo‘qon kabi tarixiy yodgorliklarga boy shaharlar butun jahonga mashhur. Bu azim shaharlar betakror tarixiy qiyofasi bilan har qanday odamni o‘ziga jalb etadi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning betakror tarixiy, arxitekturaviy tizimlari va yodgorliklari bilan tanishtirishga yo‘naltirilgan, O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘ylab yuzdan ortiq sayyohlik yo‘nalishlari tashkil etilgan bo‘lib, bu tarixiy ob’yektlarning 140 tasi YUNESKO tashkiloti tomonidan muhofazaga olingan.
Mamlakatimizda 348 ta turistik firma va tashkilot faoliyat ko‘rsatib turibdi, ko‘plab tarixiy obidalar, arxitektura va me’morchilik yodgorliklarini qamrab olgan 110 ta xalqaro sayyohlik yo‘nalishlari, shu jumladan tarixiy-madaniy meros ob’yektlari bo‘yicha 65 ta, tabiiy-rekreatsion yo‘nalishi bo‘yicha 30 ta va sog‘lomlashtirish turizmi bo‘yicha 15 ta ekologik yo‘nalish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekistonda xalqaro toifadagi qulay mehmonxonalar tarmog‘i yaratilgan. 24 minngdan ortiq o‘rinli 470 tadan ortiq mehmonxona, motel va kemping turistlarga xalqaro standartlarga muvofiq xizmatlar ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston mehmonxonalari orasida eng mashhur mehmonxonalar majmualari bo‘lmish Radisson SAS, Dedeman Hotels & Resorts va boshqalar shular jumlasidandir.
Har oqshom 36 ta professional teatr, jumladan A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri tashrif buyuruvchilarni o‘ziga chorlaydi. Har yili musiqali va teatr festivallari o‘tkaziladi. Shuningdek, bo‘sh vaqtda sport bilan shug‘ullanish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan – golf va bouling-klublar, ko‘p sonli fitnes-markazlar, basseynlar va ko‘plab boshqa inshootlar barpo etilgan.
Joriy yilning oktyabr oyida uch ming yillik tarixga ega, azaldan ilm savdo-sotiq, madaniyat, hunarmandchilik taraqqiy etgan, butun yer yuzidan olimu allomalar, sayyohu savdogarlar intilgan Samarqand shahrida Butunjahon turzim tashkiloti ijroiya kengashi 99-sessiyasining o‘tkazilishi ham bugungi kunda sayyohlik sohasida O‘zbekiston nufuzining yanada ortib borayotganiga dalolatdir.
O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar amalga oshirila boshlangan vaqtdan e’tiboran kichik va xususiy biznesni rivojlantirish ko‘pukladli bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiga aylandi.
Kichik biznes ulushi (foiz hisobida)


2000 г.

2013 г.

YAIMda

31,0

55,8

Sanoatda

12,9

28,1

Qurilishda

38,4

71,5

tovar aylanmasida

42,5

46,1

umumiy bandlikda

49,7

76,7

Eksportda

10,2

24,1

2000-2013 yillarda YAIM tarkibida kichik biznesning ulushi 31 foizdan 55,8 foizgacha, sanoatda 12,9 foizdan 28,1 foizgacha, qurilishda 38,4 foizdan 71,5 foizgacha, eksportda 10,2 foizdan 24,1 foizgacha oshdi.
Hozirgi vaqtda kichik biznes O‘zbekistonda mehnatga jalb qilish va aholi bandligini oshirishning asosiy sohasi hisoblanib, respublikamiz barcha band aholisining 76,7 foizini ish o‘rinlari bilan ta’minlaydi.
So‘nggi yillarda soliq solishning muqobil tizimi shakllantirilgan bo‘lib, buning natijasida umumiy soliq yuki 3 marta kamaydi. Bunda davlat tomonidan eksportchi korxonalarga, kichik biznes sub’yektlariga hamda investitsiyalarni amalga oshiruvchi va mahsulotning yangi turlarini o‘zlashtiruvchi korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berilgan.
Soliq yukining tushish dinamikasi (YAIMga nisbatan foizda)

Xususan, kichik biznes sub’yektlari soliqlarning barcha qolgan turlari o‘rniga yagona soliq to‘lovini amalga oshiradi, uning stavkasi faoliyat turiga qarab 5-6 foizni tashkil qiladi.
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ekinlarining deyarli barcha asosiy turlarini yetishtirish uchun ajoyib tabiiy-iqlim sharoitlariga ega. Respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlari ajoyib ta’m va iste’mol xususiyatlariga ega bo‘lib, u qadimdan butun jahonga mashhur.
O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritishi bilan qisqa muddatlarda mamlakatning g‘alla va umuman oziq-ovqat mustaqilligiga erishish, aholini o‘zimizda ishlab chiqarilgan asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash strategik maqsadi qo‘yildi.
Oziq-ovqat muammosini hal etish uchun paxta ekin maydonlari 2 marta qisqartirildi, bo‘shatilgan maydonlarda esa oziq-ovqat ekinlari, shu jumladan, g‘alla, meva-sabzavot, kartoshka, uzum, poliz va ozuqa ekinlari yetishtirila boshladi.
Natijada mustaqillik yillarida g‘alla ekinlari yetishtirish 1 mln. tonnadan 8 mln. tonnagacha, meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish 4 mln. tonnadan 16 mln. tonnagacha oshdi. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsuloti umumiy hajmida paxtaning ulushi hozirgi vaqtda 9 foizdan oshmagani holida, bunda g‘alla ekinlari ulushi 8,5 foizni, meva-sabzavot ekinlari va uzumning ulushi 30 foizni, kartoshka 11 foizni, chorvachilik mahsulotlari 40 foizdan ko‘pni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimizda umumta’lim maktabida 9 yillik o‘qishdan keyin 3 yil mobaynida maxsus kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda o‘qishni nazarda tutuvchi 12 yillik uzluksiz umumiy majburiy bepul ta’lim tizimi yaratilgan, u yerda har bir o‘quvchi mehnat bozorida talab etilgan 2-3 ta mutaxassislik bo‘yicha kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturining amalga oshirilishi doirasida 1997 yildan boshlab 1612 ta yangi akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etilib, 4,6 mingdan ortiq umumta’lim maktabi rekonstruksiya qilindi va yangidan qurildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda 260 ming nafarga yaqin talabani o‘z bag‘riga olgan 66 ta oliy o‘quv yurti, shu jumladan Xalqaro Vestminster Universiteti, Turin politexnika instituti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Toshkent shahridagi Inxa Universiteti, M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat Universiteti, M.I.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi nufuzli xorijiy oliy o‘quv yurtlarining filiallari faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash va maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini tashkil etish uchun respublikamizda 584 ta sport-ta’lim muassasasi, 211 ta maktabdan tashqari muassasa - "Barkamol avlod", 298 ta bolalar musiqa va san’at maktabi tashkil qilingan bo‘lib, ularda 500 ming nafardan ortiq bolalar va o‘smirlar qo‘shimcha ta’lim olishmoqda.
1998 yilda qabul qilingan O‘zbekistonda Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi mamlakatimizda butun tibbiyot tizimini tubdan qayta qurish, ko‘p sarf-xarajat talab etadigan va hamma vaqt ham samarali bo‘lmagan statsionar tibbiy yordamdan ambulotor-poliklinika va profilaktika tibbiyotiga ustuvor ahamiyat berishga o‘tishda muhim omil bo‘ldi. Shuningdek, qishloq joylarida yaxshi samara bermayotgan feldsher-akusherlik punktlari o‘rniga qishloq vrachlik punktlari tashkil etildi.
Aholini sifatli ixtisoslashgan tibbiy yordam bilan ta’minlash maqsadida respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari faoliyat ko‘rsatib turibdi.
Yodlangan tuz ishlab chiqarishning keng yoyilishi va unni boyitish dasturlarining amalga oshirilishi, aholi o‘rtasida keng ko‘lamli tushuntirish ishlarining olib borilishi natijasida yod tanqisligi, temir va foliy kislotasining yetishmasligi bilan bog‘liq kasalliklar tarqalishi oxirgi o‘n yil ichida 2 martadan ko‘pga kamaydi.
Mamlakatimizda kasalliklarning oldini olish va turli profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarning aniq maqsadli va samarali tashkil etilishi natijasida ko‘plab yuqumli kasalliklarning kamayishiga va bartaraf etilishiga erishildi.
Sog‘liqni saqlash, onalik va bolalikni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan davlat siyosati chora-tadbirlari tufayli onalar va bolalalar o‘limi darajasining barqaror pasayishiga erishildi.
Mustaqillik yillarida chaqaloqlar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 1990 yildagi 34,6 promilldan 2013 yilda 9,8 promillgacha, onalar o‘limining umumiy koeffitsiyenti 65,3 promilldan 20,0 promillgacha kamaydi.
Aholi umr ko‘rishining kutilayotgan uzayish ko‘rsatkichi 1990 yildagi 67,2 yoshdan 2013 yilda 73,4 yoshgacha, shu jumladan erkaklarda 71,1 yoshgacha, ayollarda 75,8 yoshgacha oshdi.
Xullas, O‘zbekiston Respublikasining mustaqil rivojlanishi yillarida ta’lim uchun davlat byudjeti xarajatlari 1990 yildagi 17,9 foizdan 2013 yilda 34,2 foizgacha ortdi, sog‘liqni saqlash uchun 9,6 foizdan 14,4 foizgacha oshdi. Har yili ijtimoiy ehtiyojlar uchun, shu jumladan ijtimoiy soha muassasalarining moliyaviy ta’minotini mustahkamlash chora-tadbirlari, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish uchun Davlat byudjeti barcha xarajatlarining taxminan 60 foizi yo‘naltiriladi.
Davlatimiz rahbari Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan ijtimoiy yo‘naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tishning asosiy tamoyillariga izchil amal qilinishi mustaqillik yillarida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishini ta’minladi. Bu tarraqiyet yo‘limiz jahon hamjamiyati orasida rivojlanishning «o‘zbek modeli» deya e’tirof etildi. Shu bilan birga, ushbu tanlangan yo‘l tarixan qisqa mudtada mamlakatimiz iqtisodiyot tarkibini tubdan o‘zgartirishga,

Download 313.44 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 313.44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda boshqaruv tamoyillarining o’rni

Download 313.44 Kb.